Reja: Windows operatsion tizimi Windows ish stoli Windows operatsion tizimi


Download 108.24 Kb.
bet9/9
Sana18.12.2022
Hajmi108.24 Kb.
#1031076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqil ish

Windows ish stoli
Ish stoli ko’rinishi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi ko’p ishlatadigan dasturlarni joylashtirish uchun qo’llaniladi.Ish stolida kichraytirilgan (belgichalar) va me’yoridagi oynalar joylashtiriladi. Ular foydalanuvchining qiziqtirgan turli xil papkalar, dasturlar, xujjatlar, tarmog’li qurilmalarga tezda murojaat qilishni ta’minlaydi, Ekran pastida esa oldindan kelishuv bo’yicha ishga tushirish tugmasini va ochilgan obyektlar belgichasini (shu jumladan, ochilgan, lekin xozirda ishlatilmayotganlarni) o’z ichiga olgan masalalar paneli satri joylashadi.
"Pusk" (ishga tushirish) tugmasi ekranga bosh menyuni chiqarish uchun ishlatiladi. U turli amallarni bajarish imkonini beradi: dasturni ishga tushirish, xujjatni ochish, ma’lumotnomani ochish, kerakli obyekt qidirishni amalga oshirish, kompyuterni sozlash uchun boshqarish panelini chaqirish va boshqalar.
Bosh menyuning ba’zi bandlari o’ngidagi strelkalar menyuning bu punktlari uchun qo’shimcha qism menyulari borligini bildiradi. Bosh menyuni foydalanuvchini istagi bo’yicha mos sozlash yo’li bilan o’zgartirish mumkin. Windowsda ishlashni aynan shu menyuni chaqirish bilan boshlash mumkin, bu to’g’rida yo’l ko’rsatuvchi "Ishni shu tugmani bosish bilan boshlang (Slick here to begin)" yozuvi ko’rinadigan strelka ham eslatib turadi.
Windows ish stolining elementlar to’plami kompyuter sozlovchilariga bogliq. Windowsda ko’plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo’lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo’yiladi. Ularni ko’pincha ikonkalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning moxiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. Xujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o’sha xujjat tuzilgan dasturning belgisi ko’rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo’lishi mumkin:
• papkalar (tizim va foydalanuvchining papkalari);
• xujjat va dastur fayllari; va
• qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Biroq, odatda ekranda ko’p dollarda tizim papkalari va ko’p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo’ladi. Tizim papkalari (System Folder) - Windows OT tomonidan tashkil etilgan papkalardir.
"Moy kompyuter":
Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning agssi bo’lib, uning yordamida kompyuter manbalariga, ya’ni, qattiq va yumshoq disklar, SD-ROM va shu kabilarga ulanish hamda kirishintaz mumkin. +uyidagi oynada "Moy kompyuter"da mavjud dasturlar keltirilgan. Unda yumshoq disk [disk (A)], qattiq disk [Disk(S)], SD ROM [D:], Boshqaruv paneli (Panel upravleniya), Printerlar (Printern), Uzoqlashgan tarmoqqa kirish (Udalennsh dostup k seti) timsollari joylashgan bo’ladi. Windowsning barcha darchalarining yuqori o’ng burchagida quyidagi uch tugma joylashgan bo’ladi:
1 Oynani masalalar paneliga berkitib quyish.
2 Oynani ekranga to’la ochish, yoki standart o’lchamga qaytish.
3 Oynani yopish vazifasini bajaradi.
"Setevoye okrujeniye":
Bu dastur maxalliy tarmoq kompyuterlari ro’yxatini ko’rib chiqish va ulardagi manbalarga kirish uchun ishlatiladi.
“Internet Explorer”:
Internetdagi Web saxifalarini ko’rib chiqish dasturi. Windowsning oxirgi namunalariga kiritilgan.
"Korzina" (Savat):
Olib tashlangan (o’chirilgan) fayllarni vaqtincha saqlovchi joy bo’lib, u o’sha fayllarni kerak bo’lganda qayta tiklash imkoniyatiga ega. Bu savatga Windows vositalari bilan olib tashlangan fayllar joylashtiriladi. Faylni yo’qotish uchun sichqoncha yordamida uni savat belgisiga ko’chirib qo’iish mumkin. Savatni doimiy ravishda tozalab turish, ya’ni kerakli fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar xam xotiradan joy egallaydi.
“Portfel”:
Bu dastur ikki kompyuter bilan ish olib borilayotganda (misol uchun uyingizdagi bilan ishxonanngizdagi kompyuter) fayllarni so’ngi namunalarga almashtirishni ta’minlaydi.
Ish stolining oxirgi satri Panel zadach (Masalalar paneli) deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi. Birorta dastur ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo’ladi. Tugmaning nomi ikki qismdan iborat bo’ladi: dastur nomi va shu dastur yordamida taxrirlanayotgan xujjat nomi. Nom oldida dasturning piktogrammasi aks ettiriladi.
Masalalar panelining chap burchagida Pusk tugmasi yasoylashgan. Bu tugma Windows OTning bosh menyusiga kirishni ta’minlaydi. Agar sichqoncha ko’rsattachini shu tugma ustiga joylashtirsak, "Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki" (Ishni shu tugmani bosishdan boshlang) degan yozuv suzib chiqadi.
Bundan tass$ari Masalalar panelida rus, ingliz yoki boshqa alifboni, xamda vaqtni ko’rsatuvchi tugmalar mavjud
Masalalar panelini quyidaga usullar bilan faollashtirish mumkin:
1 masalalar panelining ixtiyoriy bo’sh joyida sichoncha tugmasini
bitta chertish;
2 Ctrl+Esc tugmalar kombinasiyasini, ya’ni avval Ctrl va undan so’ng Yess tugmasini bosish; va
3 ish stoli faol bo’lgan xolda Tab tugmasini bosish.
Umuman olganda bu uchta usul bir-biriga ekvivalent emas. Birinchi usul faqat masalalar paneli fonini faollashtirsa, oxirgi ikkita usul Pusk (Start:) tugmasini faollashtiradi. Masalalar panelining foni faollashgan va^tda quyidagi amallarni bajarish mumkin:
• Shift+F10 tugmalar kombinasiyasini bosib, masalalar panelining kontekst menyusini ochish mumkin; va →, <— tugmalari yordamida masalalar panelida joylashgan dastur tugmalarini ajratish va Yenterni bosib uni ishga tushirish mumkin.
Masalalar panelini ekran chegarasining xoxlagan qismiga: tepa yoki pastga, chap yoki o’ngga joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko’chirish uchun uni sich^oncha tugmasini bosib turgan xolda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo’ylab to’g’ri to’rtburchakning konturi paydo bo’lganda, sichqonchaning tugmasini qo’yib yuboramiz.
Masalalar panelini kengaytirish xam mumkin. Buning uchun panelning tashqi chegarasini sichqoncha bilan ilib olib, uni boshqa joyga ko’chiramiz.
PUSK tugmachasi
Pusk (Start) tugmachasi bosilganda, ekranda Windowsning ish boshlashi uchun kerak bo’ladigan Bosh menyusi ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, tizim parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Bosh menyu quyidagi qismlardan iborat:
• Programmi/Programs - Dasturlar;
• Dokument/Dokuments - Hujjatlar;
• Nastroyka/Settings - Sozlash;
• Poisk/Find - qidirish;
• Spravka/Help - Ma’lumot;
• Vipolnit/Run - Bajarmoq; va
• Zaversheniye raboti/Shut down-ishni tugatmoq.
Menyuning Programmi/Programs -Dasturlar bandi yordamida tizimda o’rnatilgan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyuga kiriladi. Birorta dasturni ishga tushirish uchun sichqoncha ko’rsatkichi Programmi bandiga o’rnatiladi. Ochilgan qism menyudan dastur nomi tanlanib, sichqon tugmasini 2 marta bosiladi. Siz quyidagi rasmda ko’rib turgan menyuda bu –Programmi/Avtozagruzka bandidir.
Programmm menyusiga quyidagi qism menyular kirgan:
• Standartni/Assessories - Standart dasturlar;
• Avtozagruzka/Start UP - Avtoyuklash;
• Provodnik/Windows Explorer - Yo’l boshlovchi;
• Seans MS DOS/ MS DOS - MS DOS bilan muloqot; va
• Microsoft Exchange- amaliy dasturlar majmuasi va boshqalar.
Standartni/Assessories bandiga yangi dasturlarni xam qo’shish mumkin. Standart dasturlar qatoriga Windowsni yuklashda tanlab olingan amaliy dasturlar kiradi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro' yxati:
1.«Иқтисодий информатика» ва бошкалар С.С.Ғуломовнинг умумий тахрири остида.
-Т.: «Шарк», 1999.- 546 б
2. Аюпов Р.Х., Исмоилов С.И., Аюпов Х.Р. Хусусий компьютерларда ишлаш. "Microsoft Word 2000 матн мухаррири". - Т.: ТМИ, 2002. 124 бет.
3.Марахимов А.Р., Рахмонкулова С.И. "Интернет ва ундан фойдаланиш асослари." Укув кулланма.-Т.:Тошкент давлат техника университети нашриёти, 2001.-176 б.


Download 108.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling