Reja: Xatoliklar nazariyasining elementlari Xatoliklar nazariyasining teskari masalasi Namunaviy misollar va ularning yechimlari


Download 200.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.09.2023
Hajmi200.81 Kb.
#1675824
  1   2   3
Bog'liq
Reja Xatoliklar nazariyasining elementlari Xatoliklar nazariyas



REJA: 
1. Xatoliklar nazariyasining elementlari
 
2. Xatoliklar nazariyasining teskari masalasi
 
3. Namunaviy misollar va ularning yechimlari 
4. Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 


1. Xatoliklar manbayi va klassifikatsiyasi 
Ixtiyoriy matematik masalani sonli yechishda biz aniq yechimga ega 
bo‘lmasdan, balki yechimni u yoki bu darajadagi aniqlikda topamiz. Demak, 
natijadagi xatolik qanday hosil bo‘lganligini aniqlash lozimdir.Har qanday 
matematik masalaning qo‘yilishida turli miqdorlar (parametrlar) qatnashadi. Bizni 
qiziqtirgan yechimni topishimiz uchun masalada qatnashuvchi parametrlaming 
qiymati berilgan bo’lishi kerak. Misol uchun,
'
( , )
y
f x y
=
differensial tenglamaning konkret xususiy yechimini topish uchun 
0
0
(
)
y x
y
=
boshlang‘ich shart berilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari differensial 
tenglamaning o’ng tomoni f(x,y) ba’zi parametrlarga bog‘liq bo‘lsa, ularning 
qiymatlari ham berilgan bo'lishi shart. Berilgan masalaning bizni qiziqtirgan 
yechimini topish uchun, masalada qatnashuvchi barcha parametrlami dastlabki 
ma'lumotlar deb ataymiz. Tabiiyki, topilishi kerak bo’lgan (bizni qiziqtirgan)
yechim dastlabki ma’lumotlaming funksiyasi bo’ladi. Ko‘pincha dastlabki 
ma’lumotlar yoki tajribadan, yoki biron-bir boshqa masalani yechishdan hosil 
bo’ladi. Har ikki holda ham dastlabki ma’lumotlaming aniq qiymatiga emas, balki 
uning taqribiy qiymatiga ega bo’lamiz. Shuning uchun dastlabki ma’lumotlaming 
berilgan har bir qiymati uchun masalani aniq yechganimizda ham, baribir taqribiy 
natijaga ega b o ‘lamiz va natijaning aniqligi dastlabki ma’lumotlaming aniqligiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Aniq yechim bilan taqribiy yechim orasidagi farq xato deyiladi. Dastlabki 
ma’lumotlaming noaniqligi natijasida hosil bo‘lgan xato yo'qotilmas xato deyiladi. 
Tabiiyki, bu xatolik berilgan masalani yechuvchiga bog’liq bo’lmay, to’la-to‘kis 
berilgan 
ma’lumotlarning 
aniqligiga 
bog’liqdir. 
Agar 
boshlang‘ich 
ma’lumotlarning aniqligi ma’lum bo’lsa, matematik masala yechimining xatoligini 
baholay bilish kerak. 
Ma’lumki, ba’zi matematik ifodalar tabiat hodisalarining ozmi ko‘pmi 
ideallashtirilgan modelini tasvirlaydi. Shuning uchun tabiat hodisalarining aniq 
matematik ifodasini (tenglamalarini, formulasini) berib bo’lmaslik bois, natijada 


xato kelib chiqadi. Bundan tashqari, biron masala aniq matematik formada 
yozilgan bo’lsa va uni bu ko‘rinishda yechish mumkin bo‘lmasa, u holda bu 
masala unga yaqinroq va yechish mumkin bo’lgan masalaga almashtiriladi. Buning 
natijasida hosil bo’ladigan xato metod xatoligi deyiladi. 
Boshlang’ich berilgan masala sonli yechilishi mumkin bo’lgan masalaga 
almashtirilgan bo’lsa va, boshlang‘ich qiymatlar aniq bo’lsa ham aniq yechimga 
ega bo’la olmaymiz. Bu holat quyidagicha izohlanadi: birinchidan, masalada turli 
irratsional sonlar qatnashishi mumkin, tabiiyki, ulami taqribiy qiymatlariga 
almashtiramiz ikkinchidan, hisoblash jarayonida oraliq natijalar yaxlitlanadi. 
Hisoblashlar jarayonida hosil bo’ladigan xatolik hisoblash xatoligi 
deyiladi. 

Download 200.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling