Reja: Xarakter haqida tushuncha
XARAKTERNING TARKIB TOPISHI
Download 60.5 Kb.
|
.Xarakter
XARAKTERNING TARKIB TOPISHI
Xarakterning xususiyatlari qanday shakllanadi. Aynan ikkita bir xil xarakterli ikki kishi uchramasligini qanday tushunish mumkin. Ba`zi olimlar xarakterning shakllanishi, uning hamma xususiyatlari nasliy deb hisoblaydilar. Buning ikkita sababi mavjud. Birinchidan ko`pchilik chet ellik olimlar biologik omillarning rolini oshirib baholaydilar. Ikkinchi tomondan ko`pchilik chet el psixologik nazariyalarida temperament xususiyatlari alohida ajratilib o`rganilmaydi. Bizga ma`lumki temperamentning xususiyatlari asosan biologik xususiyatlarga, shu jumladan nerv tizimining xususiyatlariga bog`liq. Bu yo`nalishdagi psixologlar temperament xususiyatlarini ham xarakter xususiyatlari sifatida qaraydilar. Aslida organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo`lishining shartlaridan biri, xolos. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlaribilan emas, balki IJTIMOIY QONUNIYATLAR bilan belgilanadi. Yuqorida keltirilgan fikrning isboti sifatida gomozigot (bir tuxum hujayradan paydo bo`lgan) egizaklarni kuzatishlar natijalarini keltirish mumkin. Ularning nasliy xususiyatlari butunlay bir xil. Agar ular turli xil oilalarda tarbiya qilinsalar ularning xarakterlari turlicha bo`ladi. Hatto bir oilada tarbiya topgan gomozigat egizaklarning ham xarakterlari turlicha bo`ladi. Ularning temperament xususiyatlari bir xil bo`ladi. Xarakter qanday shakllanadi? Xarakterning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar oiladagi, o`quv jamoasidagi muhit xayrihohlik, zolimlik, badjahllik, ichi qoralik, kamtarinlik, raqobat, o`zaro yordam va boshqalarni o`z ichiga oladi. Shu sababli kishining g`oyaviy yo`nalganligi, o`ziga, boshqalarga, mehnatga munosabati, dunyoqarashining shakllanganli darajasi jamiyatda, oilada, o`quv yurtida tarbiya jarayoni qanday tashkil qilinganiga bog`liq. Ammo xarakterni umumiy nazariyalar, nasihatlar bilan shakllantirib bo`lmaydi. Bular shaxsning bilimlarigagina aylanib qolishi mumkin, xolos. Xarakterning shakllanishi, tarkib topishi odamning faqat faol faoliyati jarayonida ro`y beradi. Faol harakatlar jarayonida ma`lum harakatlar tizimi, harakatlar usullari shakllantiriladi va mustahkamlanadi. Bunday harakatlar tizimi ODATLARNI tashkil qiladi. Shaxsda shakllangan odatlarning majmui xarakterni belgilab beradi. Bolalarda foydali odatlarni shakllantirish uchun ular bilan ishlash, bir qancha vaqt davomida takrorlash, hosil bo`lgan odatlarni mustahkamlash kerak. Xarakter xislatlarining shakllanishida maqsadga yo`nalgan holda odatlarni shakllantirishdan tashqari TAQLID ham o`ziga xos o`ringa ega. Bu borada ota-onalar, pedagoglar yoshlarga namuna bo`lishi kerak, ular o`zlarida yaxshi xislatlarni nomoyon qilishlari kerak. Shu holdagina bola ularga taqlid qiladi, ijobiy insoniy xususiyatlarni o`zida shakllantiradi. Xarakterning shakllanishida yuqorida ko`rsatilgan omillar hayotning barcha bosqichlarida ta`sir qilib boradi. Ayniqsa ularning ta`siri maktabgacha va kichik maktab yoshida juda katta. Katta maktab yoshida bola o`zligini anglay boshlaydi, unda o`ziga nisbatan fikr, o`zini baholash o`zgacha o`ringa ega bo`lib boradi. Bu yoshlarda tarbiya jarayoni ko`proq o`z-o`zini tarbiyalashga suyanishi lozim. Avvolmbor o`quvchida o`zini tarbiyalash motivi - yaxshi bo`lishga intilish istagi bo`lishi kerak. Tarbiyaning asosiy maqsadi bolada, o`smirda "yaxshi bo`lishga intilish"ni shakllantirishdir. Odam o`zining butun umri davomida o`z ish-harakatlari bilan o`z xarakterini yaratadi. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling