Reja: ”Xamsat ul-mutahayyirin” asari haqida ma’lumot. Asarning maqolatlarida Abdurahmon Jomiy va Navoiy munosabatlari. ”Xotima”da Jomiy tavsifi


Download 0.56 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#201085
Bog'liq
navoiyshunoslik mustaqil ish

Reja: 1.”Xamsat ul-mutahayyirin” asari haqida ma’lumot. 2.Asarning maqolatlarida Abdurahmon Jomiy va Navoiy munosabatlari. 3.”Xotima”da Jomiy tavsifi.

“Xamsat ul mutahayyir”- Alisher Navoiy tomonidan uning piri va ustozi Abdurahmon Jomiy vafoti munosabati bilan 1494-yilda yozilgan, adabiyotning xotira turiga oid asar nomi.

  • “Xamsat ul mutahayyir”- Alisher Navoiy tomonidan uning piri va ustozi Abdurahmon Jomiy vafoti munosabati bilan 1494-yilda yozilgan, adabiyotning xotira turiga oid asar nomi.
  • “Xamsatul mutahayyir” iborasi “Hayratlanarli beshlik” ma’nosini anglatadi.
  • Jomiy 14-asrning 40-yillari oxiri va 50-yillarda Samarqandda ulug`bek madrasasida, so`ng boshqa madrasalarda o`qib yurar ekan, darslarniyaxshi o`zlashtirishda u boshliq 5ta talaba “Xamsat ul mutahayyir” deb nom chiqargan.
  • “Xamsat ul mutahayyir” deganda odatda 5 yorug` yulduz( aniqrog`i, sayyoralardan, Atorud, Zuhra, Mirrix, Mushtariy, Zuhal) ko`zda tutiladi.

“Xamsat ul mutahayyir” risolasi ham 5 qismdan tashkil topgan bo`lib, muqaddima, 3 maqolat hamda xotimadan iborat. “Muqaddima”da Jomiy qachon va qayerda tug`ilgani, ko`proq yashagani, nasl-nasabi, juda erta savod chiqargani, o`tkir iste’dod egasi bo`lib, kichiklikdan she`rlar yoza boshlagani, tasavvufda

Sa’diddin Koshg`ariyga shogird tushgani, ilmda tez kamol topib, odamlar bilan muomalada o`zini har tomonlama oddiy tutgani to`g`risida ma’lumotlar beriladi. “Xamsat ul-mutahayyir”ning asosiy qismi 3 maqolatdan tashkil topgan bo`lib, 1-maqolatda Navoiy shaxsan o`zi bilan Jomiy orasida yuz bergan voqea va hodisalar, noyob ijodiy suhbat va uchrashuvlar haqida 16ta hikoya keltirgan. Ularning har birida Jomiyning yuksak aql zakovati o`z yaqinlari va shogirdlariga samiyimyligi, shu bilan birga, talabchan bo`lgani, hozirjavobligi, hazil-mutoyibaga moyilligi ko`p masalalarda Navoiy bilan hamfikr bo`lgani yaqqol ko`zga tashlanadi.

2-maqolatda Navoiy va Jomiyning o`zaro yozishmalariga izoh berilgan. Bu ikki ulug` shaxs bevosita muloqot imkoniyati yo`q vaqtlarda bir-birlariga uzluksiz xat yozib, hol-axvol so`rab turishgan. Ular o`z maktublarida o`z davrining muhim ijtimoiy-siyosiy muamolari yuzasidan ham fikr almashishgan. Bu nomalar goh nasrda, goh nazmda bitilgan. Masalan, Jomiyning 1472-yil haj safariga chiqib, Iroqning Dajla daryosi bo`yidan Navoiyga vatanini sog`inib yo`llagan xatidagi g`azalida shunday bir bayt bor: Bar kanori Dajla dur az yoru majruh az diyor, Doram az ashki shafaqgun Dajlai xun bar kanor. Mazmuni: Dajla bo`yida yoru diyor bilan ayrilikda, shafaqrang ko`zyoshlarimdan shu yerda yana bir Dajla paydo bo`ldi.

Navoiy esa o`sha g`azalga tatabbu’ qilib, noma yozib, Jomiyga jo`natgan. “Xamsat ul-mutahayyir”dan ma’lum bo`ladiki, Navoiyning “Tuhfat ul- afkor” qasidasining yaratilishida Jomiyning ham roli katta bo`lgan.

3-maqolatda Jomiy yozgan va turli adabiy janrlarga oid 40ta asarning ro`yxati bu asarning bir qanchalarining yuzaga kelishida Navoiy sababchi bo`lgani aniq misollar bilan izohlab berilgan. “Xotima” qismida Navoiy Jomiy huzurida mutolaa qilgan va foydalangan kitoblarning sharxlari, uning ba’zi zamondoshlari haqida o`ta salbiy fikrlar bildirgani va buning sabablari, shoirning vafoti va dafn etilish tafsilotlari g`oyat ta’sirli ko`rsatilgan. Asar oxirida Navoiyning ustozi motami munosabati bilan forsiy tilda yozilgan marsiyasi matni to`la keltirilgan.

“Xamsat ul-mutahayyirin”- Jomiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan maxsus asar. Bulardan tashqari, mazkur adabiy yodgorlikda kenglik, batafsillik bor, chunki u nasriy yo`l bilan yozilgan. Asarda bu ikki hamfikr shaxs munosabatlarining turli tomonlari aks etgan bo`lsa ham, avvalo, ular o`rtasidagi haqiqiy ustoz shogirdlik rishtalari ko`rsatilgan. Navoiy Jomiy huzurida ta’lim olish va foydalanish yuzasidan o`qigan kitoblar ro`yxatini “Xotima” qismida birma-bir keltiradi. Bundan tashqari Navoiy Xamsa bilan “Haft avrang”ni Jomiy qiyoslash yo`li bilan ovoz chiqarib o`qiganida tinglaganligini, shuningdek, ba’zi risolalar ular oldida o`qilmagan bo`lsa ham, ulardagi ayrim murakkab joylarini ustozidan so`rab turganini yozadi.

Jomiyning yuqoridagi ma’lumotlardan ko`rinadiki Navoiyga to`g`ridan-to`g`ri muallim, mudarris, yo`lboshchi, ustoz ekanligi yana bir bor isbotlaydi. Jomiy Navoiyga ikki ma’noda rahnamo edi. U ham ilm va adabiyotda ustoz, ham tariqatda pir edi. Lekin bu tushuncha ko`p hollarda bir-biriga uyg`unlashib ketadi. Navoiy Jomiydan o`rgangan asarlarining ba’zilari badiiy, ayrimlari ilmiy bo`lgani bilan, ularning aksariyati tasavvuf masalalariga bag`ishlangan edi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling