Reja: Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasi tushunchalarining mohiyati


Download 2.77 Mb.
bet11/12
Sana24.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1796724
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu (1)

Farg‘ona rayoni ekoturizmni rivojlantirishda muhum ahamiyat kasb etadi. Chunki undagi landshaftlarining turli-tumanligi markazdagi cho‘llardan tortib, to maftunkor tog‘ cho‘qqilari barchani o‘ziga jalb etadi. Tog‘lardagi tezoqar va ba’zida kechuv qiyin bo‘lgan daralarda raftlarda oqish (raf ting), Janubiy Farg‘onadagi balandligi 10 m keladigan, dam olayotgan tuyalarni eslatuvchi ekzotik relef shakllariga hamda "Yozyovon davlat tabiat yodgorligi"dagi ajoyib tabiiy qum massivi (1994-yilda tashkil etilgan va maydoni 1,9 ming ga) piyoda turlar uyushtirish mumkin. Koksu vodiysida 120 yil avval vujudga kelgan, oq, kulrang qoyalar bilan o‘ralgan toza, muzdek suvli ko‘k va yashil ko‘llar ham ekoturizm ob’ektidir.
Farg‘ona vodiysida milliy hunarmandchilik juda ham rivojlanganligi tufayli uni ekoturizm bilan uyg‘unlikda olib borish mumkin. Rishtonda avloddan-avlodga o‘tib keluvchi kulolchilik san’ati, Chustda do‘ppido‘zlik, pichoqchilik va temirchilik, Marg‘ilonda atlas to‘qish kabi milliy xunarmandchilik asrlar davomida taraqqiy etib kelmokda.
Turkiston ekoturistik rayonida ekoturlarni alohida muhofaza etiladigan hududlarga uyushtirish mumkin. Chunki bu rayonda Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘rida 1959- yilda tashkil etilgan, absolyut balandligi 1760-3500 m, umumiy maydoni 21735 ga bo‘lgan «Zomin davlat qo‘riqxonasi», maydoni 24110 ga bo‘lgan noyob tog‘-archa ekosistemalarini tiklash va rekreatsiya maqsadlarda foydalanish uchun 1978- yilda tashkil etilgan «Zomin milliy bog‘i» mavjud.
Qashqadaryo ekoturistik rayoni cho‘l, dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho‘l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog‘ oldi va tog‘li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979-yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo‘lgan, MDH davlatlari ichida yagona «Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi», 1992-yilda tashkil etilgan «Muborak buyurtmaxonasi», 1992- yilda tashkil etilgan «Sechenko‘l buyurtmaxonasi» mavjud.

Download 2.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling