Reja: umumiy holatlar
Dvigatelni ishga tushirish va reverslash
Download 236 Kb.
|
Dvigatel tashqi tezlik tavsifini hisoblash usullari va ularning qiyosiy tahlili
Dvigatelni ishga tushirish va reverslash. Dvigatel yakorini reverslash (aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish) odatda dvigatelga berilayotgan kuchlanish qutblarining o‘rnini almashtirish bilan amalga oshiriladi. Bu holda yakor zanjiridan oqayotgan tok qiymatini chegaralash uchun yakorga ketma-ket katta qiymatga ega bo‘lgan qarshilik ulanadi. Chunki yakordagi qutblar o‘rnini almashtirgan paytda EYK o‘z yo‘nalishini saqlab qoladi, bunda esa yakorga tarmoq kuchlanishiga qaraganda ikki marta katta qiymatga ega bo‘lgan kuchlanish qo‘yiladi.
5- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatel yakorini to‘g‘ri (a) va teskari (b) yo‘nalishda aylantiruvchi ulanish sxemalari. Sanoat elektr yuritmalarida qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning yo‘nalishini o‘zgartirish bilan dvigatelni rostlash tavsiya etilmaydi. Chunki qo‘zg‘atish chulg‘ami katta induktivlikka ega bo‘lganligi uchun tokni va magnit oqimini teskari yo‘naltirish jarayoni ko‘p vaqtni talab qiladi. Bundan tashqari qo‘zg‘atish chulg‘amida tokning uzilishi chulg‘amda juda katta qiymatga ega bo‘lgan o‘zinduksiya EYK hosil qiladi. Bu esa o‘z navbatida chulg‘am izolatsiyasining teshilishi va oqibatda ishdan chiqishiga olib keladi. Shartli ravishda yo‘nalishlardan biri musbat, teskarisi esa manfiy deb qabul qilinadi. Ko‘tarish kranlarida yukni ko‘tarish yo‘nalishi musbat bo‘ladi. Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatelini tarmoqqa ulab ishga tushirish mumkin emas. Chunki yakor qarshiligi Rya ancha kam bo‘lganligi sababli bu payt yakordagi tokning qiymati nominal tokka nisbatan 10ё20 marta oshib ketadi; bu esa mashinaning ishdan chiqishiga olib keladi. Yakorga ketma-ket ulangan, ishga tushirish qarshiligi bilan ishga tushirish tokini joiz qiymatiga qadar kamaytirish mumkin. IIT = U/(Rya + Rq) bu yerda: IIT — ishga tushirish tokining w = 0 bo‘lgandagi boshlang‘ich qiymati. Dvigatel yakori tezligining ortishi bilan uning EYK ning qiymati ortib boradi va tokning miqdori esa kamayadi. I = (U - E)/(Rya + Rq). (27) Tok kamayishi bilan dvigatel momenti ham kamayadi. Chunki dinamika tenglamasiga muvofiq tezlanish ham kamayadi. Ishga tushirayotganda yakor tezlanishini jadallashtirish uchun Rq ni kamaytirish kerak. Shunday qilib, Rq ni pog‘onama-pog‘ona kamaytirib borib, dvigatel bir elektromexanik tavsifdan boshqa tavsifga o‘tkaziladi (6- rasm). Bu ishni asosan ishga tushirish qurilmalari yoki maxsus avtomatlashtirilgan ishga tushirish sxemalari orqali amalga oshiriladi. Bunday ishga tushirish reostatli ishga tushirish deb ataladi. Ishga tushirilgandan so‘ng dvigatel o‘rnatilgan statik tok Iq (moment Mq) va tezlik wq (6- rasm) bilan ishlaydi. Download 236 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling