Uch sharnirli arkalarning harakatlanuvchi yuklar taʼsiridan hisoblash
Tayanch reaksiyalarining taʼsir chiziqlari
Buning uchun quyidagi arka bo‘ylab siljuvchi R=1 kuchining harakatini ko‘ramiz. (7.1 a – rasm). Ko‘chma birlik kuch chap tayanchdan x masofada bo‘lgan hol uchun muvozanat tenglamasini tuzamiz.
0 ≤ x ≤ ; MA=0. VB –R∙x=0; VB=x/ ;
MB=0 tenglamadan VA=( –x)/ .
VA va VB t. ch. prolyoti arka prolyotiga teng bo‘lgan oddiy balka tayanch reaksiyalari RA va RB t. ch. kabi kuriladi. Arkaning keruvchi tayanch reaksiyasi H ning t. ch. qurish uchun birlik yukning ikki holatini tekshiramiz.
a) R=1 kuch sharnir C dan chap tomonda xarakatlanadi deb Mc=0 muvozanat tenglamasini tuzamiz.
o‘ng
VB∙ /2–H∙f=0 yoki M0C–H∙f=0
H=MC0/f
b) R=1 kuch sharnir C dan o‘ng tomondan harakatlanganda MC=0 muvozanat tenglamasiga asosan:
VA∙ /2–H∙f=0 M0C–H∙f=0 bundan
H=M0C=f.
Demak, H ning t. ch. yuqorida keltirilgan ifodalarga asosan MC0
t. ch. ordinatalarini f marta kamaytirib hosil qilamiz (7.1 – rasm).
7.1 – rasm.
Ichki zo‘riqishlarning taʼsir chiziqlari
Eguvchi momentning taʼsir chiziqlari
Uch sharnirli arka uchun biror K kesimning MK eg.mom.tch. quramiz. Kesim og‘irlik markazining koordina-talari (XK, YK) bo‘lsin. (7.2 – rasm) MK ning t. ch. quyidagi formuladan foydalanib quriladi.
MK=M0k–Huk
MK ning t. ch. uning nolinchi ordinatasidan foydalanib (7.2 d – rasm) grafik usul bilan ham qurish mumkin. Arka uchta kuch taʼsirida muvozanatda bo‘lgani uchun birlik kuch hamda tayanch reaksiyalarining yo‘nalishlari D nuqtada kesishadi. Shu holatda MK=0 bo‘lgani uchun MK t. ch. nolinchi ordinatasi D nuqtaning ostida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |