Reja veb-dizayn texnologiyasi


O'z veb-saytingizni loyihalash va rivojlantirish uchun mavjud bo'lgan HTML, CSS va JavaScript kabi vositalar va texnikalar qatorini baholang


Download 482.37 Kb.
bet10/17
Sana19.12.2022
Hajmi482.37 Kb.
#1033177
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
KURS ISHI 2

O'z veb-saytingizni loyihalash va rivojlantirish uchun mavjud bo'lgan HTML, CSS va JavaScript kabi vositalar va texnikalar qatorini baholang.

Web-dasturchi — boshlovchi dasturchilar uchun eng oson va shu bois eng ommalashgan yo‘nalish hisoblanadi. Ishlash uchun istalgan matn muharriri va brauzer yetarli bo‘ladi, chuqurlashgan darajada algaritmni o‘rganish shart emas. Dasturni yozishning har bir bosqichi natijasi ko‘rinib turadi. Umuman olganda, ustunligi anchagina. Veb-dasturchi bo‘lishning muhim jihati, bu JavaScript’ ni o‘zlashtirish hisoblanadi.
Hozirda JavaScript juda jadal rivojlanayapti, shu bois tilini o‘rganishda adashib ketish hech gap emas. E’tiboringizga qulay tuzilmadagi o‘quv rejasini taklif etamiz, unda JavaScript va shunga o‘xshash texnologiyaning eng zarur jihatlari qamrab olingan.
Nima uchun JavaScript?
Tilining ochiqligi e’tiborga loyiq. Odatda bir-biri bilan raqobatlashayotgan kompaniyalar ham JavaScript’ni rivojlantirish uchun hamkorlik qiladi. Tili juda moslashuvchan va ob’yektli-mo‘ljalli tarafdorlari uchun ham, funksional yondoshuvchilar uchun ham to‘g‘ri kelaveradi. Katta miqdordagi kutubxona va freymvorklari turli darajadagi vazifalarni hal eta oladi, Node.js server platformasi esa tilni nafaqat brauzerda, balki konsolda ham ishlatish imkonini beradi. Siz hatto stol ustida yoki mobil ilovalarini ham yozishingiz mumkin: birinchisini Electron freymvork yordamida, ikkinchisiniesa, NativeScript yoki React Native yordamida.
Dastavval JavaScript, veb-dasturchilar va dasturlashning asosiy tushunchasini o‘rganish lozim:

  • ob’yektli-mo‘ljalli JS — konstruktorlar va fabrikalar, meros;

  • funksional JS — oliy tartibdagi funksiya, tutashish, rekursiya;

  • Jasmine testining o‘ziga xos tomonlari;

  • HTML, CSS vajQuery asoslari.

Git — dvsturchilarga kerakli asbob. Siz o‘zlashtiringiz zarur bo‘lgan asosiy bilimlar:

  • Katalogda fayllarni yaratish va almashtirish;

  • Git’da initsializatsiyalash va kommitlar;

  • GitHub’da repozitorlarni sozlash.

Bekend
Node.js
10 yilcha avval JavaScript’ni faqat frontend-ishlanmalar uchun foydalansa bo‘lardi. Endi Node.js tufayli bitta «front» bilan ish cheklanmaydi. Node — bu server tomonga JS-kodni bajarish uchun muhit hisoblanadi, shu bois, sizga yangi sintaksisni o‘rganish shart emas, ammo fayllarni import va eksport qilish, kodni modulga urish va npm menejer paketidan foydalanish kerak bo‘ladi
Serverlar, HTTP, Express.js
Node ni o‘rganganingizdan keyin bekend-ishlanma bilan tanishishni davom ettirishingiz mumkin hamda serverni qo‘rib chiqib, marshrutlashni amalga oshirishingiz lozim. HTTPga urg‘u bergan holda portlar va protokollar bilan boshlash mumkin, so‘ngra esa, savollarni qayta ishlash uchun Express — Node-biblioteka bilan shug‘ullansangiz bo‘ladi.
Asinxron JavaScript
Asinxronlik JavaScript’ning ajralib turadigan fichlaridan biri sanaladi, garchi, dasturchilar o‘rtasida qandaydir bo‘linishni keltirib chiqarsa-da, ayrimlar uni yaxshi ko‘radi, boshqalari esa yomon. Sizga ushbu texnologiyaning yaxshi va yomon tomonlarini tushinib olishingiz kerak bo‘ladi. Chaqiruv steki, voqealar sikli va kollbeklardan boshlang va keyin promislarni o‘rganishga o‘ting.
Ma’lumotlar bazasi, sxemalar, modellar va ORM
Ma’lumotlar bazasi — veb-dasturlashning eng muhim elementlaridan biri sanaladi. Agar sizning ilovangizga sahifalarni yangilash chog‘ida yo‘qolmagan qandaydir ma’lumotni yuklash yoki saqlash kerak bo‘lsa, u holda BD’dan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarning relyasion va nerelyasion bazasini farqlashni va aloqaning turlarini tushunib olishingiz kerak. Shundan keyin SQL’ni o‘rganishingiz va ma’lumotlar bazasini boshqarishning turli tizimlari bilan tanishib chiqishingiz kerak bo‘ladi. ORM bilan ishlay olish ham ortiqchalik qilmaydi.
HTML, CSS va JavaScript - Umumiy ko'rinish
HTML
Gipermatnni haqida tili
Sahifaning joy
JavaScript
foydali bilan interaktivlik
Veb-sahifadagi dinamik yangilanishlar
css
Kaskadli uslublar jadvallari
Taqdimot / uslub

  • HTML (veb) sahifasi / Hujjat

    • Veb uchun foydalanuvchi interfeysi ( sayt yoki ariza)

    • Oddiy matn fayli - inson o'qilishi mumkin

    • HTTP orqali tashiladi - H yper T ext T transfer P rotokoli

  • Sahifa turlari

    • Statik - qattiq sahifali tayyor sahifalar mazmuni

      • Fayl kengaytmasi: .html , .htm

    • Dinamik - turli xil sahifalar bilan tezda yaratilgan mazmuni

      • Internetda yaratilgan _ _ Server

      • JavaScript, PHP, JSP bilan kesishgan , ASP

      • Fayl kengaytmalari: .js, .php , .jsp , .asp , .aspx





    1. Download 482.37 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling