Reja: Xo`jalik faoliyatini tahlil qilish turlarini turkumlash va ularning boshqaruv funktsiyalari
Download 55.37 Kb.
|
11-Mavzu Tezkor tahlilni tashkil etish va uning axborot manbalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. Tahliliy hisoblar va tahlil natijalarini rasmiylashtirish
11. Tahliliy hisoblar va tahlil natijalarini rasmiylashtirish Hisobot ma'lumotlarini tahliliy jihatdan qayta ishlash usul-laridan biri tahliliy jadvallarni tuzish hisoblanadi. Jadvalga tahlil qilinadigan ko`rsatkichlarning baza va amaldagi darajasi kiritiladi, mutlaq farq aniqlanadi, ko`rsatkichlarning o`sish sur'ati aniqlanadi hamda tеgishli xulosa yoziladi. Tahliliy jadvallarning ustunligi va afzalligi shundan iboratki, u ham bo`lsa, ko`rsatkichlarning o`zaro bog`lanishi juda ham aniq va ko`rgazmali tarzda namoyon bo`ladi. Tahlilning so`nggi bosqichi uning natijalarini rasmiylashtirish hisoblanadi. Tahlil natijalariga asoslangan holda ma'lumotnoma yoki izohnoma yoziladi. Izohnomada korxona va tashkilotlarning xo`jalik faoliyatida qo`lga kiritilgan yutuqlari va yo`l qo`ygan kamchiliklarini bartaraf qilish yo`llari ko`rsatiladi. Bu o`rinda ayniqsa, aniqlangan ichki xo`jalik rеzеrvlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish yo`llari ko`rsatiladi. Izohnoma juda ham qisqa va mazmunli bayon etilishi lozim. Iqtisodiy tahlil qilish jarayonida turli usullar va metodikalar qo‘llaniladi. Bu usul va metodikalardan foydalanish jarayonida tahlil metodining asosiy jihatlarining kompleksligi va tizimlashganligi yaqqol ko‘rinadi. Xo‘jalik jarayonlari umumiy birligi, o‘ziga xos tuzilish va tarkibga egaligi hamda murakkab tavsifdagi o‘zaro bog‘liqligi tahlil usullari va metodikalarini qo‘llashda asosiy e’tiborda turadi. Tahlilning usul va metodikalarini qo‘llashda korxonaning xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatini bir butun tizim ekanligi, uning umumiy yakuniy natijasi mavjudligi nazarda tutilgan holda faoliyatning turli tomonlari va elementlari ham alohida, ham birgalikda o‘rganilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi, biri ikkinchisining ta’siridan kelib chiqishi, ya’ni ketma ketligi aniqlanib, barcha omillar asosiy hamda asosiy bo‘lmagan guruhlarga bo‘linib, ular o‘zaro uyg‘unlashtirilgan hamda tizimga solingan holda yakuniy natijaga omillarning birgalikdagi bevosita va bilvosita ta’siri hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilning usul va metodikalarini shartli ravishda an’anaviy va matematik guruhlarga ajratish mumkin. Iqtisodiy tahlil paydo bo‘lgandan buyon qo‘llanilib amaliy tajribada keng foydalanib kelinayotgan usul va metodikalar birinchi guruhni tashkil etadi. Ularga misol qilib taqqoslash, guruhlash, mutlaq, nisbiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash, indeks, balans hamda zanjirli bog‘lanish va shu kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Matematik usullarning yuzaga kelishi esa iqtisodiy axborotlarni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalarni tez va aniq hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrelyatsiya, regressiya, integral, nazariy o‘yin, matematik dasturlash va shu kabilar matematik usullarga misol bo‘ladi. Taqqoslash – inson atrof-muhitni anglay boshlagan usullardan biri bo‘lib, undan doimo foydalaniladi. Uning muhimligi quyidagi naqlda ham qayd qilinadi: «Barcha narsa qiyoslashda anglanadi». Bu usul iqtisodiy hodisalar tadqiqida ham keng tarqaldi: baholash uchun qo‘llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam, nazorat va prognoz xuddi shunday boshqalar bilan taqqoslashdagina ahamiyatlidir. Taqqoslash mohiyati – turdosh obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida qiyoslashdir. Ular yordamida umumiy va xususiy iqtisodiy hodisalarni taqqoslash bajariladi, o‘rganilayotgan obyektlar darajasida o‘zgarishlar, tendensiyalar va ularning rivojlanish qonuniyatlari, ularning o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalari o‘rnatiladi. Texnologik taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat: taqqoslanadigan obyektlarni tanlash, taqqoslash shaklini tanlash (dinamik, makoniy), taqqoslash bazasini tanlash (o‘tgan davr, hisobot davr rejasi, etalon korxona), obyektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko‘rsatkichlar sonini hamda taqqoslash shkalasini tanlash. Iqtisodiy tahlilda qiyosiy tahlilning quyidagi shakllari farqlanadi: gorizontal va vertikal, dinamik va statik, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli. Gorizontal qiyosiy tahlil o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o‘tgan davr, o‘rtacha daraja, fan va ilg‘or tajriba yutuqlari) mutlaq va nisbiy og‘ishlarini aniqlash uchun foydalaniladi. Vertikal qiyosiy tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning strukturasi va jarayonlarning qismlari hamda umumiy solishtirma salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan (o‘z kapitalining umumiy kapitaldagi solishtirma salmog‘i), butun va qism nisbatlari (masalan, o‘z va qarz kapitali, asosiy va aylanma kapital), shuningdek, omillarning natijaviy ko‘rsatkichlarning darajasiga ta’sirini mutanosib omilning oldingi va keyingi o‘zgarishlari miqdorlariga taqqoslash yo‘li bilan o‘rganiladi. Trendli tahlil bazis yil darajasiga nisbatan qator yillar uchun nisbiy o‘sish sur’ati va ko‘rsatkichlarning o‘sishini o‘rganishda qo‘llaniladi, ya’ni ko‘rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalari tadqiq qilinadi. Dinamik taqqoslash o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning vaqtda o‘zgarishini o‘rganish uchun statik taqqoslash – turli xo‘jalik subyektlari bir davr bo‘yicha ko‘rsatkichlar darajasini baholash uchun qo‘llaniladi. Bir o‘lchovli tahlilda bir obyektning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki bir nechta obyektlarni bir ko‘rsatkich bo‘yicha taqqoslash bajariladi. Ko‘p o‘lchamli qiyosiy tahlil yordamida bir nechta korxonalar (bo‘linmalar) keng spektrli ko‘rsatkichlar bo‘yicha faoliyati natijalari taqqoslanadi. Qisqa xulosalarUshbu mavzuni o`rganish natijasida talabalar iqtisodiy tahlilning turlarini turkumlash, ularni umumlashtirish va bir tizimga kеltirish hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish yo’llarini hususan rеtrospеktiv (joriy), tеzkor, istiqbol, moliya iqtisodiy, tеhnik iqtisodiy, taqqoslama va funktsional qiymat tahlilini o`tkazish usullarini, iqtisodiy tahlilda qo`llaniladigan asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlarni axborot manbalarini, qo`llaniladigan ma`lumotlar manbalarining to’g’riligini tеkshirish usullarini, ma'lumotlardan tashqi va ichki foydalanuvchilariga qanday maqsad uchun kеrakligini, tahlil natijalari qanday rasmiylashtirish kabilarni bilishlari kеrak. Download 55.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling