Reja: umumiy holatlar


Elektrodinamik tormozlash


Download 236 Kb.
bet8/12
Sana07.05.2023
Hajmi236 Kb.
#1439637
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Dvigatel tashqi tezlik tavsifini hisoblash usullari va ularning qiyosiy tahlili

Elektrodinamik tormozlash. Elektrodinamik tormoz­lash (dinamik) rejimida dvigatelning yakor zanjiri tashqi tomrozlash rezistori Rtr ga ulanadi (8- rasm, a), qo‘zg‘atish chulg‘ami esa magnit oqimini saqlab qolish maqsadida tarmoqqa ulangan holda qoladi. Dvigatel yakori tarmoqdan uzilgan bo‘lsa ham, u aylanish yo‘nalishini saqlab qoladi hamda EYK yakordagi tok (moment) yo‘nalishini o‘zgartiradi va tormozlovchi bo‘ladi:


ITR = -E/R =-CEФnomw/R, (31)


8- rasm. Dvigatelning dinamik tormozlash rejimidagi elektr sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b).
bu yerda: RYa RTR. Bu holda yuritmaning mexa­nik qismida to‘plangan kinetik energiya (reaktiv statik moment) yoki potensial energiya (aktiv statik momentda, masalan, yukni tushirayotganda) issiqlikka aylanib, yakor zanjiridagi qarshilik R ni qizdirib, issiqlik sifatida tashqariga chiqib ketadi.
Bu rejim uchun mexanik tavsif tenglamasi 20 tenglamadan U = 0 deb olinadi:


(32)

Tenglama (32) yordamida hisoblangan tavsiflar R = var, bo‘lganda koordinata boshida to‘plangan to‘g‘ri chiziqlar kabi bo‘ladi. Bu tavsiflar ikkinchi va to‘rtinchi kvadrantlarda joylashadi.


Yuritmani dvigatel rejimidan bunday tormozlash rejimiga o‘tkazish jarayoni 8- rasm, b da ko‘rsatilgan. Dvigatel avval wq tezlik va Mq moment bilan 1-nuqtadan boshlab ishlayotgan edi. Yakorni tarmoqdan uzib tormozlash qarshiligiga ulangandan so‘ng yuritma boshlang‘ich moment M2 bilan 2- nuq­taga o‘tadi. Shundan so‘ng tezlik kamayishi bilan tormozlash momenti MTR ham nol qiymatiga intila boradi.
Aktiv statik moment bo‘lganda (qarshilik momenti) dinamik tormozlash jarayoni 7- rasmdagi 230 chiziq bilan tavsiflangan.
Yukni tushirish paytida aktiv statik moment bo‘lib, dvigatel wq tezlik bilan aylanib tarmoqqa energiya berish rejimida (tormozlash) ishlaydi (1- nuqta).
Agar dvigatel yakorini 230 tipidagi dinamik tormozlash mexanik tavsifida tashqi rezistor RTR ga ulansa, u holda dvigatel tavsifidagi 2- nuqtaga o‘tadi. Bu holda wq< 0 bo‘lgani tufayli yakor toki va dvigatel momenti M2 noldan katta bo‘ladi. M2 > Mq bo‘lganligi uchun aylanish w1q tezlikkacha sekinlashadi. Natijada yuk dinamik tormozlash mexanik tavsifidagi 3- nuqtaga mos keladigan | w1q | < | w| yangi o‘rnatilgan tezlik bilan tusha boshlaydi.
Agar rezistor RTR qarshiligi kamaytirilsa, yukni tezlik | wIIq | < | w1| da tushirish mumkin.
Reaktiv va aktiv qarshilik (statik) momentidagi rejimlarning bir-biridan farqi reaktiv qarshilik momenti bo‘lganda tormozlash jarayoni yuritmani to‘la to‘xtagunicha amalga oshiriladi. Aktiv qarshilik momenti bo‘lganda esa, o‘rnatilgan harakat tezligi w1q gacha amalga oshiriladi. Shuning uchun mexanizm­ni to‘la to‘xtatish uchun elektrodinamik tormozlash oxirida maxsus tormozlash qurilmasini qo‘llab mexa­nik tormozlashga o‘tiladi.

Download 236 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling