Reja: Valent bog’lanishlar nazariyasi
Download 44 Kb.
|
Valent bog
- Bu sahifa navigatsiya:
- MOLEKULYAR ORBITALLAR USULI
Valent bog’lar va molecular orbitallar orasidagi asosiy farqlar Reja: Valent bog’lanishlar nazariyasi Molekulyar orbitallar nazariyasi Valent bog’lar va molecular orbitallar nazariyasi orasidagi farqlar Valent bog‘lanishlar nazariyasiga muvofiq, koordinatsion birikmalarda markaziy ion bilan ligandlar orasida donor-akseptor bog‘lanish hosil bo‘ladi: markaziy ion akseptor, ligandlar donor vazifasini bajaradi, bu nazariyada markaziy ion orbitallarining gibridlanishi ham nazarda tutiladi. Nazarda tutiladigina emas, xatto muhim ahamiyatga ham ega. Gibridlanish konsepsiyasi koordinatsion birikmalar uchun L. Poling tomonidan rivojlantirildi. Bu konsepsiya, koordinatsion birikmalarning struktur formulalarini valent bog‘lanishlar usuli asosida izohlashga imkon beradi Misol tariqasida koordinatsion ion [Ag(NH3),]+ ni valent bog‘lanishlar nuqtai nazaridan qarab chiqaylik. Kumush ioni Ag+ ning faqat tashqi valent qavatni tasvirlasak. Misol tariqasida koordinatsion ion [Ag(NH3),]+ ni valent bog‘lanishlar nuqtai nazaridan qarab chiqaylik. Kumush ioni Ag+ ning faqat tashqi valent qavatni tasvirlasak: Ag+Kumush ionining 5s- va bitga 5r- orbitallaridan ikkita gibridlangan sp orbital hosil bo‘ladi. ning bu ikkita gibrid orbitaliga ikkita ammiak molekulasi yaqin kelib, bu gibrid orbitallarni NH3 molekulalari o‘zining taqsimlanmagan elektron juftlari ishg‘ol etgan orbitallari bilan qoplaydi: Natijada ammiakning taqsimlanmagan elektron jufti kumush bilan azot atomi orasida umumlashadi, bu holat elektron jufti uchun energetik jihatdan afzalrok, bo‘ladi, bunday koordinatsion bog‘lanish oddiy kovalent bog‘- dan farq qilmaydi. Natijada ammiakning taqsimlanmagan elektron jufti kumush bilan azot atomi orasida umumlashadi, bu holat elektron jufti uchun energetik jihatdan afzalrok, bo‘ladi, bunday koordinatsion bog‘lanish oddiy kovalent bog‘dan farq qilmaydi. MOLEKULYAR ORBITALLAR USULIValent bog’lanishlar usuli, elektron orbitallarning gibridlanish usuli bilan uyg’unlashgan holda turli tuman moddalarning tuzilishi, molekuladagi valent bog’larning yo’nalishi, molekulalarning geometriyasini juda ko’p moddalar uchun to’g’ri tushuntiradi. Ba’zi moddalarda elektron juftlar yordamisiz boglanish yuzaga kelib chiqadi. Masalan, XIX asrning oxirida Tomson molekulyar vodorod ionini vodorod (H2+)molekulasini elektronlar bilan bombardimon qilib oldi. Bunga asoslanib 2 yadro bir-biri bilan birgina elektron yordamida boglana oladi degan xulosa kelib chiqadi. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling