Reja: XIX asr XX asrning boshidagi ilmiy ekspeditsiyalar va nazariy kashfiyotlar
Download 113.5 Kb.
|
Yangi davr geografiyasi
Yangi davr geografiyasi (XVIII asr o`rtasi – XIX asr o`rtasi) REJA: XIX asr — XX asrning boshidagi ilmiy ekspeditsiyalar va nazariy kashfiyotlar. Geografiyning ob`yekti va predmeti to`g`risidagi tasavvurlarning rivojlanishi XIX asr — XX asrning boshidagi ilmiy ekspeditsiyalar va nazariy kashfiyotlar. Taqbiatshunoslikda boshlangan baravj differnsiatsiya oqibatida geografiya o`zining tadqiqot predmetidan ajralib qolganga o`xshab ko`rinsada, haqiqatda bu jarayon keyingi yangi darajadagi geografik sintezga o`tish uchun shart-sharoit bo`ldi. Ko`plab hududiy kashfiyotlar teran nazariy umumlashtirmalar, geografik qonunlarni ochilishi bilan birgalikda bo`ldi (A.Humboldt, K.Ritter, E. Reklyu, Tyunen, V.V.Dokuchayev). Endilikda geografiya faktlarni tasvirlash bilan ceklanib qolmasdan, ularni tushuntirib berishga ham harakat qila boshladi. Bu davrda ancha yirik hududiy kashfiyotlar bilan bir qatorda teran nazariy umumlastirmalar amalgam oshirildi. Geografiya antrpogeografiyani ham o`z ichiga oladigan Yer to`g`risidagi fanlardan (geologiya, geofizika, biologiya va b.) biriga aylandi. Bu davrda xorologik va geografik ob’yektlarni tabiiy-tarixiy jismlar sifatida idrok qilish tendesiyasi kuchaydi. Yer tashqi qobigining alohida komponentlarini bilishga amaliy ehtiyoj ortdi va buning oqibatida geografiyada differensiatsiyalashuv tendensiyalari ham kuchaydi. Eski geografiya bag`rida uning alohida tamoqlari vujudga kela boshladi; ular mustaqil rivojlanish yo`liga kirdi. Buning natijasida geografiya alohida qismlarga bo`linib ketdi. Mavjud ma`lumotlarni umumlashtiruvchi, ilmiy tafakkurlaydigan va tahlil qila oladigan geografiyaning, shu jumladan ilmiy tabiiy geografiyaning shakllanishi tabiatshunoslikka tabiat hodisalarining umumiy aloqalari to`grisidagi g`oyaning kirib kelishi va, shuningdek, bu aloqalarni o`rganish zaruriyatlari bilan bevosita bog`liq bo`ldi. Yer yuzasi tasviri asosan tugagan va fanda juda katta hajmda to`plangan ma`lumotlar tufayli XIX asrning birinchi yarmida geografiya oldida ulkan vazifalar turar edi. Endilikda geograflar oldida mavjud ma`lumotlarni nazariy jihatdan umumlashtirish, geografiya oldida esa tasvirlovchi fandan tushuntirib, ilmiy asoslab beradigan nazariy fanga aylanish vazifasi turar edi. XIX asrning ikkinchi yarmida geografiyada tasvirlashdan, ma`lumotlar to`plashdan ularni o`rganishga va tahlil qilishga o`tish zaruriyati to`grisidagi fikr umumiy tarzda anglab yetildi. Geografiyaning boshqa tabiiy fanlar bilan o`ziga xos dialektik o`zaro munosabatlari shunga olib keldiki, dastlab geografiyaning predmetini o`zaro bo`lib olishgan bu fanlar keyinchalik tabiiy geografiyaning nazariy fan bo`lib shakllanishiga har taraflama yordam ko`rsatishdi. Tabiiy geografiya har biri muayyan tabiiy fan tomonidan o`rganiladigan alohida hodisalarning murakkab kompleksi bilan ish ko`radi. Shu sababli bu fanlarning yutuqlarisiz bu hodisalar kompleksi to`grisidagi ta`limot, ya`ni zamonaviy geografiya tarkib topa olmas edi. Yirik tabiiy-ilmiy ekspeditsiyalar (masalan, Rossiyadagi akademik ekspeditsiyalar) boshlangan XVIII asrning 60-yillari geografiya tarixida navbatdagi muhim chegara bo`ldi. Geografiyaning fundanental fanga aylanishi jahonning ko`pgina mamlakatlarining yuzlab tabiatshunoslari va sayyohlarining mehnatlari evaziga sodir bo`ldi. Ammo uni tanazzul yoqasidan olib chiqishda va keyingi rivojlanishini belgilab berishda nemis tabiatshunos olimi va sayyohi Aleksandr Humboldtning (1769 – 1859) ilmiy hizmati beqiyosdir. Shu sababli geografiya tarixi bilan shug`ullangan ko`pgina olimlar A. Humboldtni hozirgi geografiyaning asoschisi, deb hisoblaydilar. geografiyani nemischa Erdbeschreibung (Yer tasviri) so`zi bilan nomlagan. Uning fikricha, Erdbeschreibung ayrim hududlarda yoki Yer yuzasining segmentlarida (lot. segmentum parcha, bo`lak, qism) birgalikda mavjud bo`lgan predmet va hodisalarning ko`plab xilma-xil o`zaro aloqalarini o`rganadi. A. Humboldt o`zining tadqiqotlarida Landschaft so`zidan ham foydalangan. Ammo u landshaft deb tevarak atrofning ko`z bilan ko`rib (visual) idrok qilinadigan va estetik jihatdan baholanadigan go`zalligini tushungan.Shu sababli A. Humboldtni badiiy landshaftshunoslikning asoschisi deb hisoblash mumkin (Milkov,1990). A. Humboldt tabiatni dunyoning bir butun, o`zaro bog`liq suvrati ko`rinishida tasavvur qilgan edi. U o`zining “Koinot” deb nomlagan asarida geografiyaning predmeti bo`lgan Yer yuzasini alohida qobiq sifatida asoslanishiga yangi odim tashladi va nafaqat havo, dengiz, yerning o`zaro aloqalari, balki ularning o`zaro ta`siri, jonli va jonsiz tabiatning birligi to`g`risidagi fikrni rivojlantirdi. A. Humboldt davrida tabiiyotshunoslik hozirgidek bo`linib ketmaganligi sababli u o`zining ishlarida nafaqat sayyoramizda, balki butun Olamda tabiatning birligi, hodisalarning o`zaro aloqasini qayd qilgan. A. Humboldtning fanga qo`shgan bebaho hizmati tabiatni hodisa va jarayonlarning o`zaro bog`liq va o`zaro taqozadagi majmuasi sifatida qarashida, ya`ni umumgeografik umumlashtirishda bolib, bu ilmiy tasavvur hozirgi davr geografiyasining nazariy asosini tashkil etadi. U, shuningdek, ayrim tabiat komponentlarini o`rganish bo`yicha tabiiy-geografik tadqiqotlarning bir qancha metodlarini ishlab chiqdi; fanga “sayyoraning umumjonliligi” va “hayot sferasi (die Lebensspharyo)” tushunchalarini va hayot sferasini uchala jonsiz sferalar bilan bir qatorda tabiiy geografiyaning predmetiga kiritdi. A.Humboldt o`zining ilmiy sohadagi asosiy istagi hamma vaqt tashqi olam hodisalarini ularni umumiy aloqada qamrab olishga intilishdan iborat ekanligini yozgan edi. Uning fikricha, moddiy jismlarni yaxlit, ichki kuchlar harakatlantiradigan va jonlantiradigan bir butun ko`rinishda alohida fan sifatida mushohada qilish mutlaqo o`ziga xos sajiyaga ega. A.Humboldt qadimiy Gretsiya va B. Vareniusning geografik zonallik to`g`risidagi tasavvurini qayta rivojlantirdi. U ayniqsa iqlim hodisalarining o`simlik tiplarining taqsimlanishi va shakllari bilan bo`lgan aloqasiga o`z e`tiborini qaratdi. U tekisliklarda gorizontal (kenglik) va tog`larda vertikal (balandlik) iqlim va o`simlik zonalarining mavjudligini belgilagan edi. A.Humboldt sayyoramizning ikkita qobig`ini - umumiy (gazli - qayishqoq, atmosfera) va dengizdan iborat bo`lgan juz’iy qobiqni ajratadi. Uning fikricha, bu qobiqlar tabiatda bir butun bo`lib, unga Yer yuzasi iqlimlarining xilma – xilligi bevosita bog`liq. A.Humbolt havo qobig`i va dengizning birligini, atmosferaning xossasi sifatidagi iqlimning quruqlik va dengiz o`zaro ta`siriga bog`liqligini ko`rsatrgan edi. Ammo, A. Humboltning tabiiy – geografik sintezi u davrda to`liq bo`la olmas edi, chunki tabiatning boshqa komponentlari, ayniqsa jonli va jonsiz tabiat o`zaro ta`sirining “asosiy mahsuloti” bo`lgan tuproqlarga doir bilimlar yetishmas edi. Geografik tadqiqotlarning ob`yekti va unung sistemali sajiyasi faqat belgilana boshlangan edi. A. Humboldt tabiatshunoslikka alohida tabiat komponentlarini o`rganishning bir qator metodlarini kiritdi. Bu metodlar tabiiy geografiyada keng qo`llaniladigan va an`anaviy metodlar bo`lib qoldi. U o`zining tadqiqotlarida ayniqsa qiyosiy-tasviriy metodni keng va samarali qo`llay bilgan edi. A.Humboldt yashagan davrda tabiiy fan u qadar bo`linib ketmagan edi. Shu sababli uning ilmiy fikr-mulohazalarida nafaqat Yerdagi, balki butun Olam tabiatining birligini, hodisalarning o`zaro aloqalarini nazarda tutgan; geografiyaning ob`yektiga doir mulohaza bildirmagan. Ammo, A.Humboldtning tabiatni hodisa va jarayonlarning o`zaro bog`liq va o`zaro taqozada bo`lgan kompleks (majmua) sifatida qarashi fanga qo`sxilgan bebaho xismati edi. Shu sababli uning bu mulohazalari hozirgi tabiiy geografiyaning nazariy asoslarini tashkil etadi. Bu davrda nemis geografi K.Ritter geografiyaga nisbatan mutlaqo yangi qarashni rivojlanrirdi. Uni mavjud tabiat emas, balki uning insonga ta’siri qiziqtirdi. Karl Ritter (1779 – 1859) geografiyaga nisbatan qarashlari A. Humboldtning qarashlaridan butunlay farq qilgan. Uni tabiat insoniyat tarixining arenasi sifatidagina qiziqtirgan. U Yerni geografiyaning predmeti deb hisoblagan. Bu hudojuy olimning fikricha, Yer oloh tomonidan “inson zotining maskani va tarbiyalaydigan uyi, ruh uchun jism sifatida yaratilgan”. K.Ritter geografiya fanining mamlakatshunoslik sifatida rivojlanishiga katta hissa qo`shdi. U geografik sharoitlarning moddiy madaniyat, tarix va, hatto, siyosatga ta`sirini aniqlashni o`zining asosiy vazifasi deb hisoblagan edi. Yer va undagi inson, uning ishlari K.Ritter tasavvuriga ko`ra ollohning hohish-irodasi tufayliidir. K.Ritterning Yer bilimiga bag`ishlangan ("Die Erdkunde im Verhältnis zur Natur und zur Geschichte des Menschen…", Bd 1—19, 1822—59) asosiy asarida Yerdagi moddiy to`ldirilgan joylarning inventarizatsiya r`oyxatidan iborat. K.Ritter o`zini xilma-xillikdagi birlik konsepsiyasiga asoslangan “yangi ilmiy geografiya” o`qituvchisi ekanligini qayta-qayta ta`kidlagan. Xilma-xillikdagi birlikni izlash K.Ritterni geografiyaning rayon konsepsiyasiga olib keldi. K. Ritterning maqsadi Yer yuzasining segmentlaridagi predmet va hodisalarni sanab ko`rsatishdan iborat emas edi; u hududning bir butunligini mustahkamlaydigan o`zaro munosabatlarni, sababiy o`zaro aloqalarni anglab etishga harakat qilgan edi. U, shuningdek, turli ob`yektlarning bir – biri bilan tutashib turuvchi xossalarining sifatiy tavsiflari mazmunini anglatadigan nemischa Zusammenhang (aloqa, aloqaviylik) so`zini qayta-qayta qo`llaydi. Yangi ilmiy geografiyaga nisbatan K.Ritter Erdkunde (Yer bilimi) termini qo`llaydi, ammo A. Humboldtning Erdbeschreibung terminidan ham keng foydalangan. U Yerni insonning uyi (Wohnort) sifatida o`rganayotganligiga va, binobarin, aynan Yer yuzasi bilan ish olib borayotganligiga shubha qilmagan. Ammo bir qator nemis geograflari Erkunde terminini lug`aviy ma`noda tushungan holda asosiy e`tiborini Yer yuzasiga emas, balki Yerni sayyora sifatida o`rganishga qaratishgan. K.Ritter geografiya empirik fan bo`lishi va shu bois olimlar umumiy qonuniyatlarni izlashda kuzatishlar empirikasi orqali o`tishlari lozimligini o`qtirgan. Shunday qilib, A.Humboldt ham, K.Ritter ham Yer to`g`risidagi barcha bilimlarni egallashga harakat qilishgan va geografiyaning faoliyat maydonini vujudga kelishiga ko`ra turli xil, ammoYer yuzasining muyyan segmentidag o`ni orqali o`zaro bog`liq bo`lgan predmet va hodisalarni o`rganishda, deb hisoblaganlar. Ularning har ikkalasi geografiyani mazmunan ikki xil fan – tabiiy fan va gumanitar mamlakatshunoslik sifatida qaraganlar.Bu olimlarning asarlarida geografiyaning antic davrdagi kabi ikki xillik sajiyasi ta’kidlangan. Budavrda mamlakatshunoslik bilan bir qatorda cameral statistika shaklida amaliy iqtisodiy geografiya ham tarkib topdi. U aholi, xo`jalik, hududning ma’muriy-siyosiy tuzilishi, moliya, savdo, harbiy salohiyat va boshqalar to`g`risidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlarni to`plami edi. Rossiyada ham statistika turli hududlarning iqtisodiyotidagi tafovvutlarga va iqtisodiy rayonlashtirishga bo`lgan katta qiziqish tufayli geografik sajiyaga ega bo`la boshladi. XIX asrning 40 – 60-yillarida Humboldtdan keyin zintezning daslabki elementlari atoqli rossiyalik sayyohlar-tabiatshunoslarda (A. F. Middendorf, E. A. Eversman, I. G. Borshov, N. A. Severtsov va b.) uchraydi. Shveysariyalik olim Arnold Gyuyo K. Ritterning shogirdi va va uning g`oyayalariga sodiq bo`lgan izdoshlaridan biridir. 1848-yilda “yangi geografiya”ga bag`ishlangan ma`ruzalar o`qish uchun AQShga, Harvard universitetiga taklif qilindi. 1841-yilda bu ma`ruzalar kitob qilib nashr etildi va shu tufayli Amerikada K.Ritter g`oyalarini tarqalishiga imkon berdi.A.Gyuyoning fikricha “yangi geografiya” nafaqat tasviriy fan bo`lib qolmasdan, u qiyosiy va tushuntirib beruvchi fan bo`lishi lozim.Uning fikricha, Yer unga xos bo`lgan uyushuv, muayyan tuzilma va juz’iyatlari bilan geografiya fanining ob`yekti bo`lib, Yer barca yirik komponentlari (quruqlik, okean va atmosfera) o`zaro bogliq va o`zaro aloqada bo`lib, uzluksiz bir-biriga ta`sirda bo`ladi. Insonning tabiatga ta’siri sohasida M.Sommervill, J.P.Marsh, A.I.Voeykov, Mechnikov va boshqa olimlarning xizmatlari juda katta bo`ldi. XIX asr geografiyasining rivojlanishida ingliz olimasi Meri Sommervillning o`ziga xos munosib o`rni bor. O`zining “Tabiiy geografiya (Physical Geography)” (1848) deb nomlangan kitobida M.Sommervill Yer yuzasi, okeanlar, atmosfera, o`simliklar va hayvonlar geografiyasini va insonni Yer tabiatini o`zgartiradigan harakatlanuvchi kuch sifatida tasvirlaydi. Uning o`z vatanida qadrlanmagan bu asari AQShda jonli hamdamlik topdi. J.Marsh inson faoliyatining tabiatga nisbatan buzg`unchi kuch bo`yicha kuzatishlarini jiddiy e`tiborga munosib, deb topgan va o`zining asarlarida M.Sommervillning ishlaridan dalillar keltirgan edi. Yangi geografiyaning shakllanishi va rivojlanishiga AQSh geograflari salmoqli hissa qo`shdilar. Bu davrning atoqli olimlari orasida ayniqsa Jorj Perkins Marsh (1801 - 1882) insonning tabiatga nisbatan vahshiyona munosabati oqibatida insoniyatga havf – hatarni oldindan ko `ra bilgan olimlardan biridir. U Yerning tabiiy geografik sharotlarida insonning faoliyati tufayli sodir bo`lgan o`zgarishlarni ilk bor ilmiy tahlil qilgan. J.Marsh inson faoliyatining ta`siri tufayli o`simliklar va hayvonlarningy nobud qilinishi va qayta taqsimlanishi, o`rmonlarning o`qotilishi, hidrografik to`rning o`zgartirilishi va boshqa o`zgartirishlarning oqibatlarini mufassal tahlil qilgan va taniat elementlari orasidagi o`zaro aloqalarini etarlicha baholamaslik, ya`ni tabiatda tarkib topgan muvozanatning buzilishi oldindan kutilmagan tasodifiy va ko`p hollarda tuzatish imkoni bo`lmaydigan oqibatlarga olib kelishi, tabiatning o`ch olishi muqarrar ekanligi to`g`risida xulosa chiqargan edi. J.Marsh o`zining “Inson va tabiat” (1864) kitobining asosiy maqsadi Yer sharining tabiiy sharoitlarida insonning faoliyati tufayli sodir bo`ladigan o`zgarishlarning sajiyasini va muayyan darajasini ko`rsatish; tabiatning stihiyaviy uyushgan organik va noorganik olamiga yirik miqyosdi zo`ravonlik bilan aralashuvining barcha faoliyatlarida ehtiyotkorlikning zarurligi va yahshi o`lamasdan aralashuvning havfli ekanligini ko`rsatish; tashlandiq va harob qilingan hudularida buzilgan uyg`unlikni tiklash va tubdan yahsxilash mumkinligi va muhimligini ta`kidlashdan iborat ekanligi haqida yozgan edi. Umuman, J. Marsh Yerni insonning uyi sifatida o`rganishning yangi yondashuvlarini taklif etdi va geografiyada hozirgi paytda keng miqyoslarda olib borilayotgan geoekologik tadqiqotlarning ilmiy asoslarini belgilab bergan edi. Shu sababli uni hozirgi geokologiyaning nazariy asosochilaridan biri, deb hisoblash mumkin. Rossiyada XIX asrning birinchi yarmida tabiiy geografiya va iqtisodiy geografiya (“statistika”) orasiga aniq chegara qo`yildi. Tabiiy geografiya fiziklar tomonidan ishlandi (E. X. Lens va b.) va, hattou fizikaning bir qismi deb hisoblandi. E. X. Lens ( 1804 - 1865) tabiiy gografiya sohasida tadqiqotlar o`tkazib, qutbiy va tropik kenliklardagi haroratlar farqini o`rgangan. U o`zining o`quv qo`llanmasida tabiiy geografiyaning predmetini quyidagicha belgilagan: “Tabiiy Geografiyaning predmeti Yer sharining ham yuzasida, ham uning ichki qismining`imkoni bo`lgan doirasida kuzatiladigan hodisalarni bayon qilishdan iborat; uning bosh vazifasi esa aynan fizikaviy qonunlar tufauli biz tomondan kuzatilayotgan hodisalar qanday sodir bo`ladi va sodir bo`lganligini aniqlashdan iborat” (Milkov, 1990). Geografiyning ob`yekti va predmeti to`g`risidagi tasavvurlarning rivojlanishi Fanning rivojlanishini o`rganish ob`yektining izchillik bilan shakllanishi va almashinuvi sifatida tasavvur qilinishi mumkin. Har qanday ilmiy fanning tadrijiy rivojlanishi esa uning tadqiqot ob`yekti barcha komponentlarining sekin – asta o`zgarishi jarayonidan iborat. Fanning bilimlarning barcha tizimining tadrijiy rivojlanishiga va, shuningdek, bu ilmiy faoliyat tizimi funksiyalarining jamiyat tizimidagi o`zgarishlarga bog`liq. Fannig rivojlanish jarayonida uning tadqiqot ob`yekti to`g`risidagi tasavvurlar ham tadrijiy rivojlanadi, muayyan paytda dolzarb bo`lgan nazariy va amaliy muammolar, o`rganish ob`yektining nomini aniqlash masalasi va boshqa vazifalar birinchi darajali ahamiyatga ega bo`ladi. Tabiatshunoslikning juz`iy fanlarining, shu jumladan tabiiy geografiyaning umumiy muammolari bo`yicha har qanday nazariy tadqiqot uchun shu fanning ob`yektini, uning fizikaviy hajmini va ob`yektni bosqa fanlarning tadqiqot sohalaridan ajratib turadigan chegaralarini belgilash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.Zero, tadqiqot ob`yektining bunday juz’iyatlarini belgilash shu fanning mustaqilligini ta`minlaydi.Shuningdek, tadqiqot ob`yektini aniq belgilashgina uning mohiyatini va rivojlanish qonuniyatlarini teran ochib berish uchun shart-sharoit yaratadi. Har bir fanning, shu jumladan geografiyaning ham umumiy muammolariga doir har qanday nazariy tadqiqot uchun bajarilishi shart bo`lgan vazifanning yechimi shu fanning ob`yekti, ob`yektning o`lchamlarini, chegaralarini va asosiy juz’iyatlarini imkon darajasida aniq belgilashdan iborat. Tadqiqot ob`yekti aniq belgilangandagina uning mohiyatini va rivojlanish qonuniyatlarini teranroq va chuqurroq aniqlash va bilib olish imkoniyatlari bo`ladi. Geografiya va uning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lgan tabiiy geografiyaning ob`yekti va predmeti to`g`risidagi tasavvurlarning yuzaga kelishi va rivojlanishining tarixini qarab chiqish zarur bo`ladi. Jahon gegrafik adabiyotlarida hozirgi paytda geografiya fanlarining tadqiqot ob`yekti va predmetlariga doir turli terminlarni uchratish mumkin. Bu terminlardan ba`zi birlari oldingi davrdan meros bo`lib qolgan bo`lsa, boshqalari yangi termin sifatida taklif qilinadi. Hozirgi paytda jahon geografik adabiyotlarida geografiyaning, xususan tabiiy geografiyaning ob`yektiga taalluqli turli nomlarni uchratish mumkin. Bu nomlar orasida geografiyaning tadqiqot ob`yekti sifatida turli modifikatsiyalarda: a) Yer yuzasi, b) geografik qobig`i, c) landshaft va d) tabiiy (geografik) muhit ko`proq qo`llaniladi. Yer yuzasi barcha davrlarda va hozirgi paytda geografiyaning, shu jumladan tabiiy geografiyaning ham tadqiqot ob`yekti bo`lgan. Yer yuzasi - insonning mavjudligi bog`liq bo`lgan va pirovardida uning barcha biologik, moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondiradigan atrof tabiiy muhitdir.Shu sababli Yer yuzasi yillar davomida geografiyaning o`rganish va tasvirlash ob`yekti bo`lib hizmat qildi, Yer yuzasini tasvirlash esa bu fanga nom berdi. Ta`kidlash joizki, “Yer yuzasi” tushunchasini sayyoramizning qattiq yuzasi, ya`ni rel`yefi sifatida tor ma`noda emas, balki insoniyatning hayoti va faoliyati kechadigan sfera sifatida – uch o`lchovli va hajmli ob`yekt sifatida tushunmoq lozim. Geografiyaning ob`yekti sifatida Yer yuzasi muhim ahamiyat kasb etadigan o`ziga xos juz’iyatlarga ega. Umumumsayoraviy sistemaning bu qismi doirasida qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, ya`ni litosfera, hidrosfera va atmosfera bir-biri bilan tutashib va elementlari orqali bir-biriga kirib turadi hamda organik olamning mavjud bo`lishi uchun sharoit yaratadi. Aynan Yer yuzasida tarkibiga jonli mavjudot sifatga inson ham kiradigan biosfera boshqa noorganik sferalar bilab tutashadi. Yerning butun yuzasini F.Rihtgofen (va keyinchalik boshqa nemis geograflari) Yer yuzasi (Erdoberfläche) deb ataydi va geografiya faoliyatinini (o`rganish predmetini) aynan quruqlik, dengiz va atmosferaning o`zaro ta`sirdagi Yer yuzasi bilan bog`ladi.Shundan keyin olimlarning ko`pchiligi Yer yuzasini insonning uyi sifatida qaragan holda uni geografiyaning o`rganish ob’yekti deb hisoblasha boshlashdi. Shved olimi Sten de Geer (1923) geografiyani Yer yuzasidagi hodisalarning hozirgi taqsimlanishi to`g`risidagi fan den hisoblagan holda Yer yuzasini litosfera, atmosfera, hidrosfera, biosfera va antroposfera bir-biriga tegib va kirib turadigan zona sifatida qaraydi. D.N. Anuchin (1843 – 1923) ham geografiya Yer yuzasi tabiatini o‘rganishi lozim, deb hisoblar edi. Ammo, u F. Rixtgofendan farq qilgan holda bir butun va uning rivojlanishida qaragan. Uning fikricha, “geografiyaning ob’yektini Yer, yoki, aniqrog`i, uning aynan hozirgi paytdagi yuzasi ifodalaydi, ammo, Yer va undagi bacha narsalar yashayotganligi, ya,ni o`zgarish va qayta o`zgarishda bo`lganligi sababli …uning evolyutsiyasi uning rivojlanishining yo`nalishi to`g`isida, bu rivojlanishni yuzaga keltiradigan va taqoza etadigan jarayonlar va kuchlar to`g`isida tasavvurga ega bo`lish zarur” (Anuchin, 1954).Uning fikricha, geografiyaning ob’yektini barcha davrlarda Yer, uning olamning boshqa jismlariga, o‘z-o‘ziga, ayniqsa o‘zining yuzasiga bo‘lgan munosabati tashkil etgan. Chunki Yer yuzasi turli Koinot va tellurik kuchlar faoliyatining arenasi bo‘lib, bu kuchlarning o‘zaro ta’siri natijasida uning atmo-, hidro-, lito- va pedosfera, bio- va antroposferasi tarkib topgan. D.N. Anuchinning shogirdi A.A.Kruber o‘zining “Umumiy Yer bilimi” kursida geografiyaning vazifasi hamma vaqt Yerning ko‘rinishini tasvirlash va uning hususiyatlarini talqin qilishdan iborat bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda, deb yozgan.Uning fikricha, geografiyaning bu vazifasi unda landshaftni o‘rganinshning ahamiyatini oshiradi. Ammo landshaftni o‘rganish uchun dastlab uning vujudga kelishida ishtirok etgan barcha kuchlarni o‘rganishni taqoza etadi. Shu sababli Yer yuzasida kechadigan kuchlar va hodisalarni o‘rganish geografiyaning vazifalaridan biri bo‘lib, bu vazifani muayyan darajada hal etmasdan asosiy vazifani bajarishga, Yerning hozirgi ko‘rinishini aniqlashga kirishib bo‘lmaydi. Sxolastik (lot. scholastikos maktabga oid < yun scholë maktab) fanga, ya’ni hayotdan va amaliyotdan ajralib qolgan fanga aylanib qolmasligi uchun Yerda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni o‘rganish geografiyaning bevosita mas’ulyatidir. D.N. Anuchinning shogirdlaridan yana biri – A.A.Borzov () ham geografiyani Yer yuzasi to‘g‘risidagi fan deb hisoblaydi, ammo geografiya Yer yuzasining alohida hodisalari bilan emas, balki ularning majmuasini o‘rganadi. Binobarin, A.A. Borzovga ko‘ra geografiya – bu landshaftlar, Ularning Yer yuzasi bo‘yicha tarqalishi va ularning o‘zaro ta’siri to‘g‘risidagi fandir. Uning fikricha ham tabbiy geografiya ikki qismdan – tabiiy geografik mamlakatshunoslik va umumiy Yer bilimidan (umumiy tabiiy geografiyadan) tashkil topgan. Amerikalik taniqli geograf R. Hartshornning (1959) fikricha, geografiya Yer yuzasining o`zgaruvchan qiyofasini aniq, tartibga solingan va oqilona tasvirlashga va tushuntirishga harakat qiladi. Yer yuzasi - Yerning litosfera, atmosfera, hidrosfera, biosfera va antroposfera bir-biri bilan chambarchas tutashib turadigan va bir-biriga kirib turadigan tashqi qobig`idir. Yer yuzasi geografiyaning olamidir. Geografiyaning maqsadi Yer yuzasini bilishdan iborat bo`lib, buning uchun o`zaro bog`liq hodisalarni hosil qiladigan tarkibiy elementlarni, ularning xilma-xilligini analiz va sintez qilishni taqoza etadi. Hozirgi paytda ham ba`zi hollarda tabiiy geografiyaning predmeti deb Yer yuzasini atashadi (Markov va b., 1970). Ayni paytda K.K. Markov geoografik qobiq terminidan ham keng foydalangan. G`arbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh, Avstraliya geograflari ham Yer yuzasini geografiyaning o`rganish ob`yekti deb hisoblaydilar. P. Galonning fikricha (1983) keng ma`nodagi tabiiy geografiyaning ob`yektini Yer yuzasi tashkil etgan holda, tabiiy – geografik fanlar (geomorfologiya, iqlimshunoslik ba b.) o`ziga xos jarayonlarni va ularning Yer yuzasiga ta`sirini tadqiq qiladi. R.Galonning (1983) fikricha, keng ma’nodagi tabiiy geografiyada o`rganish ob’yekti bo`lib Yer yuzasi xizmat qiladi, juz’iy (komponentlar) tabiiy-geografik fanlar esa o`ziga xos jarayonlarni va ularning Yer yuzasiga ta’sirini o`rganadi. Binobarin tabiiy geografiya muayyan hudduddagi barcha komponentlarning o`zaro ta’siri mexanizmini ochib berish bilan shug`ullanadi. Sobiq ittifoqning geografiya bo`yicha eng nufuzli olimlaridan biri I.P. Gerasimov fikricha (1978), geografiyaning predmetini muhitning abiotik, biotik va texnogen elementlarining yaxlit, bir butun majmuasi tashkil etadi. Y.G. Saushkin geografiyaning sotsial iqtisodiy vazifalaridan kelib chiqqan holda u “Yer yuzasida tabiat va jamiyat o`zaro ta`siri jarayonida shakllanadigan hududiy sistemalarning rivojlanish qonunlari va tuzilmalari..., bu sistemalarni jamiyatni eng optimal holda hududiy tashkil etish va atrof muhitni yahsxilash maqsadida boshqarish to`g`risidagi fandir” degan fikrni bildirgan edi. Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, geograflar garchi barcha davrlarda Yer yuzasini o`rganish bilan shug`ullanishganlar. Ammo Yer yuzasi geometrik ma’noda emas, balki sayyoramizni o`rab turgan qatlam – uch o`lchamli jism, kishilarning uyi sifatida o`rganilgan. Geografik qobiq to`g`risidagi ta`limot asoslari XX asrning 30-yillarida yaratildi. Ammo, bu qobiq to`g`risidagi ayrim g`oyalar, shuningdek, uning tarkibi, tuzilmasi va tadrijiy rivojlanishini tadqiq qilish tabiiy geografiya va unga yaqin fanlar shakllanishining uzoq vaqt davomida rivojlandi. Tarixiy – ilmiy jihatdan geografik qobiq to`risidagi konsepsiyaning ildizlari XYII asrning boshida U.Hilbert, B.Kekkerman, B. Varenius kabi tabiat-shunoslarning g`oyaladiga borib tutashadi. Geografik qobiq to`g`risidagi ta`limotning yuzaga kelishi va rivojlanishi ma`lum darajada ingliz fizigi va vrachi Uilyam Hilbert (1540 – 1603) nomi bilan ham bog`liq. U o`zining “Magnit, magnit jismlar va Yerning ulkan magniti to`g`risida” deb nomlangan kitobida Yerni ikki qismga – hayot mavjyd bo`lgan, unining to`htovsiz paydo bo`lishi va yo`qolishi kechadigan po`st (po`stloq) va asosiy qattiq yadroni xosil qiluvchi magnitga ajratgan edi. B. Varenius Yer yuzasini quruqlik va okeandan tashkil topgan deb ataydi va uni bir-biriga bevosita kirib turadigan quyidagi tarkibiy qismlarga ajratadi: a) grunt, mineral, o`simliklar va hayvonlarni o`z ichiga oladigan “yer”; b) suvlar (shu jumladan yer osti suvlari ham) va c) atmosfera. Bunda “yer” grunt, minerallar, o`simliklar va hayvonlarni o`z ichiga oladi. Geografiyaning rivojlanishida Yer yuzasining jismlari va hodisalarini o`rganishda bevosita olingan ma’lumotlar va qilingan xulosalar muayyan ahamiyatga ega bo`ldi. Qiyosiy metod elementlarini qo`llash natijasida usha paytda ma’lum bo`lgan joylar (tog`lar, o`rmonlar va dashtlar)ning o`xshashlik va tafovvutlari aniqlandi. Pirovardida B. Varenius “geografiyaning predmeti Yer – suv shari, dastavval tashqi qobig`i va uning qismlaridir” (237-b.) degan xulosaga keldi. Shu nuqtai nazardan geografik qobiq to`g`risidagi hozirgi ta’limotning vujudga kelishida muhim rol o`ynadi. A.Humboldt fanga “sayyoraning umumjonliligi” va “hayot sferasi (die Lebensspharyo)” tushunchalarini va hayot sferasini uchala jonsiz sferalar bilan bir qatorda tabiiy geografiyaning predmetiga kiritdi.Shuningdek, u sayyoramizning ikkita qobig`ini - umumiy (gazli - qayishqoq, atmosfera) va dengizdan iborat bo`lgan juz’iy qobiqni ajratadi. Avsraliyalik geolog olim Edvard Suess (1831 - 1914) o`zining “Yer qiyofasi” deb nomlangan mashhur asarida (1875) Yer shari qobiqlarining majmuasini ajratadi va A.Humboldtning die Lebensspharyo terminini biosfera deb qayta nomlaydi. U o`zining bu asarida geografik qobiqning poydevorini xosil qiladigan Yer po`stining materiklardagi tuzilishi va rivojlanishi to`g`risidagi fikrlarni umumlashtirgan. Ko`pchilik olimlarning fikriga ko`ra, geografik qobiq to`g`risidagi hozirgi ta`limotning asoschisi P.I. Brounov (1852 – 1927) hisoblanadi. U o`zining “Tabiiy geografiya kursi” deb nomlangan darsligida shunday yozadi: “Tabiiy geografiya Yerning hozirgi qiyofasini, boshqacharoq qilib aytganda Yerning organik olam arenasi bo`lgan tashqi qobigining hozirgi tuzilishini ba unda sodir bo`ladigan hodisalarni o`rganadi…Yerning tashqi qobig`i bir qancha konsentrik sferik qobiqlardan, aynan: qattiq, yoki litosferadan, suyuq, yoki hidrosferadan, va gazsimon, yoki atmosferadan tashkil topgan bo`lib, ularga to`rtinchisi – biosfera ham qo`sxiladi. Barcha bu qobiqlar anchagina darajada bir – biriga kirib turadi va o`zining o`zaro ta`siri bilan Yerning tashqi qiyifasini ham, Yerdagi barcha hodisalarni ham taqoza etadi. Bu o`zaro ta`sirni o`rganish…tabiiy geografiyaning muhim vazifalaridan birini tashkil etadi…” P.I. Brounov, shuningdek, tabiiy geografiya “insonning atrof tabiatini” o`rganishini va “tabiatshunoslikning asosiy predmetlaridan biri, zero u inson va boshqa organizmlarning hayoti kechadigan muhit to`g`risida” talqin qilishini ta’kidlagan edi (Brounov, 1910).Xullas, P.I.Brounov to`rtala sferaning o`zaro ta’siri oblasti bu qobiq ekanligini, ya’ni bir butun hodisa ekanligini va tabiiy geografiyaning vazifasi bu hodisani (qobiqni) o`rganish bilan bog`liq ekanligini birinchi bo`lib aniq ko`rsatdi. Biroz keyonroq R.I.Abolin (1914) “epigenema” tushunchasini kridi, ammo bu tushuncha fanda tarqalmadi. Shved olimi Sten de Geer “Geografiyaning ta’rifi, metodi va tasnifi” maqolasida (1923) geografik qobiqning ob’yekt sifatidagi hozirgi tasavvurga juda yaqin kelgan edi. U geografiyani Yer yuzasidagi hodisalarning hozirgi paytda taqsimlanishini o‘rganadigan fan sifatida belgilaydi; Yer yuzasini litosfera, atmosfera, hidrosfera, biosfera va antroposferaning o‘zaro bir-biriga tegib va qisman bir – birini qoplab turadigan zona sifatida belgilagan edi (Jeyms, Martin, 1988). 1926-yilda V.I. Vernadskiyning “Biosfera” deb nomlangan asari nashrdan chiqdi. Bu asarda jonli moddaning faolligi sababli mavjud bo`lgan sayyoraviy sistemaning bir butunligi yorqin ko`rsatilgan. J.B. Lamark va E.Zyusse tomonidan fanga kiritilgan “biosfera” tushunchasining chegaralarini V.I.Vernadskiy unga litosfera va atmosferaning hayot topilmagan bo`lsada, uning mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan qismlarini ham kiritdi va bu tushuncha butunlay o`zgacha mazmunga ega bo`ldi. Uning fikricha biosfera – sayyoramizning yuzasi, tashqi oblasti bo`lib, uni Koinot muhitidan ajratib turadi. XX asrning 30-yillarida geografik qobiq mavjudligining ilmiy jihatdan asoslanishi va geografik qobiq to`g`risidagi ta’limotni ishlab chiqilishi A.A.Grigoryev (1883-1968) nomi bilan bevosita bog`liq. A.A. Grigoryevning 1925-yilda yozilgan “Tabiiy geografiyaning vazifalari va metodlari” nazariy ishida Yer yuzasidagi qobiq “yaxlit geografik muhit”, uni tashkil etuvchi qismlar (segmentlar) esa “alohida geografik muhit” yoki “geografik landshaft” deb nomlangan. A.A.Grigoryev geofizika va Yer to`g`risidagi boshqa fanlarning yutulariga tayangan holda sayyoramiz yuzasining bosqa qobiqlardan, ya’ni atmosferaning yuqori qatlamlari va Yerning ichki qismlaridan farqlarini va o`ziga xosligini ochib berdi. Yer yuzasini A.A. Grigoryev “tabiiy-geografik qobiq” deb nomladi va bu qobiqni tashkil etuvchi komponentlarni tahlil qilishda ularning bir-biri bilan o`zaro chambarchas bog`liq ekanligini, ulardan har birining xossalari buzilmagan taqdirda bir-biridan mujassam aloqada ekanligini ko`rsatib berdi. Bunday o`zaro ta’sir va aloqa “Yer shari tabiiy-geografik qobig`ining haqiqiy bir butunligini, uning strukturasining ichki birligini va, shu bilan birgalikda, unda kechadigan murakkab kompleks jarayonning birligini belgilaydi” (Grigoryev, 1937). Keyinroq geografik qobiq deb atala boshlagan tabiiy-geografik qobiqning xususiyatlari to`g`risidagi tasavvurni rivojlantirgan holda A.A.Grigoryev uning bir qator farqlarini ham ko`rsatdi.Bu qobiqning tarkibiga har uchala agregat holatidagi moddalar kiradi, boshqa qobiqlarda esa asosab bir agregat holatidagi moddalar kiradi. Boshqa sferalardagi jarayonlar energiyaning faqat kosmik (stratosferada) yoki tellurik (yadrova mantiyada) manvalari hisobiga kechsa, geografik qobiqda jarayonlar energiyaning har ikkala manbai hisobiga kechadi. A.A.Grigoryev dastlab faqat jonsiz tabiat komponentlari orasidagi o`zaro modda va energiya almashuvini geografik qobiq rivojlanishining eng muhim harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblagan. Keyinroq (1956) u bunday kuch geografik qobiqning abiotik va biotik komponentlar orasidagi o`zaro modda va energiyaning almashinuvida ekanligini ta’kidlaydi. Geografik qobiq to`g`risidagi ta’limotning rivojlanishiga A.D.Gojev va S.V.Kalesnik katta hissa qo`shdilar. S.V. Kalesnik (1947) A.A.Grigoryev tomonidan taklif qilingan “tabiiy-geografik qobiq”ni “geografik qobiq” deb nomladi va uning ob’yektiv mavjudligini asoslab berdi. Geografik qobiqning sifat jihatdan o`ziga xosligini S.V. Kalesnik (1955) “…tabiiy geograf o`z fanining ob`ykti sifatida Yer yuzasi to`g`risida so`z yuritarkan, u fizikaviy va matematik yuza to`g`risadigina emas, balki sayyoraning boshqa qobiqlaridan o`zining tarkibi va tuzilishiga ko`ra eng katta murakkabligi bilan farq qiladigan uzviy bir butun moddiy sistemani, Yerning alohida qobig`ini nazarda tutadi. Bu moddiy sistema har bir paytda tashqi tomondan litosferaning relyefi, uning geologik strukturalari va litologik komplekslarining, suv va havo massalarining, tuproq qoplamining va organik olamning keng ma`nodagi ma`lum birikmasini ifodalaydi” deb ta`kidlagan edi. S.V. Kalesnik geografik qobiq uni tashkil etuvchi komponentlarning oddiy yig`indisi emas ekanligiga e`tibor qaratadi. Geografik qobiq “…bu qismlarning birgalikda o`zaro taqozasi mavjudligi va rivojlanishi natijasida tarihan shakllangan sifat jihatdan yangi hodisa”. Yaxlit sistema tariqasidagi geografik qobiqni tadqiq qilish, S.V. Kalesnikka ko`ra, tabiiy geografiyaning predmetini tashkil etadi. Keyinroq S.V. Kalesnik geografik qobiq termini o`rniga (sinonimi sifatida) “landshaft sferasi” terminini qo`lladi……… Y.K.Yefremov (1950) geografik qobiq terminini “landshaft sferasi” termini bilan almashtirishni taklif etdi.Ammo, bu termini qo`llashda ham anglashmovchilik vujudga kelishi mumkin edi. Chunki bir qator geograflar bu termini F.N. Milkov geografik qobiqning eng faol qatlami, “yadro”si uchun qo`llagan “landshaft sferasi” mazmunida qo`llaydilar. I.M. Zabelin (1958) tabiiy geografiyaning ob’yekti uchun”biogenosfera (hayot vujudga kelgan va takror tiklanadigan sfera)” terminini taklif qildi, ammo bu termin ham geografik adabiyotlarda keng tarqalmadi. N.M.Svatkov (1969, 1970, 1974) “geografik qobiq” terminining sinonimi sifatida “simmesfera” terminini qo`llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. U sayyoraviy fazoning geografik zamonning eng qisqa davri bilan bog`liq hajmini “simmesfera” termini, zamonning uzoq geologik davrlari bilan bog`liq hajmini esa “geografik qobiq” termini bilan ifodalaydi. N.A.Solnsev (1977) “geografik qobiq” terminining sinonimi sifatida “Yagona tabiat” terminini qo`llagan edi. Uning fikricha, bir butun hosila bo`lganligi sababli Yerning tabiati juda murakkab, uzluksiz rivojlanadigan sistemadir. Bu sistema uyushuvning kichikroq sistemalari bo`lgan ko`plab o`zaro ta’sirdagi qismlardan tashkil topgan. Geografik qobiqning eng sodda strukturaviy uyushuvi bir qancha juz’iy qobiqlar (litosfera, atmosfera, hidrosfera, fitosfera va zoosfera)ning o`zaro aloqadagi sistemasida ifodalanadi. Shunday qilib, geograflar o`z fanining ob’yektini amalda bir xil mazmunda tushunadilar. Ammo, hanuzgacha terminologiya, ya’ni nomlash to`g`risida yakdillik yo`q. Geografiya fanlari sistemasining ob`yekti sifatidagi geografik qobiqning nomiga nisbatan boshqa turli terminlar ham taklif qilingan. Adabiyotlarda “geografik qobiq” termining sinonimlari sifatida ba`zan “landshaft sfera“ ( Y.K. Yefremov, M.Sinitsin, F.Y.Shipunov, Y.Demek), “landshaft qobig`i” (S.V. Kalesnik, A.G.Isachenko), “geografik sfera (“geosfera”)” (D.L. Armand, V.B. Sochava, E.Neef, A.M. Ryabchikov, J.Shmithyuzen), “biogeosfera” (Y.K. Yefremov), “biogenosfera” (I.M. Zabelin), “epigenema” (R.I. Abolin), “epigeosfera” (A.G. Isachenko), “simmesfera” (Svatkov), “geografik muhit” (A.A. Grigoryev, D.L.Armand), “simmesfera” (N.M.Svatkov), “Yer qobig`i” yoki “Yerning geografik yuzasi” (E.Neef), “sayyoraviy geosistema” (B.V.Sochava), “Yagona tabiat” (N.A.Solnsev) terminlari ham qo`llaniladi. Geografik qobiq bilan bir qatorda, yuqorida ta`kidlangandek, geografiyaning ob`yektini boshqacha tushunchasi ham shakllandi. Bu tushuncha geografiyani boshqa bir butun sistemalar – geografik landshaftlar bilan bog`laydi. Geografik qobiq o`ziga xos moddiy sistema bo`lib, boshqa sferalarning uning doirasidagi o`zaro ta`siri Yer yuzasining har bir nuqtasida ham sodir bo`ladi. E.Neyefning (1974) fikricha, bu hodisada geografik qobiq doirasida materiya uyushuvining umumiyligi turadi. Shu bilan birga Yer yuzasining turli joylarida bu moddiy sistema mutlaqa turli xil moddiy komponentlardan va ularning muayyan tartibdagi birikmalaridan tashkil topgan. Shunday qilib, geografik qobiq uyushuvining umumiy tamoyili juda ko`p sonli muayyan tartibdagi birikmalarda o`z ifodasini topadi. Yer yuzasidagi bunday joylar “landshaft” deb nom olgan. Demak, geografik qobiqni va landshaftni bir-biridan ajratish mumkin emas, chunki ular Yer yuzasi moddiyligining shakllaridir. Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlarini belgilash uchun landshaft tadqiqotlari ayniqsa katta ahamiyatga ega. Shu sababli geografik qobiq Yer yuzasini ifodalasa, landshaft uning hududiy qismlaridir. Landshaftlarning majmuasi geografik qobiqni xosil qiladi, geografik qobiq esa landshaftlarda mujassamlashadi. Geografiyaning tadqiqot amaliyotiga sistemali yondashuvning keng tadbiq etilishi bilan bog`liq holda turli xildagi va kattalikdagi hududiy geosistemalar, ularnning shakllanishi, tuzilmasi, dinamikasi, tarixiy rivojlanishi va kelgusidagi o`zgarishlari geografiyaning predmeti deb tan olindi. Geosistemalar atrof muhitni va geografik qobiqni yaxlit moddiy sistema sifatida shakllantiradi. Tabiiy geografiya landshaftlarni (geosistemalarni), ularning ayrim elementlarini va ichki tizimli o`zaro ta`sir mexanizmini o`rganadi. U tabiiy fanlarning ma`lumotlarini birlashtiradi. Bunday birlashtirish geoekologik tahlilning jarayonshunoslik nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Barcha fanlar sistemasidagi kabi, geografiya fanlari sistemasining o`rganish ob`yektini geografik qobiq tashkil etadi va barcha geografik fanlar shu qobiq doirasida faoliyat ko`rsatadi; shu qobiqning ayrim tomonlarini, jihatlarini o`rganish geografik fanlarning predmetlarini tashkil etadi. Geografiya fanlari sistemasining ichki birligi uning barcha a`zolarining umumiyligi, ularning tadqiqot predmetlari (y`ani landshatlar (geosistemalar) va ularni tashkil etuvchi komponentlar) orasidagi ob`yektiv o`zaro aloqalardan kelib chiqadigan e`tiborning umumiyligi va, nihoyat, geografik qobiq doirasida jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro ta`sir sajiyasini belgilash va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etishdan iborat bo`lgan pirovard maqsadlarining umumiyligi bilan ta`minlanadi Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling