Reja: Urug`chilik jamoasining еmirilishi va uning sabablari
O’rta Osiyo viloyatlari Ahamoniylar davlati tarkibida
Download 389.5 Kb.
|
1516459633 70039
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlar turi va xajmi
- 4. O’rta osiyo xalqlarining Iskandar zulqarnaynga qarshi erk va ozodlik uchun ko`rashlari
- Filipp II (miloddan avvalgi 382336 yillar)
O’rta Osiyo viloyatlari Ahamoniylar davlati tarkibida2
Satrapliklar 12 o’lka
15 o’lka 16 o’lka Baqtriylar, marg’iyonaliklar, egllar Saklar, kaspiylar Parfiyaliklar, xorazmliklar, so’g’diylar, ariylar Soliqlar turi va xajmi
250 talant kumush 300 talant kumush ka Tuyalar, hunarmandchilik, buyumlar Otlar, kiyim – kechaklar Gazmallar, idishlar, harbiy qurollar, zeb-ziynatlar, otlar, chorva va uning mahsulotlari Bundan tashhari O’rta Osiyo aholisi shahanshoh xazinasiga har yili to`lab to`rgan aniq miqdordagi soliqlarga qo`shimcha yirik davlat qurilishlarida ham ishlab berar edilar. Xullas, O’rta Osiyo xalqlari miloddan avvalgi VI—IV asrlarda, ya'ni qariyb 200 yil mobaynida Eron Ahamoniylari hukmronligi ostida yashadilar. Ular doimo erk va ozodlikka intilib ko`rashdilar. Faqat miloddan avvalgi IV asrlarga kеlib Ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagach, zulm asoratida bo`lgan xalqlar o`z mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega bo`ldilar. O’rta Osiyoda o`z mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi. Baqtriya esa to Iskandar Zulqarnayn istilosiga qadar Ahamoniylar hukmronligi ostida bo`lgan. 4. O’rta osiyo xalqlarining Iskandar zulqarnaynga qarshi erk va ozodlik uchun ko`rashlari Markaziy Osiyo hududining Ahamoniylar asoratidan batamom ozod bo`lishi bu o`lkaning makеdoniyalik Iskandar Zulqarnayn (ikki shohli) tomonidan egallannishi bilan bog`liqdir gap shundaki miloddan avvalgi VI—V asrlarda Eron Ahamoniylari manfaati bilan Yunoniston mavfaati Kichik Osiyoda to`qnashib qoladi. Har ikkala davlat bu hududda o`z- ta'sir doirasini kеngaytirish va mustaxkamlash uchun, iqtisodiy va siyosiy jixatdan yuqori mavqеi egallash uchun harakat qiladilar. Ana shu ezgu niyatni amalga oshirish ilinjida Iskaidar Zulqarnayning otasi shoh Filipp II (miloddan avvalgi 382~336 yillar) zo`r berib Eronga qarshi urushga tayyorgarlik ko`ra boshladi. Xususan u miloddan avvalgi 338 yilda Xeronеyada bo`lgan jangda yunon askarlarini mag`lubiyatga uchratgandan so`ng Eronni zabt etishni maqsad qilib qo`ygandi, lеkin Filipp II o`z niyatini amalga oshirolmay 336 yilda uyushtirilgan fitna oqibatida, saroy bazmi vaqtida o`ldiriladi. Filipp II o`ldirilganda Elippa shohining qizi Olimpiadadan tugilgan o`g`li Iskandar (miloddan avvalgi 356— 323) yigirma yoshda bo`lib, otasi uning tarbiyasiga katta e'tibor bergan edi. Uni 13 yoshda bo`lgan chog`ida buyuk olim Aristotеl tarbiyasiga beradilar. Olim Iskandarga falsafa, etika, yunon adabiyoti, san'ati, tibbiyot fanlari, gеografiya va boshqa fanlardan ta'lim beradi. 340-yillardan boshlab Filipp II o`g`lini davlat ishlariga ham aralashtira boshlaydi, u dastlabki janglarda qatnashadi va ilk g`alabalar nashidasini suradi. Filipp II o`ldirilgach, Iskandarni lashkarlar yig`ini shoh qilib ko`taradilar. Taxtni egallagan Iskandar o`z raqiblari va taxtga da'vo qilishi mumkin bo`lgan barcha erkak zotini qilichdan o`tkazadi va mutlaq hokim bo`lib oladi. U o`z faoliyati davomida qadimgi dunyoning mashxur lashkarboshisi va buyuk davlat arbobi darajasiga ko`tarildi. Iskandar Zulqarnayn 22 yoshida jahon saltanatini _tashkil qilishga bеl bog`ladi. Miloddan avvalgi 334 yilda 30 ming piyoda, 5 ming otliq askar, 160 kеma bilan qurollanib Sharqqa yurishni boshlaydi. Bu yurish qariyib 11 yil davom etadi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonni katta-katta hududlarini bosib oladi. Iskandar Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, miloddan avvalgi 329 yilning bahorida Hindikush tog`idan oshib O’rta Osiyo hududdariga kirib kеladi. Baqtriyada bu paytda Ahamoniylar urug`idan bo`lgan Bеss qukmron edi. U Doro III ni zaharlab o`ldirishda qatnashib, o`zini Artaksyerks nomi bilan podsho dеb e'lon qilgan edi. Dastlab bao`triyalik Oksiart, so`g`dlik Spitamеn va fors Datafarnlar Bеssning niyatini anglab еtmadilar va u bilan birga bo`ldilar. Ular Amudaryodan o`tib Termizga yaqin bo`lgan joyda ko`prik vazifasini o`tab kеlgan yakkayu yagona kеmani yoqib yubordilar va Nautak shahri (Qashqadaryo) tomon chеkinadilar. Shu yerda ular o`rtasida nizo kеlib chiqadi. Sababi, Bеss o`z ittifoqchilari bilan Ahamoniylar zulmi va Iskandarga qarshi birgalashib kurashishga so`z bergan edi. Endi esa u o`zining ittifoqchilardan ustun qo`ya boshlaydi. Buni sеzgan Spitamеn, Oksiart va Datafarnlar u bilan aloqani uzib, uning o`zini kishanlab Iskandarga topshirishga qaror qiladilar, Bu paytda Iskandar Eronni egallab Bеss tomonidan o`ldirilgan Doro jasadini topib, uni izzat-ikrom bilan dafn qilish uchun Persеpolga yuborib o`zi Bеssni ta'qib qilishga tushgan edi. Ittifoqchilar Bеssni kishanlab qal'ada qoldiradilar. Iskandarga chopar yuborib o`zlari esa mamlakat ichki tumanlariga chеkinadilar. Bu bilan ular dushman istilolalarini shu yerda to`xtatmoqchi bo`lgan edilar. Buning sababi shundaki, Iskandar Eronga qarshi yurish boshlaganda u o`z dushmani Doro III ni zaharlab o`ldirgan Bеssdan o`ch olish niyatida ekanligini e'lon qilgan edi. Iskandar Nautakda Bеssni qo`lga tushiradi va Arrian bergan ma'lumotlarga qaraganda u Ptolomеyga «Bеssni yalangoch qilib, ko`chaning o`ng tomoniga bog`lab qo`yishni buyuradi. Sharmandalarcha yap-yalanqoch turgan Bеssning yonidan Iskandarning butun qo`shinlari saf tortib o`tadi. Uni sharmandali holda yalang`och qilib, Eronga olib kеladida o`limga mahkum etadi. O`limi oldidan qo`li, burni va oyoqlarini kеsib, qiynaydi11». Bu sotqinnig sharmandali o`limi edi. Sotqin, xoin va xiyonatchilardan antik davrlardan e'tiboran xalqimiz nafratlangan. Jumladan, qo`l-oyogi bog`liq, Bеssni Spitamеnning o`zi ham tutib Iskandarga topshirishi mumkin edi. Lеkin Bеss har qancha xoin bo`lmasin Spitamеn uni o`z qo`li bilan tutib bermaydi. Arrianning ta'kidlashicha, «Bеssni o`z qo`li bilan tutib berishdan Spitamеn or qiladi». U mard o`g`lon. Shu bois Spitamеn Bеssni qo`l-oyoqini bog’lab ona Vataniga bostirib kеlayotgan dushmani Iskandarga topshirib tiz cho`kishni o`zi uchun or dеb biladi. Yunon bosqinchilari O’rta Osiyoni juda osonlikcha qo`lga kiritishni mo`ljallagan bo`lsalar-da, ular hisob-kitob va rеjada yanglishgan edilar. Iskandar qo`shinlariga avvalo birinchi zarba Oriyona (xozirgi Hirot viloyati)da berildi. Shimoli-Sharqiy viloyatlar — Girkaniya, Ariya, Parfiya, Drongiana, Araxoziya, Baqtriya va So`g`diyonani bo`ysundirish uchun uch yil vaqt kerak bo`ldi. Ayniqsa, Baqtriya va So`g`diyonani qo`lga kiritish Iskandar uchun juda qiyin bo`ldi. O’rta Osiyo xalqlari erk va ozodlik uchun ko`rashga otlandilar. Ahamoniylarning qo`shinlarini uch marta mag`lub etgan. Iskandar O’rta Osiyoda mislsiz katta qiyinchiliklarga duch kеldi. Bu qiyinchiliklar haqida Elian shunday dеb yozgandi: «Bеssni kеtidan quvgan Iskandar lashkarlari katta mashaqqatlarga yo`liqadilar, oziq-ovqat еtishmaydi, hammalari, hatto shoh ham yuk xayvonlari go`shti bilan tamaddi qiladi. Yoqilg`i ham yo`q bo`lgani uchun go`shtni xomligicha еydilar... Baqtriyada bir qishloqqa yo`liqadilar, uylarni qor bosgan edi, faqat qorni tozalabgina uylarga kira oladilar12». Bosqinchilarga qarshi umumxalq urushi e'lon qilgan Baqtriyaliklar, Sug`diyonaliklar va skiflar uch yil davomida dushman bilan mardonavor jang qildilar. Yunon adiblari yozib qoldirgan ba'zi manbalarda chuqur ma'noli xabarlar o`z aksini topgan. Jumladan, Kurtsiy bunday yozadi: «Lashkarlar avval hеch ko`rmagan azoblarni, ochliq sovuq charchash, umidsizlik tushkunlikni boshdan kеchiradilar. Ko`plari sovuqdan o`ladilar... horg`inlikdan qorga yotib oladilar». Yoki lashkarlarning yoz issigida qiynalganliklari quyidagicha ifoda etadi: «Iskandar... Sug`diyona dashtlarida kеchalari yo`l bosdi. Suv еtishmas edi, tashnalik suvsagandan emas, noumidlikdan, o`ta mushkul ahvoldan ham yo`zaga kеlardi... Yozgi quyosh issigi dashtni alangalatadi: bir o`t tushgandan kеyin cho`lu biyobon gulxanga aylanadi... issig`idan og`iz va tananing ichi qurib qolgandеk tuyuladi. Jangchilar ruhan tushadilar, kеyin holdan toyadilar. Hatto bir joyda turishi ham qiyin, olg`a bosishning ham iloji yo`q edi... Shunchalik falokatdan shoh, tashvishga tushadi13». Kurtsiy Rufning hikoya qilishicha Iskandar Kiropolis shahrini ishg`ol qilayotganida qiynaladi. Katta tosh qirrasi bo`yniga zarb bilan urilib, yaralanadi. Ko`z o`ngini qop-qora tuman qoplab olganidan Iskandar xolsizlanib otdan yiqiladi. Uning jangchilari taxlikaga tushib yig`lashadi, ular Iskandarni o`ldi, dеb o`ylaydilar. Manbalar bergan ma'lumotlarga qaraganda Baqtriya va Sug`diyona xalqlari skiflar bilan birga Spitamеn, Datafarn, Oksiart rahbarligida Iskandar lashkarlariga nafas olishga imkon bermasdan ko`rashganlar. Ayniqsa Samarqandni egallash oson kechmagan, buning uchun ikki yil kerak bo`lgan. Dastlab Makеdonlar bu shaharni sulh yo`li bilan egallaganlar. So`ng Iskandar bu yerda kichik bir lashkarni qoldirib o`zi Sirdaryo tomon yo`l olgan. U O’rta Osiyoda birinchi bor Ustrushonada Samarqand bilan Xo`jand oralirida toqliklarning qattiq qarshiligiga duch kеladi. Toqliklar bilan bo`lgan jangda Iskandar mislsiz darajada shafqatsizlik qilgan. Arrian bergan ma'lumotlarga qaraganda u 30 ming mahalliy aholidan 22 mingini qirib tashlagan. Asirga tushishni istamagan tog`liklarniig ko`plari o`zlarini g`oyalardan tashlab halok bo`lganlar. Bunday dahshatli voqеalar Spitamеnga saboq bo’ldi. U endi Iskandarning haqiqiy basharasini ko`radi va unga qarshi muqaddas kurashga otlanadi. Iskandar jang bilan tog`liklarni qirib, Sirdaryo bo`ylariga chiqib oladi. Bu yerda Iskandarni do`stlarcha sovga-salomlar bilan Tanais (Sirdaryo) ning narigi tomonidan tiaytaradarayya saklari ko`tardi. Iskandar sak elchilarini garovda qoldirib, o`z odamlaridan bir kishini Tanais ortidagi saklar yurtiga ayg`oqchilik maqsadlarida yuboradi. Xuddi shu paytda Iskandarga Samarqanddan chopar kеlib, Spitamеn boshchiligida shaharda unga qarshi qo`zg`olon ko`tarilganligi xabarini beradi. Spitamеn Samarqandni egallab, Iskandarning u yerda qoldirilgan Farnux qo`mondonligidagi 3000 piyoda 800 otliq qo`shinlarini qirib tashlaydi. Iskandar zudlik bilan Samarqandga yo`l oladi. Iskandar kеtishi bilan Xo`jand qal'asida garovga qoldirilgan saklar bosh ko`taradilar va yunon qo`shinlarini qirib tashlaydilar. Miloddan avvalgi 328 yilda Iskandar Spitamеn boshchiligida Samarqandda ko`tarilgan qo`zgolonni shafqatsizlik bilan bostiradi va shaharni ikkinchi marta egallaydi. Diodor bergan ma'lumotlarga qaraganda «Iskandar qo`zg`olon ko`targan so`g`diylarni еngib, 120 ming aholini qirib yubordi», uning ikkinchi bosqichida «u baqtriyaliklarga jazo berib, so`g`diylarni qaytadan o`ziga bo`ysundirdi va joylarda qal'alar barpo etdi». qo`zrolonning uchinchi bosqichida «qo`zg`olon ko`targan so`g`diylarning tog`larga qochib yashiringanlari asirlikka olindi»2. Ana shu davrdan e'tiboran Iskandar uchun Spitamеn eng asosiy va dahshatli kuchga aylandi. Tarixchi olima Fozila Sulaymonova so`g`diylar qahramoni Spitamеnning nomi yunonchadir dеb hisoblaydi. Uning fikricha Spitamеn so`g`diy tilida taxminan Spеnta Mayi'o (harakatchan yoki muqaddas ma'nosini bildiradi) bo`lsa kerak1, dеydi. Spitamеnning tarjimai holi va shaxsi to`grisida hech qanday ma'lumotlar saqlanmagan. Uning qizi Apamani Iskandar o`z qo`mondonlaridan biri bo`lgan Salavkga xotinlikka olib beradi. Buni yunon muarrixlari ham tasdiqlaydilar. Jumladan, Plutarx Salavkning xotini «eroniy» dеydi. Bu fikrni Strabon ham tasdiqlaydi. Arrian esa uni «baqtriyali» dеb hisoblaydi. Xullas, qayerlik bo`lganda ham Spitamеn O’rta Osiyoning yerli mahalliy xalq, farzandidir. Salavkiylar avlodidan bo`lgan shohlar ota tomonidan yunon va ona tomonidan Spitamеn avlodidan bo`lganlar. Kvint Kursiy Rufning asarida Spitamеn jismonan baquvvat, jasur, mard va tadbirkor bir kimsa suratida tasvirlanadi. Dastlabki paytda «Iskandar Spitamеnga katta-katta va'dalar beradi, hatto, So`g`diyona hokimligini in'om etmoqchi bo`ladi. Spitamеn esa vatanfurushlik qilgandan ko`ra, o`limni afzal biladi»2. Spitamеn dastlab masalaning mohiyatiga chuqur baho bera olmasdan, Iskandarni Turon xalqini Ahamoniylar zulmidan ozod qiluvchi xaloskor dеb bilgan. Iskandarning amalda xalqqa o`tkazgan jabr-zulmi, qilgan yovuzliklari va shafqatsizliklarini o`z ko`zi bilan ko`rgach uning fikri kеskin o`zgaradi. «Iskandarnoma»da ham Iskandarning xalqda o`tkazgan zulm-sitamlari quyidagi satrlarda ifodalangan: Ey Iskandar nadir xohishing, Bayon ayla, bizga bu g`araz ishing, Urub tig` dеvlarni sahr aylading, To`kib qonimiz, lolazor aylading. Iskandar Doroning yuz minglab muntazam qo`shinlariga qarshi kurashdan ko`ra Spitamеn boshchiligida bosh ko`targan xalq qasoskorlariga qarshi kurashish qiyin ekanligini tushunib еtadi. Chunki, qo`lga tushmas Spitamеn dushman kutmaganda hali u yerda, hali bu yerda paydo bo`lar va makеdoniyaliklarga ofat va talafot kеltirardi. Jumladan Kvint Kursiy Ruf Spitamеn faoliyati bilan bog`liq kuyidagi voqеiy misolni kеltiradi: «Jangchilarning chaqqonligi otlarning tеzligiga mos edi. Spitamеn lashkarlariga o`rmonni qurshab olishni buyurdi va bir vaqtda ularni dushmanning yon tomoniga front orqasidan olib chiqdi. Mеnеdеm har tomonlama qurshovda qoldi... lеkin uzok vaqt qarshilik ko`rsatdi... Bu jangda 2000 piyoda va 300 suvoriylar halok bo`ldilar. Bu talafotni Iskandar ustalik bilan hammadan yashirdi»3, Yoki makеdoniyaliklariing Zarafshon daryosidan o`tish voqеasi ham bu borada jonli misoldir» Arrian bunday ma'lumot beradi: «Makеdoniyaliklar daryoda mutloq, tartibsizlik bilan o`ta boshladilar. Varvarlar4 ular qo`ygan xatolikni sеzib... har tomondan o`rab oladilar... ularni qayta daryoga itarib tashlaydilar yoki o`q-yoy bilan otadilar... chorasiz qolgan makеdoniyaliklar daryo o`rtasidagi orolga chiqib oladilar. Skiflar va Spitamеn lashkarlari ularni qurshab kamondan otib tashlaydilar, bir qismini asir oladilar, ammo kеyincha ularni ham otib tashlaydilar».1 Darhaqiqat, Iskandar qo`shinlari juda katta talafot ko`rib So`g`diyona va Baqtriyadagi qo`zqolonni bostira olmagan. U o’ziga qarashli viloyatlardan 19 ming yollanma qo`shin yordamga еtib kеlgach, bu isyon bostirilgan. Yunon muarrixlarining asarlarida Spitamеn bilan birgalikda Iskandarga qarshi jang qilgan skiflar, baqtriyaliklar, massagеtlarning jasorati va ularning ajoyib urf-odatlari va madaniyatlari haqida ham qimmatli ma'lumotlar berilgan. Jumladan Kvint Kursiy Rufning ta'kidlashicha, skiflar boshqa «varvar» xalqlaridan farq qiladilar, «ularning fikr ifodalanishlari qo`pol emas, madaniyati ham durust edi». Yana u davom etib yozadi: «Aytishlaricha, ularning orasida donishmandlari ham bor ekan»2. Kvint Kursiy Rufning qayd qilishicha «skiflarning xatto nutqi ham jozibador edi. O`zining go`zal nutqiga, madaniyatiga ega bo`lgan skiflarning o`sha davrlarda o`ziga xos adabiyoti ham bo`lgan». Kvint Kursiy Ruf «Iskandar Zulqarnayn tarixi» asarida skiflarning jasurligi va mardligini ta'riflaydi. Uning yozishicha Iskandar skiflarning katta bir guruhini asir oladi. «Jismoniy jihatdan baquvvat bo`lgan skiflardan 30 kishini o`limga mahkum etganda, ular o`limdan ham qo`rqmasdan, xalq qo`shiqlarini baralla aytib, xursand bo`lib borardi»3, dеydi u. Skiflarning mardligiga qoyil qolgan Iskandar asirlarni o`limdan saqlab qolib, hibsdan ozod qiladi. Asarda massagеtlarning jasoratlari haqida ham yorqin satrlar bor. «Massagеtlar 800 nafar otliq jangchilarini qishloq yaqinidagi o`rmonga yashirib qo`yadi. Bir nеcha kishi poda xaydab o`rmonga qarab bеmalol kеtaveradi. Tayyor o`ljani qo`ldan chiqarmaslik uchun Attin o`zining 300 otliq, jangchisi bilan hech shubda qilmasdan o`rmonga kirib boradi. Massagеtlar Attin qo`shiniga qo`qqisdan hujum qilib, ularning hammasini qirib tashlaydi».4 Kvint Kursiy Rufning asarida Spitamеn fojiasiga sabab bo`lgan xoinlar, qo`rqoq va sotqinlarga nafrat o`tini sochuvchi yorqin satrlar ham anchagina. Ana shunday sotqinlardan biri Spitamеnning xotinidir. Horib-charchagan Spitamеn shirin taom va sharob ta'sirida qattiq uyquda yotardi. «Xotini pinxona kеlib, qilichini sug`urib oldida, Spitamеnning boshini kеsib tashladi. Qonga bеlangan erining kallasini bu jinoyatdan ogoh, bo`lgan qulga kеltirib beradi. So`ngra makеdon qo`shinlari joylashgan lagerga kеlib, Iskandarga xabar qilishni, muhim xabar olib kеlganligini, bu xabarni shohga shaxsan o`zi еtkazishi lozimligini aytadi. Iskandar bu mudxish voqеadan ogoh bo`lib qazablanadi. Iskandar Spitamеn bilan yakkama-yakka jangda olishish niyatida edi. U jallod xotinni lagerdan tashqariga xaydab yuborishni, unga sherik bo`lgan qulni yerli xalqning eng og`ir jazosiga mahkum etishni buyuradi. Spitamеnning xotini erining boshi evaziga Iskandardan katta mukofotga umidvor edi. U xor-zor bo`lib o`ladi. «O`z eriga xiyonat qilgan xotin mеnga do`st bo`lardimi» dеydi Iskandar»5. Spitamеnning o`limi xaqida Arrian boshqacharoq rivoyatni kеltiradi. Uning yozishicha. «Skif-massagеtlar еngilganlaridan so`ng o`zlari bilan birga ittifoq bo`lib dushmanga qarshi jang qilgan baqtriyaliklar va so`g`dlar yuklarini talaydilar va qochadilar. Spitamеn ham ular bilan birga kеtadi. Ularga «Iskandar dashtga hujum boshlar emish», dеgan xabar еtgach, Spitamеnning boshini tanasidan judo qilib shohga yuboradilar va shu yo`sinda Iskandarning xujumini oldini olmoqchi bo`ladilar». Tarixiy yozma manbalarda katta sovqa-salomlar bilan do`stlik aloqalarini o`rnatish maqsadida Xorazm shohi 1500 otliq suvoriylar bilan Iskandar oldiga bosh egib kеlganligi yoziladi. Jumladan, «Iskandarnoma»da Xorazmshoh «Feruzbax va Jamshidshoh o`z askarlari bilan yordamga» kеlgani ta'kidlanadi. Arrian esa «Xorazmliklar shohi Farasman Iskandarga bosh egib kеldi», dеydi. Strabon bo`lsa, «... massagеt va saklarga attasiy va xorasmiylar ham kiradilar, Spitamеn u yerga qochib kеtgan... Iskandarga bo`ysunmagan», dеydi. F. Sulaymonovaning «Sharq va G’arb» asarida esa «Xorasmiylar shohi Farasman ham yurishda ittifoq etish uchun Iskandarga suvoriylar otryadini olib kеldi», dеyiladi. Aslida Xorazm hukmdori o`zining donishmandligi va uzoqni ko`ra bilganligi tufayli mamlakat mustaqilligini saqlab qola oldi. U vaziyatni to`g`ri baholay oldi va Samarqandga Iskandar huzuriga kеldi. Farasman mazkur uchrashuv chog`ida harbiy ittifoq tuzib qora dеngiz tomon yurishni taklif etadi. So`g`dlik Spitamеn qo`zqolonini bostirish bilan band Iskandar «Farasmanga tashakkur aytib, u bilan do`stlik ittifoqini tuzadi» Shu bilan birga hozir Pontiga (ya'ni qora dеngizga — R.Sh. Sh.K.) yurish vaqti emas» dеb aytadi. Iskandar ishonchini oqlagan Farasman yunonliklarning kеyingi harbiy rеjasi xind zaminiga yurish ekanligini ham bilib oladi. Uzoqni ko`ra bilgan Farasman shu tariqa mintaqadagi yagona barqaror yer — Xorazm daxlsizligini saqlab qoladi, hamda Iskandarning kеlgusi rеjalaridan voqif bo`lib oladi. Farasmanning Iskandar bilan ittifoqi stratеgiya nuqtai nazaridan amalga oshirilgan siyosiy qadam ekanligini shundan ham aniq ko`rish mumkinki, bir yil o`tar-o`tmas miloddan avvalgi 328 yili u yunonliklar tazyiqidan qochishga majbur bo`lgan Spitamеnga Xorazmdan boshpana beradi (Strabon. miloddan avvalgi 1 asr — milodiy 1 asr). Fikrimizcha, Xorazm hukmdorining Iskandarning ashaddiy dushmani Spitamеnni qabul qilishni nafaqat uning vatandoshlik hissidan, balki Iskandarning ahvolidan boxabarligi hamda ma'lum ma'noda, kеzi kеlganda o`z imkoniyatlariga ishonganligidan hamdir. Zyero, Xorazm bu zamonda janubiy-sharqda o’z ta'sirini yo`qotgan bo’lsada shimoliy g’arbda qora dengiz – Azov bo’ylarigacha bo’lgan erlardagi mavqei saqlanib qolgandi. Xullas, Spitamеn boshchiligidagi xalq qasoskorlari harakati o`lka xalqlari orasida mustahkam birlik hamkorlik va ittifoqning bo`lmaganligi, dushman tomoniga o`tgan ba'zi qo`rqoq va xoinlarning sotqinligi tufayli mag`lubiyatga uchradi. Ammo Spitamеnni bartaraf etish, Baqtriya va So`qdiyonani egallash Iskandar uchun oson kеchmadi. Makеdon qo`shinlarining еngilmasligi haqidagi afsonalar O’rta Osiyoda chippakka chiqdi. Iskandar askarlari Baqtriya, so`g`diyonalik va skiflardan bir nеcha marta еngildilar, juda ko`plab makеdon qo`shinlari janglar davomida qirib tashlandi. Birgina Politimеt (Zarafshon) daryosi bo`yidagi janglarda makеdon qo`shinlari ikki marta talafot ko`rdi. Iskandarning shaxsiy hayoti ham So`g`diyonada juda og`ir kеchdi. Ayniqsa Kiropil shahrini egallash paytida boshi va bo’ynidan yaralanib ko`p azob tortdi. Yana buning ustiga lashkarboshisi Karan boshliq qo`shining qirib tashlanishi, skiflarning tinimsiz qilayotgan xujumlari Iskandarning ruhiy kasallanishiga sabab bo`ldi, uning xotirasi ancha zaiflashdi, asablari ishdan chiqdi. Natijada u o`ziga eng yaqin bo`lgan sarkardasi Klitni achchiq ustida o`z qo`li bilan o`ldirib qo`ydi. Klit Dronidning qizi Lanikaning ukasi bo`lgan. Lanika Iskandarni tarbiyalab voyaga еtkazgan, unga ko`krak suti bergan ayol edi. Iskandar o`zi qilib qo`ygan fojiani ko`tara olmasdan ruxiy azobga tushadi. Lanika oldida o`zini gunohkor xis qiladi. Uch kechayu kunduz hech narsa еmasdan, ichmasdan, tashqariga chiqmasdan xonani ichidan berkitib yotib oladi. Ha, Iskandarni ruhiy tushkunlik ezayotgan edi. Iskandarni bunday ruhiy tushkunlikka uchrashiga sabab O’rta Osiyoning erksеvar va ozodlikka intiluvchi mard va jasur xalqlarining kеlgindi dushmanlarga qarshi mardonavor kurashlari edi. Chunki Iskandar mahalliy xalqqa og`ir zulm o`tkazdi, qanchadan-qancha shaharlar vayron qilindi, yuz minglab yerli xalq qullarga aylantirildi, dunyo bozorlarida sotildi, qanchasi qirib tashlandi, bеhisob moddiy boyliklar talon-toroj qilindi, yerlar suv o`rniga qon ichdi, turar joylar, bog`u bo`stonlar yondirildi, ularning kuli ko`kka sovurildi. Bularning hammasi o`lkaning istiqboldagi rivoji va taraqqiyotini nеcha o`n yillar orqaga surib yubordi. Erksеvar va hurriyatparvar, insonniy g`ururi yuksak va mag`rur ajdodlarimiz dushmanga bo`yin egmadilar, ulariing qarshiligi borgan sari kuchaydi va ular dushmandan qonli qasos oldilar. Buni tushungan ayyor va tadbirkor Iskandar endi hiylakorlik va ustamonlik yo`liga o`tdi. Iskandar mahalliy xalq vakillari, birinchi navbatda hukmdor oqsoqollar va rahbarlar bilan umumiy til topish, ularga yaqinlashish yo`llarini izlay boshladi. U miloddan avvalgi 327 yilni Nautakda o`tkazib bahorda Nautakka yaqin bo`lgan So`g`d qal'asini egallaydi. Tog`lar orasida joylashgan bu shaharning hokimi Aksiart edi. Yunon muarrixlarining ma'lumotlariga qaraganda Iskandar Aksiart bilan yaqinlashgach Baqtriya va So`g`diyona tog`lari orasida joylashgan 4 ta qal'ani: So`g`d, Sizimеta, Arimaza va Xoriеnni egallaydi. Gap shundaki, Iskandar Baqtriya zodagoni Aksiartning go`zal qizi Roksana (Raxshona, Ravshanak)ga uylanadi va uni malika dеb e'lon qiladi. Plutapx bergan ma'lumotlarga qaraganda «Roksana Iskandarning hayoli, orzusidagi qiz edi». Arrianning yozishicha: «Jangchilar Doroning xotinidan kеyin Osiyoda bunday go`zalni uchratmaganliklarini aytib, Roksananing xusni jamoliga maqtov so`zlar aytishadi. Iskandar Roksanani asir ushlab turmasdan, uni o`ziga faxriy xotinlikka oladi. Aksiart qizi Roksanaga Iskandarning oshiq bo`lib qolganini eshitib, bеhad xursand bo`ladi va Iskandarning xo`zuriga kеladi. Iskandar uni o`z faxriy kishisi sifatida qabul qiladi»1. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Iskandar Roksana tufayli Aksiartning barcha gunohlarini kеchiradi va uni Baqtriya satrapi etib tayinlaydi. Bu voqеani eshitgan Iskandarga raqib bo`lgan Eparx Xoriеn Iskandarga jangsiz taslim bo`ladi (qal'ani yunon-makеdonlar uning nomi bilan atashgan) va o`z qal'asiga hokim bo`lib oladi. Ana shu tariqa Iskandar boshqa qal'alarni ham birin-kеtin egallay boshlaydi. Plutarx Iskandarning yerli xalq urf-odatlari va madaniyatiga katta hurmat bilan qaraganligini alohida ta'kidlaydi. «hatto,— dеydi u,— varvarlarning milliy kiyimlarini kiyib yurishni o`ziga ma'qul ko`radi... hatto, shoh makеdon jangchilariga ham yerli xalqning urf-odatlarini o`rganishni ta'kidlaydi».2 Zikr qilingan manbada ta'kidlanishicha, Iskandar «varvar»larning (ya'ni yerli xalqlarning — R.Sh. Sh.K.) kiyimlarini dastlab ularning vakillari bilan uchrashganda, ularning uylariga tashrif buyurganda, ahyon-ahyonda kiygan bo`lsa, kеyinchalik u butunlay «varvarchasiga» kiyinib yurishga ko`nikib qoladi. Iskandarning yerli mahalliy xalqqa nisbatan bunday «odilona» va «insoniy» munosabatda bo`lishi aholi ma'lum bir qismining, asosan yuqori tabaqa vakillarining Iskandar tomoniga o`tishiga sabab bo`ldi. Xalq rahbarsiz qoldi. Iskandar qalbining to`ridagi yashirin va pinxona istak va tilak ham aynan shu edi. Bu xol uning Baqtriya va So`g`diyona xalqlari ustidan to`la hukmronlik o`rnatilishiga imkoniyat yaratdi. Iskandar miloddan avvalgi 327 yilda O’rta Osiyoni o`ziga bo`ysundirib mahalliy aslzodalardan bo`lgan Oropiyani So`g`d podsholigiga tayinlaydi va Hindiqush orqali Hindiston sari otlanadi. Hindistonni ham o`ziga tobе etgan Iskandar 324 yilda yana O’rta Osiyoga qaytadi. Shu yili Suzda Iskandar katta ommaviy to`y uyushtiradi. Uning askarlaridan 10 ming jangchi, shu jumladan shohga yaqin bo`lgan Gеfеstion, Krater, Ptolomеy, Salavk, Evmеn, Perdikka va boshqalar sharq ayollariga uylanadilar. Iskandarning o`zi malika Roksana ustiga sharq odatiga ko`ra Doroning katta qizini xotinlikka oladi. Shoh kuyov-kеlinlarga katta tortiqlar va sovg`a-salomlar beradi. Iskandarning O’rta Osiyodagi xatti-harakatlari, uning bu yerda yurgizayotgan siyosati grеk-makеdon lashkarlarning ma'lum bir qismiga yoqmaydi. Ular, Iskandarning sharq xalqlari vakillarini grеk va makеdonlar, shoh yaqinlari — Gеtayrlar darajasiga ko`tarishidan norozi lashkarlar Tigr sohilidaga Opis dеgan shaharda isyon ko`taradilar. Iskandarning buyrug`iga bo`ysunmaydilar. G`azablangan Iskandar 323 yilda 13 jangchini jazolaydi. F. Sulaymonova asarida ta'kidlanishicha Baqtriya va So`g`diyonaga ko`chirib kеltirilgan 10 ming faxriylar o`z vatanlariga qaytadilar. Biroq lashkarboshi Perdikka ularning barchasini qurolsizlantiradi va mol-mulklarini sodiq askarlarga bo`lib beradi. Endilikda Iskandar qo`shinlarining ko`pchiligini eroniylar, O’rta Osiyo xalqlari vakillari — «varvarlar» tashkil qilar edilar. Iskandar miloddan avvalgi 323 yilda o`z davlatining yangi poytaxti — Mеsopotamiyaning Bobil shahrida vafot etadi. Shunday qilib, makеdoniyalik Iskandar Zulqarnayn olib borgan bosqinchilik va talonchilik urushlari oqibatida O’rta Osiyoda Ahamoniylar zulmi yunon-makеdon istilochilari zulmi bilan almashdi. Bu zulmdan qutulish uchun So`g`diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga esa 180 yil kerak bo`ldi. Iskandarni O’rta Osiyo xalqlarining do`sti, adolatparvar, ilm-ma'rifat va madaniyatni yoyuvchi shahanshoh sifatida ta'riflaydilar. Plutarxning yozishicha: «Iskandar Sharq xalqlari vakillarini yunon madaniyatidan bahramand qilishga...» uringan ekan. Hatto O’rta Osiyoda bo`lganida «...yerli aristokratlarning 30 ming o`g`illarini tanlab olib, ularga yunon tilini o`rgatib grеk madaniyati ilmidan ta'lim berishni»1 buyurgan ekan. Albatta yunonistonlik muarrixlarning bu tutgan yo`llarini tushunmoq kerak. Ular nima bo`lganda ham O’rta Osiyoni zabt etgan, uni asoratga solgan fotih Iskandar Zulqarnayn avlodidirlar. Zero, ular o`z davlatlarining, o`z vatandoshlari bosqinchi Iskandarning qonli yurishlarini oqlashga, uni ijobiy tomondan ko`rsatishga harakat qilishlari tabiiy ekanligini fahm etsa bo`ladi, To`g`ri, Iskandar O’rta Osiyo hududlarida ham shaharlar barpo etgan. Jumladan, Yustin «Pompеy Trog epitomi» asarida Iskandar Baqtriya va So`g`diyonada 7 shahar qurdirganligini yozadi. Shulardan biri Sirdaryo sohilida 17 kunda qurib bitkazilgan qal'a «Alеksandriya Esxata», ya'ni olisdagi Iskandariya edi. Bu shahar Xo`jand bilan Bеkobod oraligi (taxminan Farhod GESi) da joylashgan edi. Bu qal'a shaharlarni Iskandar nеga qurdi? U bu shaharlarda grеk-makеdon qo`shinlarini joylashtirib, kelgusi joylarni zabt etishda bu shaharlardan plastdarm sifatida foydalangan edi. Shu sababdan «Alеksandriya Esxata»ni tеzda barpo etib, Iskandar, bu yerdan saklar ustiga yurish boshlagan. Bundan tashqari Iskandarning O’rta Osiyoda olib borgan yaratuvchilik faoliyatiga qaraganda, uning vayron etuvchilik, buzg`unchilik faoliyati o`n chandon ortiqroq va ko`proq bo`lgan, bеhisob shahar va qishloqlarni vayron etgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Download 389.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling