Reja: Xarakter haqida tushuncha Xarakterning shakllanishi


Xarakterning salbiy tomonlarini yo`qotish


Download 0.8 Mb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1571728
1   2   3
Bog'liq
Xarakter va uning shakllanishi

Xarakterning salbiy tomonlarini yo`qotish

Xarakterning salbiy tomonlarini yo`qotmoq, ijobiy tomonlarini tarbiyalab etkazmoq uchun tarbiyalanuvchining o`z temperamentini o`zi idora qilishiga o`rgatmoq lozim. O`z temperamentini idora qila bilish xarakterning ijobiy xislatidir. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda katta. Inson yakka bir - biridan ajralgan tarika hayot kechirmaydi, muayyan jamoada, ya`ni muayyan oilada, maktabda, tsexda va hokazolarda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o`rtasidagi bog`lovchi bo`g`indir. Har bir o`qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta`sir qilib, ijobiy natijalarga erishmoqi mumkin.

Xarakterning ijobiy hislatlari

Xarakterning tashabbuskorlik, qat`iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy xislatlari bolalar bog`chasida o`yin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. To`g`ri uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o`quvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom - sarishtalik, o`z - o`zini tuta bilish, o`zini idora qilish, o`ziga nisbatan talabchan bo`lish kabi xarakter xislatlari tarbiyalanib etishadi. Kishi jamoada bir - biri bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va o`zining xarakter xususiyatlarini bilib oladi.

Xarakterini bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi. Bunday sharoit kishini o`z xarakterini o`zi tarbiyalash, jumladan, o`z xarakterini qaytadan tarbiyalashni yo`lga soladi. Har bir kishi ma`lum yoshdan boshlab o`z xarakteri va uning sifatlari uchun o`zi javobgardir. O`z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko`zda tutmog`i lozim. O`z kamchiliklariga iqror bo`lish kamchiliklarini yo`qotishga boshlaydi.usiyatlarini bilib oladi.

Shaxs tuzilishi va rivojlanishi

Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishidan iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L. Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarda; yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladigan individual-tipologik xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. A.G. Kovalev yo‘nalganlik, xarakter, imkoniyatlar va mashqlar tizimini ajratadi. M.I. Enikeev temperament, yo‘nalganlik, layoqatlar va xarakterni sanab o‘tadi. Mashhur psixolog K.K. Aflotunov yo‘nalganlik tarkibini, ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib ko‘rsatadi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling