Reja: Uran oksidlari va ishlab chiqarish texnologik sxemalari


Geotexnologik usulning ekologik ko’rsatkichlari


Download 22.82 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2023
Hajmi22.82 Kb.
#1103328
1   2   3
Geotexnologik usulning ekologik ko’rsatkichlari.
Tog’ jinslarini qazib oluvchi kon korxonalar 1990-yilgi ma’lumotga ko’ra yiliga 75 mln. tonna xavfli chiqindi hosil qilmoqda. Og’ir metallar va ftor bilan zararlangan qismi 3,6 mln. gektarga yetdi. Shuning uchun tabiatga ta’siri kamaytiruvchi texnologiyalar qo’llash zarur.
Geotexnologik jarayonlar rivojlanishi ekologik ta’sirni yanada kamaytirmoqda. Jarayon natijasida otvallar hosil bo’lmaydi, keying rekultivatsiya esa hosildor yerlarni saqlaydi. Shunday bo’lsada muhit oz bo’lsada o’zgaradi va uni nazorat qilish kerak. Jarayon davomida suv va havo muhiti zaxiralaridan to’g’ri foydalanish talab etiladi.
Geotexnologik jarayonlarning eng katta afzalligi ishchi kuchining zaxarlanishi kamayadi.
Uran chala oksidi-oksidi ishlab chiqarish texnologik sxemasining boshlang‘ich mahsuloti bo‘lib NKMK kon boshqarmalari (SHim.KB, JKB, 5-KB) geotexnologik konlarining uran tarkibli sulfat kislotali tuzlari hisoblanadi.
Sulfat kislotali tuzlar partiyalar bilan qabul qilinadi. Quyidagilar partiyali sanaladi: t/y sisternalarida keladigan sulfat kislota tuzlari uchun - bitta sisterna; avtotsisternalarda keladigan sulfat kislota tuzlari uchun – 5-8 avsisternalar.
Sulfat kislotali tuzlarni qabul qilishda keladigan uran miqdorini va sulfat kislota tuzlari sifatini aniqlash maqsadida sinov o‘tkaziladi.
So‘ngra sulfat kislotali tuzlari tindirishga yuboriladi. Tindirish natijasida ikkita mahsulot hosil bo‘ladi: tindirilgan eritma va loyqalar.
Loyqalar urandan yuvish uchun jo‘natiladi. YUvish operatsiyasi har oy o‘tkaziladi. Loyqalarni yuvish aralashtirishda ekstraksiyaning tub (qo‘r) eritmalari bilan amalga oshiriladi. Sinovdan so‘ng loyqa eritmalari chiqindi omboriga tashlanadi.
Sulfatli tozalangan tuzlar sulfatli tuzlarni tayyorlash operatsiyasiga yuboriladi, u erda kislotalash, isitish (sovuq vaqtda 40 s.gacha) va sulfatli tuzlarni suyultirish amalga oshiriladi. Keyin sulfatli tuzlar ekstraksiyaga yuboriladi.
Ekstraksiya suvli fazani organikka nisbatida dizel yoqilg‘isida suyultirilgan D2EGFK, TAA va TBF ekstragentlar aralashmasida o‘tkaziladi. Ekstraksiya operatsiyasining asosiy vazifasi uranni aralashmalardan tozalash va uni organik fazada eng ko‘p konsentrlash hisoblanadi.
Dizel yoqilg‘isida suyultirilgan D2EGFK, TAA va TBF ekstragentlar aralashmasi davriy ravishda tayyorlanadi. Buning uchun ekstragentlarning oylik me’yori (sarfning solishtirma me’yori bo‘yicha) ishlov berilgan dizel yoqilg‘isi bilan aralashtiriladi. Olingan aralashma kerakligicha jarayonga kiritiladi.
Dizel yoqilg‘isiga ishlov berish dizel yoqilg‘isining konsentrlangan sulfat kislota bilan apparatda mexanik aralashtirishli aloqada bo‘lishidan iborat. Ushbu operatsiya dizel yoqilg‘isining birdan yonish haroratini oshiradi va elimshaklikni kamaytiradi.
Ishlov berilgan dizel yoqilg‘isi ekstragentlar aralashmasi tayyorlashga, kislota cho‘kindisi esa chiqindi omboriga tashlanadi.
Ekstraksiya natijasida ikkita mahsulot olinadi: uranga to‘yingan organik faza va suvli faza (tub (qo‘r) eritma deb ataladi). Tub (qo‘r) eritmaning bir qismi sulfatli tuzlar tayyorlash operatsiyasiga yuboriladi, qolgan qismi esa oldindan sinab ko‘rilgandan so‘ng neytrallashga yuboriladi. Neytrallash operatsiyasi “oltin” ishlab chiqarishning chiqindili bo‘tanasi (pulpasi) bilan yoki ohaktosh bilan (“oltin” ishlab chiqarish to‘xtatilgan hollarda) rN = 5 kam bo‘lmaganda amalga oshiriladi.
Uranga to‘yingan organik faza reekstraksiya operatsiyasiga jo‘natiladi. Organik fazaning bir qismi suspenziyalardan tozalash maqsadida uzluksiz filtrlanadi. Olingan kek filtrlashdan so‘ng uran miqdorini aniqlashga sinab ko‘riladi, so‘ngra esa chiqindi omboriga tashlanadi.
Reekstraksiya reekstraksiyalaydigan eritmali ishlov berish yo‘li bilan organik fazadan uranni ajratib olishga mo‘ljallangan. Reekstragent sifatida karbonat-bikarbonat ammoniy eritmasi ishlatiladi. Reekstraksiya natijasida 3 ta mahsulot olinadi: tiklangan organik faza, karbonat eritmasi va ammoniyuraniltrikarbonat (AUTK) kristallari.
Tiklangan organik faza ekstraksiyaga yuboriladi. Karbonatli eritma uni karbonat-bikarbonat ammoniy bilan oldindan mustahkamlash operatsiyasiga yuboriladi. AUTK kristalllari 1 repulpatsiyaga yuboriladi.
Repulpatsiya kristallarni aralashmalardan yuvish uchun o‘tkaziladi. YUvishda repulpatorlardagi asosiy o‘lchamlar qattiqlikning suyuqlikka nisbati Q:S sanaladi. Suyultirish pulsatsiyali kolonnada yuvish operatsiyasidan eritmani uzatish bilan amalga oshiriladi.
Repulpatsiyadan so‘ng eritma AUTK kristallari bilan birga tindirishga beriladi. Tindirish natijasida ikkita mahsulot olinadi: AUTK kristalllari va eritma.
So‘ngra kristalllar 2 repulpatsiyaga va pulsatsion kolonnaga yuvishga tushadi, bu erda ham kristallarni aralashmalardan yuvish amalga oshiriladi.



Download 22.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling