Reja: Urug’lik chigitga qo’yilgan talablar
Download 54.66 Kb.
|
chigitning unuvchanligi 85-100 % ga teng bo’lishi kerak;
nav tozaligi- elitada -100 %, 1-reproduksiyada-99 %, 2- reproduksiya-98 %, 3-reproduksiya-96 % belgilangan; chigitning shikastlanishi- qo’l terimi 5 % dan, mashina terimi chigitida 7 % dan ko’p bo’lmasligi; chigit tuki qoldig’i – tukli chigitlarda 0,8 % dan, tabiiy tuksiz chigitlarda esa 0,4 % dan oshmasligi kerak; chigit namligi- qo’l terimida 9 %, mashina terimida 10 % dan ziyod bo’lmasligi muhimdir. Xo’jaliklar zavodlardan chigitni tashib keltirilganlarida yuqoridagi ko’rsatkichlari keltirilgan yorliqqa e’tibor berishlari va urug’lik chigitni quruq, havosi almashlab turadigan, dezinfeksiya qilingan binolarda saqlashlari lozim. Umuman, sifatli urug’ yetishtirish murakkab jarayon bo’lib, buning uchun ma’sul tashkilot rahbar va mutaxassislari urug’lik maydonlarda olib boriladigan agrotexnik tadbirlardan tortib, to zavodlarda urug’lik chigitni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Chigitni ekishga tayyorlashga alohida e’tibor bermoq kerak. Chunki sog’lom, bir tekis ko’chatga erishish uni ekishga tayyorlash jarayoni bilan bog’liqdir. Avvalo, yuqorida ko’rsatilganidek ekiladigan chigitlar standart darajasiga ega bo’lishlari shart. G’o’zada gommoz va ildiz chirish kasalliklari uchraydi. Bu kasalliklarni oldini olish chigitni ekishga tayyorlash bilan bog’liqdir. Urug’lik chigit shu kasalliklarga qarshi paxta zavodlarida markazlashtirilgan xolda kimyoviy moddalar bronotak (1 t chigitga 6 kg). «P-4», PAV – 61, panaktin (1t chigitga 4-6 kg), himoya, g’o’zafen, darmon bilan dorilanadi. Ayrim xo’jaliklarda termik usul- qaynoq suvdan ham foydalanilmoqda. Chigitni ekish oldidan 5-7 kun quyosh nurida qizdirishning ham samarasi borligi aniqlangan. Xo’jaliklarda tukli va tuksizlantirilgan chigitlar ekiladi. Tukli chigitlar ekish oldidan maxsus maydonchalarda dorilangandan keyin namlanadi. Namlash quyidagicha o’tkaziladi: dastavval har bir tonna chigitga 200 litr suv purkalab 4 soat dimlab qo’yilib, ikkinchi muddatda yana shuncha miqdorda suv sepilib, 6-8 soat dimlab qo’yiladi. Uchinchi marta qolgan 200 l suv sepilib 8-12 soatgacha dimlanadi. Dimlashda brezent yoki sintetik plyonkalardan foydalaniladi. Jami 600 litrdan kam bo’lmagan miqdorda suv sarflanadi. Namlash muddati ekish boshlangan kunlarda 12 soatgacha, keyigi kunlarda 18 soatgacha davom etadi, bu harorat bilan bog’liqdir. Tuksizlantirilgan chigitlar namlanmasdan quruqligicha ekilaveradi. Chigitni tekis, barvaqt undirib olish, nihollarning o’sish va rivojlanishini tezlashtish maqsadida har xil biostimulyatorlardan foydalanish mumkin, jumladan, mival, shunaqa preparatlardan bo’lib, 1 tonna tukli chigit uchun 120 g, tuksizlantirilgan chigitlar uchun 10- 15 g sarflanadi; xuddi shunday preparatlarga A-1, migugen, qaxrabo kislotasi, Oksigumat – 0,75 l/t, Rostbisol – 150-300 l/t, Rosling – 10- 30 l/t 10-12 mg/l, Vitovaks – 200 ff preparati – 5 l/t kiritish mumkin. Download 54.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling