Btc 22-33 guruh janni radari ijodi


Download 0.73 Mb.
Sana07.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1245810
Bog'liq
baxromova tillaxon adaabiyot fanidan 2 chi slaydi

BTC 22-33 GURUH janni radari ijodi

Tuzuvchi:Baxromova T

Teksshiruvchi:Umirova

Reja:


1.Janni Radari hayoti haqida
2.Janni Radarini yaratgan asarlari
3.xulosa

janni radari hayoti haqida

Janni Rodari 1920-yil 23-oktabrda Italiya shimolida, Alp tog‘lari etagida joylashgan Omenya shaharchasida dunyoga keldi. Uning otasi Juzeppi Rodari shirin kulchalar pishiruvchi novvoy bo‘lib, novvoyxona va do‘kon sohibi edi. Jannining butun yoshligi olov jizillab turadigan tandir, un va ko‘mir solingan qoplar orasida o‘tdi. Otasi vafot etgandan keyin oila boshiga og‘ir kunlar tushadi. Onasi bir boyning uyida oqsochlik qila boshlaydi.

Tirikchilik og'irlashgach, ularning oilasi boshqa shaharga ko'chib ketadi. Janni bolaligida qo'g'irchoq yasovchi usta yoki rassom bo'lishni va boshqa qiziqarli kasblarni egal-lashni orzu qilgan edi. Biroq kambag'allik tufayli o'zi orzu qilmagan diniy maktabga o'qishga kirishga majbur bo'ladi. Chunki bu yerda o'quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin berilar edi. Shunday bo'lsada, Rodari bu maktabda ikki yildan ortiq o'qiy olmaydi.

Yosh Janni universitetga o'qishga kiradi. Ayni vaqtda boshlang'ich maktabda o'qituvchilik bilan shug'ullanadi.

Maktabdagi o'quv jarayoni, bolalar bilan yaqindan muloqotda bo'lish, ularning fe'1-atvori, qiliqlari, qiziqishlarini chuqur o'rganish Rodarining bolalar yozuvchisi sifatida shakllanishida jiddiy omil bo'ldi deya olamiz.

U dunyoni bolalardek ma’sum nigoh bilan ko‘ra olardi. Buning natijasi o‘laroq, 1948 yilda Rodari “Unita” gazetasiga muxbir bo‘lib ishga kirib, o‘sha yildan e’tiboran kichkintoylarga atab kitoblar yoza boshlaydi. 1951 yilda uning ilk kitobi “Quvnoq she’rlar” dunyo yuzini ko‘radi. So‘ng adib butun dunyo bolalarining mehrini qozongan “Chipollinoning sarguzashtlari” asarini yaratadi. Bu asar asosida dastlab multfilm, keyin esa badiiy filmlar suratga olinadi. Janni Rodari ijodiyotning o‘ziga xos qoida-yu qonuniyatlarini, «xayolot grammatikasi» ni ishlab chiqishni orzu qilgan ediki, bu usul yordamida o‘zida ijodiy imkoniyatlarni his qilgan har qanday kishi rassom, yozuvchi, san’atkor, ijodkor bo‘lishi mumkin edi. Janni Rodari atoqli bolalar yozuvchisi, shoiri bo‘libgina qolmasdan, balki katta jurnalist, olim, jamoat arbobi ham edi.

Janni radari yaratgan asarlari

Ertaklar – xayolot mahsuli. Deyarli barcha ertaklardagi umumiy jihat shundaki, ushbu janrga mansub asar qahramonlari og‘ir vaziyatga tushib qolganlarida, chigal muammoga duch kelganlarida, ularga qayerdandir madad yetib keladi. J. Rodarining «Hurishni eplolmagan kuchukcha» va «Shahzoda Plombir» ertaklari ham ana shunday voqealar zaminiga qurilgan. Avvalo, «Hurishni eplolmagan kuchukcha» ertagiga to‘xtalaylik. Bu ertak zamirida ham chigal muammoni qanday hal etish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Janni Rodari «Uchtadan oxiri bor ertaklar» turkumi bilan jahon ertakchiligida yangi bir usulni yaratdi.

Bu yangilik shundan iborat ediki, ularda voqealar o‘zining boshqasidan tubdan farq qiladigan mazmunmohiyatiga ega bo‘ladi. Ushbu turkumga kirgan «Sehrli nog‘ora», «Ayyor Buratino», «Sahrodagi uy», «Milanda yog‘gan shlyapa yomg‘iri», «Rinaldoning sarguzashtlari» kabi o‘quvchini o‘ta qiziqtiruvchi ertaklarning barchasi uch xil yakun topadi.

«Hurishni eplolmagan kuchukcha» ham shu turkumga mansubdir. Ertakda tasvirlanishicha, bir kuchukcha aslida hurishi lozimligini eshitgani holda, uning qanday bo‘lishini tasavvur qila olmaydi. Qolaversa, o‘zining qaysi zotga mansubligi, nima bilan shug‘ullanishi lozimligini uzoq vaqt anglay olmay sarson bo‘ladi. Kimdir unga «Kuchuk degani huradi-ku» deb ta’na qilganda, yordam so‘rab xo‘rozga, kakkuga, sigirga murojaat qiladi. Biroq ular o‘z tabiatlariga ko‘ra nimaga qodir bo‘lsalar, kuchukchaga shuni o‘rgatadilar: kuchukcha ular «yordamida» xo‘rozday qichqirishni, kakkuday sayrashni, sigirday mo‘rashni o‘rganib oladi, o‘zicha bu hunarlar orqali mashhurlik darajasini egallayman, deb xomxayolga beriladi. Bir dehqon qo‘liga tushganda esa, uning umuman hurmasligi evaziga bo‘yniga zanjir osiladi, har kungi nasibasi bir parcha suyak bo‘ladi.

Nihoyat, kuchukcha ovchi itning ko‘magi bilan o‘z mashg‘uloti «vovullash»dan iborat ekanini tushunib yetadi va vovullab rohatlanadi. Bu, albatta, ertakning yuzaki mazmunidir.

Buyuk adib ushbu ertak bilan nima demoqchiligiga e’tibor bering. «Men astoydil ertakning uchinchi tugashini yoqlayman. Inson uchun, avvalo, yaxshi bir ustoz darkor».

xulosa

An’anaviy xalq ertaklarida og‘ir vaziyatga tushib qolgan qahramonga, aytilganidek, hayvonlar, qushlar, sehrli tayoqcha va qalpoqcha yordamga kelishadi. J. Rodarining ushbu ertagi esa zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Unda bugungi uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib to fazoviy kemalargacha bo‘lgan ashyolarni uchratamiz. Demak, har qanday zamonda ham insonning qadri oddiy ashyolardan baland turadi, har qanday davrda ham kimgadir yaxshilik qilish eng go‘zal fazilat bo‘lib qolaveradi, degandek bo‘ladi Janni Rodari.

Xulosa qilib aytganda, butun dunyo bolalarining sevimli yozuvchisiga aylangan J. Rodarining sanab o‘tilgan ertaklari, xususan, «Shahzoda Plombir» asarini topib o‘qish Sizga olamolam zavq berishi shubhasiz.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling