Reja: Urug’lik chigitga qo’yilgan talablar
Download 54.66 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Qo’shimcha adabiyotlar
CHIGIT EKISH REJA: Urug’lik chigitga qo’yilgan talablar va uni ekishga tayyorlash Ekish (muddati, usullari, me’yorlari, chuqurligi) To’liq nihol olish tadbirlari Yaganalash, tup son qoldirish va uning o’simlik hosildorligiga ta’siri AdabiyotlarE.T.Shayxov va boshqalar. Paxtachilik. Darslik, Toshkent, «Mehnat», 1990. M.Muxammadjonov A.Zokirov. G’o’za agrotexnikasi, Toshkent, 1995. A.I.Shleyxer Paxtachilik, Toshkent, 1958. A.Shleyxer va boshqalar Paxtachilikdan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar, Toshkent, «Mehnat», 1980. R.Oripov, A.Sanaqulov, I.Islomov. Paxtachilikdan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, Tamannum, 2010. Paxtachilik spravochnigi, Toshkent, «Mehnat», 1990. Qo’shimcha adabiyotlarI.A.Karimov – qishloq xo’jaligi taraqqiyoti – to’kin hayot manbai. Toshkent, 1997 O’zbekiston qishloq xo’jaligi jurnali va uning «Ilm» ilovasi. Kollektiv avtorov. Intensivnaya texnologiya vozdelivaniya xlopchatnika. Tashkent, 1990. R.Oripov Paxtachilik ma’ruzalar kursi, Samarqand, 2005, R.Oripov, S.Ostonov Paxtachilik (o’quv qo’llanma), Samarqand, 2005. Internet saytlari: Kalit so’zlar: urug’lik chigit, chigitga talablar, chirish, tukli, tuksiz, dorilash, ekish muddati, usullari, gommoz, ildiz, reproduksiya, elita, chuqurligi, me’yori, plyonka ostiga ekish, ko’chat usulida ekish, pushtaga ekish, yaganalash, tup qalinligi, xatosiga ekish. Chigitga qo’yilgan talablar va ekishga tayyorlash. Dehqonchilik urug’chilikdan boshlanadi degan naql bejiz aytilmagan. Chunki saralangan, kondisiyaga yetkazilgan urug’dangina sog’lom, baquvvat maysalar unib chiqadi, ular tabiatning dastlabki qiyinchiliklariga bardoshli bo’ladi. Ma’lum tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, navning ijobiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida 5 yillik sxema asosida urug’chilik tashkil etilgan bo’lib, super elita, elita va birinchi reproduksiyali chigitni elita xo’jaliklari yetishtirsalar, ikkinchi, uchinchi reproduksiyali urug’lik chigitlarni yuqori hosildorlikka ega bo’lgan maxsus xo’jaliklarda yetishtirib beriladi. Urug’chilik xo’jaliklarga alohida e’tibor berilishi, g’o’za parvarishi yuqori agrotexnik sharoitda olib borilishi, azot, fosfor va kaliyning o’zaro nisbati 1:1:0,5: 0,7 dan kam bo’lmasligi ta’minlangandagina sifatli urug’lik yetishtirishga erishiladi. Urug’lik maydonlarida g’o’zaning vilt bilan kasallanish darajasi 5-15 %, gommoz bilan kasallanishi esa 5-10 % oshmagandagina urug’lik tayyorlashga yaroqli bo’lib hisoblnadi. Buning uchun aprobasiyani sifatli, tasdiqlangan uslub asosida o’tkazish talab etiladi. Urug’lik paxta g’o’zaning birinchi va ikkinchi yaruslaridan yig’ishtirib olinib, maxsus g’aramlarda saqlanib, zavodlarda chigiti ajratilgach, talab bo’yicha xo’jaliklarga yuboriladi. Urug’lik chigitlar zavodlarda tuksizlantirilishi, drajlanishi yoki kapsula bilan qoplanishi mumkin. Bundan tashqari, zavodda chigitni katta-kichikligiga qarab saralash, kasallik va zararkunandalarga qarshi dorilash kabi tadbirlar o’tkaziladi. Xullas, ekiladigan chigitlar O’zRST standarti bo’yicha quyidagi talablarga javob bergandagina ekishga ruxsat etilishi kerak: Download 54.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling