Reja: Xaritamasshtabini asoslash va tanlash


Download 30.48 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi30.48 Kb.
#1587996
  1   2   3
Bog'liq
5.Mavzu Karta loyiha


Mavzu: Xaritaning matematik asosini loyihalash.
REJA:

  1. Xaritamasshtabini asoslash va tanlash

  2. Kartografik proeksiya tanlash

  3. Koordinata to‘rlarini tanlash va rasmiylashtirish

Tayanch iboralar. Masshtab, matematik asosi, proeksiya, legenda, komponovka, qirqim.


Karta masshtabini asoslash va tanlash
Kartalarni matematik asosini ishlab chiqish umumiy holatda, kartalar masshtabini asoslash va tanlashni, ularning proeksiyalarini koordinata to‘rlarini, komponovkalarini o‘z ichiga oladi.
Masshtab modelining fazoviy razmerini aniqlaydi. Kartada o‘lchash ishlarining aniqligi, kartalar mazmunining to‘liqligi aniqligi masshtabga bog‘liqdir.
Kartalar masshtabini tanlash kartalar maqsadi, kartada o‘lchash ishlarining aniqligiga qo‘yilgan talablariga, joydagi ob’ektlarning to‘liqligi, tafsilotlar tasvirlanishining kengliga bog‘liqdir. SHunga qarab karlar masshtabi aniqlanadi. Agar shunday aniqlangan kartalar masshtabi har xil bo‘lsa unga qo‘yilgan talab bir xil bo‘lganda katta masshtablarni tanlashga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pincha kartalar masshtabini tanlashga konkret territoriyaning, dunyoning, ma’lum bir davlatning yoki bir regionalning tasviri ma’lum bir ramkada belgilangan formatdagi listda to‘liq va aniq tasvirlanishiga bog‘liqdir.
Kartografik proeksiyalarni tanlash.
Kartografik proeksiyalarni tanlashning asosiy faktorlariga: birinchidan-kartalarning xarakteri va maqsadi hamda ulardan foydalanish. Ikkinchidan-kartalashtirilayotgan territoriyaning fazoviy xususiyatlari-uning razmeri formasi va er ellipsoidida to‘lgan o‘rniga bog‘liqdir.
Proeksiyalarni tanlash va ularda koordinata chiziqlarini hisoblash ishlari asosiy proeksiyalar ishlari bo‘lib bunda yangi kartalar tayyorlash imkonini beradi.
Kartalar uchun proeksiya tanlashda kartaning oldiga qo‘yilgan maqsadi, mazmuni, masshtabi va territoriyaning shakli (konfiguratsiyasi) ‘tiborga olinadi. Masalan, masofa va burchak o‘lchamlar bilan bog‘liq bo‘lgan kartalar uchun (topografik, dengiz va aviatsiya kartalari) teng burchakli proeksiyalar tanlansa, maydonni o‘lchash yoki taqqoslash uchun tuziladgan kartalarda (siyosiy-ma’muriy, iqtisodiy kartalar) teng oraliqli proeksiyalar tanlaniladi. Mayda masshtabli kartalarda ya’ni katta territoriyani o‘z ichiga olgan kartalarda xatolik bir me’yorda taqsimlanadigan teng oraliqli va ixtiyoriy proeksiyalar qo‘llaniladi.
Dunyo kartalarini tuzishda asosan silindrik va prevdotsilindrik proeksiyalar qo‘llaniladi. Bularda kartografik to‘r bir biriga parallel bo‘lgan va to‘g‘ri chiziqlar bilan tasvirlangan parallellar va meridianlardan iborat bo‘lib, unda geografik ob’ektlarning kenglik zonalari bo‘yicha o‘zgarishi ancha yaxshi ko‘rsatiladi.
Dunyo kartalarini tuzishda ishlatiladigan Merkatirning to‘g‘ri silindrik proeksiyasi hozirgi vaqtda dunyo kartalarini har xil dengiz novigatsiya kartalarini tuzishda ishlatiladi. Merkator proeksiyasida tuzilgan dunyo kartalarida xatosiz chiziq qilib ekvator qabul qilingan. Undan uzoqlashgan sari uzoqlik va mayda xatoliklar oshib boradi.
Hozirgi vaqtda vatanimizda 2 ta proeksiya: Kavroyiniyning teng oraliqli to‘g‘ri konusli proeksiyasi va krassovskentning to‘g‘ri konusli proeksiyalari. Krassovskiy o‘z proeksiyasini 1931 yilda taklif qilgan bo‘lib barcha devoriy kartalar va atlaslar shu proeksiyada tuzilgan.
Topografik kartalar uchun 1:1000000 li masshtabdagi halqaro karta proeksiyasi ishlatiladi. Sobiq SSSR da va boshqa ko‘pgina davlatlarda 1:500000 va undan yirik masshtabli ko‘p varaqli topografik kartalar Gaues-kragerning teng burchakli ko‘ndalang silindrik proeksiyasi asosida tuziladi. Buning uchun er ellipsoidi 60 li zonalarga bo‘linadi so‘ng silindrga solinib yoyiladi zonalarning o‘rta meridiani tekislikda to‘g‘ri chiziq bilan tasvirlanadi.

Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling