Reja: Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Turkiston Muxtoriyati. Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi (Turkiston Respublikasi). Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi


Download 57 Kb.
bet2/5
Sana10.11.2023
Hajmi57 Kb.
#1762066
1   2   3   4   5
Bog'liq
TURKISTON ASSRNING TASHKIL ETILISHI SOVETLARNING V O`LKA SEZDI VA BOSHQARUV XUSUSIYATLARI

Turkiston Muxtoriyati. 1917 yil oktabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqealar Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Qo‘qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo‘lib ishtirok etdilar.Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”.
28 noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi aniqlanib “ Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi. Butunrossiya Ta’sis syezdi chaqirilgunga qadar hokimiyat to‘la ravishda Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo‘lida bo‘lishi haqida qaror qabul qilindi. Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuziladigan bo‘ldi. Qurultoy jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi.
Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati tarkibiga muxtoriyatchilik harakatining faol ishtirokchilari, jumladan, quyidagilar xukumat a’zolari bo‘ldilar:
1. Muhammadjon Tinishboyev –Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, temir yo‘l muhandisi.
2. Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) –Bosh vazir o‘rinbosari, Butunrossiya Musulmonlari Kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.
3. Mustafo Cho‘qay-tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, Turkiston o‘lka Musulmonlar SHo‘rosining raisi, huquqshunos.
4. Ubaydulla Xo‘jayev (Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev) –harbiy vazir, Butunrossiya Musulmonlar kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling