Reja: Turizm tushunchsi Turizm turlari O`zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun qilingan islohatlar. O`zbekistonda turizm stikasi


Download 0.6 Mb.
bet6/6
Sana15.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1775125
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KNYAZ

Mamlakatning turistik imiji Markaziy Osiyo davlatlarining madaniy merosini bir-biriga o‘zaro bog‘liq sifatida targ‘ib qilish bo‘yicha tashabbusiga asosan UNESCO’ning «Xiva deklaratsiyasi» qabul qilindi. Islom hamkorlik tashkilotining joriy yildagi XI sessiyasida Xiva 2024 yil «Islom dunyosining turizm poytaxti» deb e’lon qilindi. Turkiy davlatlar tashkilotining Turizm vazirlarining yig‘ilishida Qo‘qon shahriga «Ilk turizm poytaxti» nomi berildi. Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan UNWTO’ning 24-sessiyasida ilk marotaba BMT tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning 25-Bosh assambleyasini 2023 yilda qadimiy Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. UNWTO O‘zbekiston eng tez turizm sohasi rivojlanayotgan 20 mamlakat ichida 4-o‘rinda e’tirof etdi. «Jahon musulmon sayyohlari indeksi» reytingida 32-o‘rindan 22-o‘ringa ko‘tarilib, «eng jozibador» hamda «xavfsizlik va bag‘rikenglik darajasi yuqori» bo‘lgan 10 ta mamlakat qatoriga kirdi.

4. O`zbekistonda turizm stikasi O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga 5,2 million xorijlik sayohatchi tashrif buyurgan, deya ma`lum qilindi Statistika agentligi. Bu ko‘rsatkich 2021 yil bilan solishtirganda 3,4 millionga oshgan. Biroq pandemiyadan avvalgi 2019 yil bilan qiyoslaganda 1,5 millionga kamaygan. O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh (1,5 mln kishi) Qozog‘istondan kelgan. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya hamda Turkiya davlatlari egalladi. Bundan tashqari, o‘lkamizga Janubiy Koreya, Germaniya, Hindiston, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniyadan 8 mingdan ortiq sayyoh tashrifi qayd etilgan.

E’tiborlisi, 2022 yilning sentabrida Rossiyada armiyaga safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng O‘zbekistonga ushbu davlat fuqarolarining kelishi ko‘paygandi. Raqamlarga ko‘ra, yil davomida 567,7 ming nafar rossiyalik mamlakatimizga kelgan. Mamlakatimizga 2020 yilda 1 504 000, 2019 yili esa 6 784 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan. 2020 hamda 2021 yillarda turistlar oqimi kam bo‘lgani koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq. Avvalroq Statistika agentligi o‘zbekistonliklar 2022 yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilgani haqida ma`lumot bergandi


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling