Reja: Xayol haqida tushuncha


Download 48.5 Kb.
bet3/3
Sana01.03.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1240377
1   2   3
Bog'liq
Xayol haqida tushincha

AGGLUTINASIYA. Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot).
GIPERBOLIZASIYA. Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin.
URG`U BERISH Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo`li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu berish, ularga diqqatni turli yo`llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko`p qo`llaniladi. Bu usul bilan o’rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi.
SXEMATIZASIYA (sxemalashtirish) - biror mavjud narsadan andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan rassomlar turli o`simliklarning obrazi asosida naйshlar yaratadilar.
Yangi xayol obrazlarini yaratishning yana bir usuli, TIPIKLASHTIRISH. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda keng qo`llaniladi. Bu usul yordamida biror hodisaga, kishilar toifalariga, davrga xos yoki ularda ko`p takrorlanuvchi belgilar ma`lum obrazlarda gavdalantiriladi.
Adabiyotlar ro`yxati



  1. G`oziev E. Psixologiya. T. 1994.

  2. Granovskaya R. M. Elementi prakticheskoy psixologii. SPb, 1997

  3. Karimova V. M. "Ijtimoiy psixologiya asoslari". - T., 1994

  4. Karimova V. M. Auditoriyada bahs-munozarali darslarni tashkil etishning psixologik texnikasi. - T., 2000

  5. Karimova V. M. Psixologiya. - T., 2002

  6. Karimova V. M., Akramova F. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - T., 2000

  7. Olshanskiy B. B. Prakticheskaya psixologiya dlya uchiteley. M. 1994.

  8. Psixologiya. Uchebnik. - Pod red. A. Krilova - M., 1998

  9. Rubinshteyn S. L. Osnovi obshey psixologii. - M., 1998

  10. Umumiy psixologiya. A. V. Petrovskiy taћriri ostida. T.1992.

  11. www.ziyonet.uz

Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling