Режа Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


Download 102.04 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi102.04 Kb.
#1605740
  1   2   3
Bog'liq
1-мавзу


1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish.
Режа
1. Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish.
2. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o'rni.
3. Qog'oz va tabiat materiallaridan qurish-yasash.
1. Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish.
Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakldagi qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan xolda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar,ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘pnarsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish mumkin.
Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xoxish-istak uyg‘otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari matematika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan usullarning shakllari turli-tumandir. Bu shakllarning har biri didaktik yo‘nalganligi, bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individualma-individual ish nisbati, pedagogik rahbarlik xususiyatlari bilan shartlangan holda o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Ko‘pincha bitta mashg‘ulotni amalga oshirish bolalarning bilishga oid faoliyatlarini tashkillashtirishning bir necha ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Masalan, umumiy shakl guruh bilan uyg‘unlikda yetarlicha samarador va sifatli oliy natijalarni beradi. Maktabgacha yoshdagilar bilan eksperimental ish quyidagi bosqichlar doirasida olib borildi:
1-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki elementar matematik bilimlar, ko‘nikma va malakalarining egallanishi;
2-bosqich – bilimlarni nazorat qilish (mustahkamlash);
3-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faollik jarayonini rivojlantirish va ular egallagan bilimlar asosidagi tajriba, ko‘nikmalarini shakllantirish.
Bu jarayonda maqsadga muvofiq ravishda quyidagi uslubiy tamoyillar tadqiqot ishining tajriba sinov ishlarini tashkil etishda asos sifatida xizmat qildi:
1. Og‘zaki – ertak, hikoya, tushuntirishlar.
2. Ko‘rgazmali – illyustratsiya, tarqatma materiallar.
3. Amaliy kubiklar,legolar, konstruktorlar, geometrik shakllar yasash va ulardan amalda foydalanish.
4.Turli matematik tushunchalarni mustahkamlash.
5. Ijodiy-mustaqil–jamoaviy (guruhda tarbiyachi nazorati ostida, qurish yasash ishlarida).
Og‘zaki, ko‘rgazmali usullarga oid uslubiy tamoyillar ta’limning birinchi bosqichida 6-7 фyoshli bolalarda qo‘llanildi. Geometrik shakllar, sanoq va miqdor, kattalik, fazoviy tasavvurlar va vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishni o‘rgatish ishlarini sekin-asta mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha topshiriqni murakkablashtirgancha olib boorish ancha natijadorlikka olib keldi. Har bir mashg‘ulotda bolalarda matematika bilan muloqotdan quvnoq kayfiyat yaratishga urindik. Bolalarnikiga mehmonga ertak qahramonlaridan Zumradoyning kelishi muammolarni hal etish uchun yordam so‘rashi bolalarga matematik masalalarni hal etish uchun qiziqish uyg‘otdi. Bolajonlarga bu mashg‘ulot quvonch baxsh etadi, ularni matematik tushunchalardan foydalanishga, ularni bir biridan farqlashga o‘rgatadi. Bunday mashg‘ulotlarga ko‘pincha ertak qahramonlari tashrif buyuradi va bolalar bilan o‘ynashga kirishadi. Demak, tarbiyachi bunday mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish orqali bolalarda matematik tasavvurlarning va tushunchalarning shakllanishi, ularni amalda qo‘llashni o‘rganadilar. Tayyorlov guruhda bolalar kichik, o‘rta va katta guruhlarda bilib olgan matematik bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu guruhda tahsil yangi, ancha murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bolalar matematik bilimlarning amaliy malakalarini egallaydilar. Boshqa bilimlar qo‘shiladi. Bolalar nafaqat sonlarni taniydilar, balki ular bilan ikki amal bajarishni ham o‘rganadilar. Ular umumiy dinamika, tempga amal qilishni, o‘yin va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida boshlab, o‘z vaqtida tugallashni o‘rganadilar. Tajriba sinov ishlari natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari yoshiga mos ko‘rgazmali, og‘zaki va turli uslubiy tamoyillarni qo‘llashni taklif qilamiz. Masalan, bolalarga soat tasviri tushirilgan chiroyli illyustratsiyani ko‘rsatamiz. Tarbiyachi hikoya qilyapti: “Devorda qadimiy soat osig‘liq turipti (tarbiyachi nog‘oraga bir marta uradi). Biroq soat chiqillab yurishi kerak, tik-tak (tarbiyachi nog‘oraga bir necha bor uradi). Bolalar biz sizlar bilan nog‘ora cholg‘usida soat qanday yurayotganini eshitdik, qutichada yomg‘ir qanday yog‘ishini eshitish ham mumkin. Tarbiyachi so‘zlaydi: “Zumrad sayrga chiqdi, to‘satdan uning kaftiga yomg‘ir tomchisi tushdi (tarbiyachi qutichaga urib, tovush chiqaradi). Bulut quyosh yuzini qopladi va Zumrad kaftiga bir necha yomg‘ir tomchilari tushdi (tarbiyachi qutichaga bir necha marta uradi). Avvaliga tomchilar siyrak tushdi (tarbiyachi buni qutichada siyrak zarblar bilan tasvirlaydi), keyin esa yanada ko‘payaverdi. Yomg‘ir kuchaydi (tarbiyachi tez-tez zarb beradi). Zumrad soyabonini ochdi va yomg‘irning tugashini kutib turdi. Tez orada quyosh mo‘raladi va yomg‘ir tindi”. Keyin tarbiyachi bolalardan qanday yomg‘ir bo‘lganini aniqlashtiradi. Bolalar javob qiladilar: “Kuchli, katta, ko‘p, kam, kichik”, tarbiyachi esa soatga e’tibor qaratadi: “Bolalar, qaranglar: men qaysi asbob yordamida yomg‘ir tomchilarini yetkazdim? Bu asbob soat deb nomlanadi, avvaliga necha tomchi, ikkinchi martagachi? Eslab ko‘ramizmi?”. Shunday qilib, sanoq, miqdor, tezlik, kattalik tushunchalarini mustahkamlaymiz, bolalarga uni ko‘rib chiqish va tovush chiqarishini yana bir bor tinglashni taklif qilamiz. Keyingi mashg‘ulotlarda bolalarga matematik topishmoqlar taklif qildik.
Tarbiyachi turli suratlarni tasvirlagancha tayoqcha bilan qutichaga urdi, bolalar esa yomg‘irning qanday - kuchli yoki kuchsiz yog‘ayotganini aniqlashlari kerak bo‘ladi.
Bolalar bilan matematik-didaktik o‘yinlar o‘tkazish ham mumkin. Bolaning matematik qobiliyatini rivojlantirgancha tayyorlov guruhida muayyan mazmun va qoidalari bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni olib boramiz. Katta guruhdan yaxshi tanish bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni yodga olamiz va bir necha mashg‘ulotda takrorlaymiz. Keyin sekin-asta ularni murakkablashtiramiz va ular yangi shaklni olgancha harakatli o‘yinlar bo‘ladi. Bolalar “Ajoyib xaltacha” matematik-didaktik o‘yinida geometrik shakllarni paypaslab, uning nomini topadilar, keyin ularga shu shakllar yordamida yaxlit figuralar hosil qilish taklif qilinadi. Tayyorlov guruhda matematik-didaktik o‘yinlar mazmuni birmuncha murakkablashtiriladi. Biz yangi “Shaklli domino”, “Pazl”, “10 ni hosil qil”, “Kun va tun”, “Qo‘shnilarini top”, “Tangramma” o‘yinlarini taklif qilamiz. Sekin-asta bolalarda matematikani idrok etish tajribasi boyitildi. Bolalarda esa o‘zlari sevgan matematik o‘yin-mashg‘ulotlar o‘tkazildi, do‘stlari bilan mustaqil harakat qilish istagi paydo bo‘ldi.
Matematik tushunchalarni o‘rganish jarayonida tayyorlov guruhdagi 6-7 yoshli bolalar oldiga yangi, yanada murakkab vazifalarni qo‘ydik. Tanish shakllar asosida konstruktorlik ishlarni bajarishga o‘rgatdik. Bu ulardan muayyan malakalarni talab qildi. Agar o‘rta guruhda matematik amallarni bajarish vaqtida diqqat talab qilinsa, katta va tayyorlov guruhda ular oldiga yangi: umumiy dinamikaga, tezlikka amal qilish, konstruksiyalashni o‘z vaqtida boshlab, tugatish vazifalari qo‘yiladi. Biroq, shunday bolalar borki, ular umumiy tezlikka amal qila olmaydilar. Misol tariqasida Azima va Botirjon bir vaqtda konstruksiyalashni boshladilar, keyin Azima kuzatuvchiga quloq tutmasdan Botirjondan o‘zib ketdi. Tahsilning oxirgi yilida barcha bolalar uchun matematik amallarni bajarish usullari yana ham murakkablashtirildi, amallarni bajarish malakalari mustahkamlandi va takomillashtirildi. Bolalar son sanoq, miqdor, fazoviy tasavvurlar, vaqt, geometric shakllar, kattalik tushunchalari bilan tanishadilar. Keyingi bosqich – bolalarni matematika daftaridagi kataklarga sonlar va ularning elementlarini to‘g‘ri yozishga o‘rgatishdan iborat. Ushbu bosqichda daftar kataklarining kattalashtirilgan shakllari tanlandi.
Texnik usullar. Raqamlar bilan tanishtirishda bolalarga dastavval raqamlarni yozishga, to‘g‘ri o‘tirish va ruchkani to‘g‘ri tutishga o‘rganadilar. O‘tirg‘ichning o‘rtasiga o‘tirish, tanani erkin va to‘g‘ri tutish zarur. Multimediadan foydalanib bolalarga animatsiyali raqamlarning chiqishlarini tomosha qilishni tashkil etish kerak. Shundan keyin ularga tanish bo‘lgan raqamlar nomini aytsak, bolalarni ilg‘ab olishi va esida saqlashi oson kechadi.
Bugungi kunda olib borilayotgan har bir tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
- mavzuga oid pedagogik manbalarni o‘rganish, taxlil qilish va umumlashtirish;
- muammoning nazariya va amaliyotdagi axvolini o‘rganish xamda taxlil qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarida bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni va metodikasini ishlab chikish;
- bolalar bilimini shakllantirishga yunaltirilgan pedagogik tizimning samaradorligini amaliy tajribada sinab kurish;
- Tadqiqot natijalari asosida respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari va ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalar va qo‘llanmalar yaratish.
Sonlar va raqamlar xususida tarbiyalanuvchilarga tushunchalar berildi. Dastlab, sonlar qanday kelib chiqishi, ular nimani anglatishi xususida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, geometrik shakllarni ushlab ko‘rishlari, burchaklariga qo‘llari bilan tegishlariga ruxsat berildi. Uchburchak so‘zma-so‘z tarjima qilinganda uchta burchak degan ma’noni anglatishi gapirib berildi. Shundan so‘ng geometrik shakllar dan pedagog tarbiyachilar o‘z amaliyotida keng foydalanadigan bir necha shakllardan yaxlit tasvir chizish taklif qilindi. Matematika mashg‘ulotlarini integratsiyalash o‘zaro hamfikrlilik, bir biriga qarab rasm chizish, o‘rtoqlarining harakatlariga e’tiborli bo‘lish tuyg‘usini rivojlantirishga imkon beradi. Matematik fikrlash bola miyasining intellectual faollashuvi vazifalarini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi, natijada barcha bolalar aqliy jihatdan faollashadi. Ularda fantaziya va ijodiy qobiliyat, matematik nutq rivojlantiradi, matematikani tushunish va sevishga o‘rgatadi. Matematika mashg‘ulotlari jarayonida sanashni o‘zlashtirish borasida, misollarni yechish barobarida bolalar misollarning tuzilishini yaxshiroq tushuna boradilar, ularning ko‘p yoki kamligini, mazmunini farqlaydilar va o‘zlari uchun yangi bo‘lgan matematika olamiga kirib boradilar. Matematika mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilarni sonlar bilan tanishtirishda raqamlarni eslab qolish maqsadida ularni belgilash uchun rangli aylanalardan, sanoq cho‘plaridan foydalanadilar, keyinroq bolalar rangli aylanalar va sanoq cho‘plarsiz mustaqil uddaladilar. Tarbiyalanuvchilarning matematika mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlarini hamda ular tomonidan erishilayotgan muvaffaqiyatlarni monitoring qilish shart deb hisoblaymiz, chunki u nafaqat bolalarning muvaffaqiyatlarini baholashni, balki pedagogning o‘zini va korreksion jarayonning barcha ishtirokchilari faoliyati samaradorligi darajasini tahlil qilish imkonini beradi. Pedagog esa, olingan natijalardan kelib chiqib, bolalar, pedagoglar, ota-onalar bilan ishlashda tanlangan usullar, texnologiyalarning to‘g‘riligi yuzasidan xulosa qilish imkoni tug‘iladi va zaruriyat bo‘lganida o‘quv dasturini mukammallashiga erishiladi.
Mashg‘ulotlarning natijasi bolalarning o‘zlashtirish darajasi va ochiq mashg‘ulotlarda ko‘rinadi. Aynan shunda bolalar mas’uliyatli, intizomli, e’tiborli bo‘lishga o‘rganadilar. Agar kuzatuvchilar nafaqat bolalar, balki sevimli ota-onalar bo‘lsa, unda muvaffaqiyatdan quvonch ikki barobarga ortadi. Bu yo‘nalishda birmuncha mahsuldori, bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta’lim muassasasida yuzaga kelgan, jamoaviy sharoitda maxsus matematik qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha ta’lim va ijodiy ishlash konsepsiyasi bo‘ldi. Bugungi kunda bu loyihaviy usul maktabgacha ta’lim faoliyatida ta’limning innovatsion usuli hisoblanadi. Bu usullar mashg‘ulotni faollashtiradi, ularni hissiy jihatdan maftunkor va yorqin qiladi.
Mazkur texnologiyaning maktabgacha pedagogikada mavjud bo‘lgan boshqa texnologiyalardan farqi shundan iborat.
Loyixaviy mashg‘ulotlar quyidagicha amalga oshiriladi. O‘yinli, kommunikativ, bilishga oid-tadqiqotchilik, matematik va harakatli faoliyat, bolalar va kattalar bilan muloqot tarzida. Bunda tarbiyalanuvchilarda o‘zaro harakat, ijtimoiy va emotsional intellekt rivojlanadi, tengdoshlari bilan birgalikda faoliyat yuritish ko‘nikmasi shakllanadi. Shuningdek, tasavvur va ijodiy faollik rivojlanadi, matematik zukkolik, miqdor, sanoq, vaqt, geometrik shakllar, vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish, harakatlar uyg‘unligi, matematik qobiliyatlar rivojlanadi. Matematikadan eng soda tasavvurlar shakllantiriladi, har bir bolaning individual chiziqlari, irodaning mavjudligi, emotsionallik, diqqati jamlanganligi namoyon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchida o‘z kuchiga ishonmaslik, tortinchoqlik, juratsizlik bartaraf etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida turli xil o‘yinchoqlarni yasash uchun qog‘ozdan tabiat materialidan keng foydalaniladi. Bolalarga qog‘ozning turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog‘ozlar. Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallarni tayyorlab, bir yil ichida ularni g‘amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong‘oqlar teradilar. Mevalar urug‘i yaxshilab yuvilib quritiladi, bunday urug‘lar maxsus kutilarda saqlanadi. Bu xildagi qo‘llanmalarni yasash uchun quyidagi materiallardan ham foydalaniladi: qog‘oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho‘pi, yelim, qaychi.
Qog‘oz tabiat va tashlandik, materiallari. Bu materiallar bolalar bog‘chasida turli-tuman o‘yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu jarayon faqatgina foydali bo‘libgina qolmay, balki qiziqarli va bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog‘ozlar bilan ishlaydilar. Xilma-xil tabiat materiallari manzarali daraxt mevalari, shox-shabbalar va boshqalar. Tarbiyachi bolalar birgalikda tabiat materiallarini oldindan tayyorlab boradi. Masalan: urug‘lar, danaklar, yaxshilab yuvilib, quritilib yig‘iladi. eman va kashtan yong‘oqlarining daraxtdan to‘kilishi bilan terib oladilar. Chinor va yasen дарахтининг уруғи эса qishda yig‘iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi. Shuningdek, ulardan o‘yinchoklar yasashda, yordamchi materiallar, qog‘oz, karton, plastilin, simlar, yelim va mexnat qurolllari, qaychi, bigiz, igna va boshqalar qo‘llaniladi.








Download 102.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling