Reja: Uran oksidlari va ishlab chiqarish texnologik sxemalari
Download 22.82 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalashning asosiy bosqichlari
- Geotexnologik ishlab chiqarishni parmetrlarini hisoblash.
Maruza№11 Geotexnologik ishlab chiqarishni loyihalash. Reja: 1.Uran oksidlari va ishlab chiqarish texnologik sxemalari 2. Boshlang‘ich va oxirgi mahsulotlar, reagentlar va oraliq mahsulotlarning texnologik tavsiflari. Foydali qazilmalarni geotexnologik usulda ajratib olishni loyihalashda ma’lum quvvatning mosligi, ishlash vaqti,ochish usuli,ishlab chiqarish tizimlari hisobga olinadi. Joining to’g’ri tanlovi hamma kon-geologik va ular bilan bog’liq texnologik va texnik-iqtisodiy omillar hisobiga bog’liq. Yangi usullarning keng qo’llanishi uchun texnologiyaning ratsional parametrini hisoblash va bu asosida joyning ekspluatatsiya loyihasini tuzish . Loyihalashning vazifasi shundan iboratki, ratsional tizimni tanlash natijasida zaxira ajratib olinganda kamharajat va yo’qotilishlarni kamaytirish. Joyni loyihalash kompleks vazifa hisoblanib, unda zaxira, skvajinalar, yer usti uskunalar bir deb qaraladi. Kondan qazib oluvchi joyni loyihalashda kon-geologik va texnologik omillar hisobga olinadi. Bundan tashqari olingan xulosalar hisobi ham bajarilishi kerak. Loyihalashning asosiy bosqichlari. Joyning loyihasini tuzishda quyidagilar kerak: -loyihalashga vazifa olish; -boshlang’ich ma’lumotlarni olish. Foydali qazilmani geologik tafsiloti, joining gidrogeologik tafsiloti, texnologik ma’lumotlar, ob-havo sharoitlari, suv, yoqilg’i, ishchi kuchi haqida ma’lumot; -ochish va qayta ishlash usullarini tanlash, skvajinalar joylashishi, burg’ilash navbati; -tashish uskunalari, maxsulotni qayta ishlash usuli, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish; -ishlab chiqarish joyining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash. Geotexnologik ishlab chiqarishni parmetrlarini hisoblash. Geotexnologik ushlab chiqarishni texnologik (skvajinadan ajratib olish, reagent sarfi) va iqtisodiy ko’rsatgichlari bilan baholanadi. Ba’zi bir parametrlar o’zgarmas deb hisobga olinadi. Ularga fizik-geologik (ruda tanasini yotish chuqurligi, foydali component miqdori) ba’zi bir texnologik va texnik parametrlar kirishi mumkin. Loyihalash va ekspluatatsiya vaqtida jarayon parametrlariga ta’sir qiluvchi hamma omillarni hisobga olish uchun skvajinalar qayta ishlash vaqti ortsa, maxsulot miqdori ortadi, tayorlov ishlariga harajat kamayadi, lekin ishchi agentlar (erituvchi, isiqlik tashuvchi, oksidlovchi) tayyorlashga ketgan harajatlar oshadi. SHunday qilib geotexnologik jarayonlar parametrlarini aniqlash texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari optimal variantiga bog’liq. Bu esa turli variantlar uchun optimal kategoriya o’rnatish bilan topiladi. Hozirda keltirilga harajatlardan eng kami kriyeriya bo’lib hizmat qiladi. Lekin taqqoslash mahsulot nir xil miqdorda ajratib olinganda olib boriladi. Download 22.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling