Reja: Xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, mazmuni va vazifalari


Download 18.33 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi18.33 Kb.
#1480156
Bog'liq
14-Mavzu. Xizmat ko\'rsatish va boshqa tarmoqlarda xarajatlar hisobi


14-mavzu. Xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda xarajatlar hisobi.
Reja:
1. Xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, mazmuni va vazifalari.
2. Xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi

  1. Xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, mazmuni va vazifalari.

Ishlab chiqarish хarajatlarining hisоbini to‘g‘ri tashkil etish uchun ularning qaysi ishlab chiqarishga tеgishli ekanligini bilish zarur. Ishlab chiqarishdan оlinadigan mahsulоt va bajariladigan ishning qanday maqsadga mo‘ljallanishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: asоsiy sanоat, yordamchi ishlab chiqarish, хizmat ko‘rsatuvchi, ishlab chiqarish va хo‘jaliklar.
Sanoat ishlab chiqaruvchilariga xo‘jalikning uzida isteʼmol qilinadigan maxsus maqsad uchun mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaradigan yoki asosiy mahsulotlarni qayta ishlaydigan korxonalar (g‘isht zavodi, paxta tilish, tegirmoni, konserva sexi, moyjuvoz, objuvoz va xokazo)
Yordamchi ishlab chiqarishga asosiy va sanoat ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarishlar (taʼmirlash ustaxonalari, ot-ulov transporti, elektr tarmogʼi taʼminoti, suv taʼminoti va X.k) kiradi.
Xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va xo‘jaliklarga xodimlar maishiy ehtiyojlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va ishlab chiqarishlar, oshxona, bolalar bog‘chasi va yaslilari, novvoyxona, taʼmirlash va tikuvchilik ustaxonalari, hammom va kirxona, sartaroshxona va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari kiradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlari (material, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma) va egri ishlab chiqarish sarflaridan tashkil topadi. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning bajargan ish va xizmatlarini tannarxi xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun bevosita sarflanadigan xodimlarning ish haqlari, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ustama xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan material xarajatlardan tashkil topadi.

Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining maqsadi va vazifalari Hozirgi paytda turli-tuman mulk shakllari paydo bo‘lmoqda, davlat mulki xususiylashtirilmoqda, xissadorlik jamiyatlari hamkorligidagi korxonalar, kichik korxonalar vujudga kelmoqda.


Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqikiy tannarxini hisoblashish hamda korxona resurslari va pul mablag‘laripi ishplatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda buxgalteriya hisobi islohotini amalga oshirish eng asosiy masalalar bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Avval 1992 yilda keyinchalik 1999 yilda «Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va comi xarajatlari tarkibi uamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomnig qabul qilinishi mamlakatimiz buxgalteriya hisobida tubdan o‘zgarish bo‘lishiga sabab buldi. Ushbu Nizom xarajatlarning mohiyati, korxonaning hisobot davridagi foydasi bilan bog‘liqligidan kelib chiqib taqsimlashni belgilab berdi.



  1. Xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi.



Xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda ham ishlab chiqarish xarajatlari hisobi tasnifi, guruhlari va aniq moddalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5- fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi.
Download 18.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling