Reja: Xristianlikning vujudga kelishi; Pravoslav oqimi; Katolik oqimi
Download 198.91 Kb. Pdf ko'rish
|
Xristianlik dini REFERAT
Pavlusning sifatlari
Pavlusning maktublarida tartiblangan va «H.F.» kitobida zikr qilingan holatlari va so‘zlaridan uni ajratib turuvchi uchta sifati yaqqol ko‘zga tashlanadiki, bular uni masihiylikka da’vat qiluvchilarning yo‘lboshchisi bo‘lishiga olib bordi. Birinchi sifati: U doimiy serharakat, charchamaydigan serquvvat va erinmaydigan shaxs bo‘lgan. Ikkinchi sifati: U pishiq, hiylasi o‘tkir, fikrlash doirasi kuchli, har ishni g‘oyatda o‘tkirlik bilan hal qiluvchi va ustalik bilan amalga oshiruvchi shaxs bo‘lgan. Uchinchi sifati: U ko‘pchilik qalbiga ta’sir qila oluvchi va ularning xohish-istaklarini egallay oluvchi shaxs bo‘lgan. Pavel ana shu a’lo sifati va o‘tkir qudrati bilan masihiy da’vatchilarning mehr markazi bo‘lishga, o‘zining ra’y-fikrlarini masihiylarga farz etish va uni din qilib olishlariga, uning so‘zini hujjat qilib olishlari va Xudodan kelgan vahiy deb tan olishlariga erisha oldi. Pavlus ana shunday ajoyib sifatlari bilan do‘st Barnaboni Iso Masihni ko‘rganiga ishontira oldi va shogirdlar o‘rtasida birinchi darajani egallashga erishdi, vaholanki, u ularga fitna, balo va shaytonning hiylasi bo‘lib kelgandi. Ana shunday kuchli sifatlar bilan u havoriylarni uning o‘tmishini unutishlari va uni faqat yaxshi inson deb qabul qilishlariga erisha oldiki, hatto ko‘pchilik ichida uning so‘zini rad qila olmay qoldilar. Hatto borib-borib hozirgi masihiylik Pavel tabiatining ko‘chirmasiga aylandi qoldi. Dinlar borasida shug‘ullangan va undagi shaxslarning holatlari va tutgan mavqelarini biladigan kishilar gohi: «Qanday qilib bir dinga kofir bo‘lgan odam hech qanday turtkisiz bir yumalab shu dinga qattiq e’tiqod qilish holatiga o‘tib qoldi?» deb ajablanadilar. Bunga uncha ajablanmasa ham bo‘lar edi, qachonki bu kufrdan iymonga o‘tishning o‘zidangina iborat bo‘lsa. Chunki bunga misollar ko‘pdir. Lekin hammadan ajablanarlisi bir shaxsning bir dinga nisbatan mutlaq kufrdan, o‘zi kofirlik qilgan, qarshi chiqqan, dushmanlik qilgan xuddi shu dinga payg‘ambarlik darajasiga ko‘tarilishidir. Mana buning o‘xshashi ham, misoli ham ko‘rilmagan, bu narsa hech bir nabiy va rasulda sodir bo‘lmagan hodisadir. Mana masihiylar o‘zlari iymon keltirib rivoj qiladigan yahudiylar Tavroti, qadimgi Ahd kitoblaridan biror-bir payg‘ambarning hayotining avvalida vahiyni qabul qilishga tayyorgarligi bo‘lmay, ilhom ahlidan bo‘lishi uchun pokiza nafsli bo‘lmay elchilik vazifasiga tayinlanganini bizga zikr qila oladilarmi? Payg‘ambarlikdan ilgari uning alomati mavjud bo‘lmas ekan hech, bo‘lmasa unga qarama-qarshi turish sodir bo‘lmagan bo‘lishi kerak-ku! Lekin hayratomuz Pavlus o‘z zamonida bu taajjubni engib, o‘zidan keyin masihiylarni unga so‘zsiz itoat etishga majbur qila oldi va uning so‘zlari, ra’y-fikrlari hamda ta’limotlarini o‘rganayotganlarida aqlni unutib qo‘yishlariga imkon topa oldi. Garchi Pavlusning zakovati va ustaligi ko‘pchilikning aql ko‘ziga parda tortgan bo‘lsada, masihiylar ichida uning so‘zlariga qarshi kuchli mulohaza bildirib inkor qiluvchi va botilga chaqiruvchi kishilar ham bo‘lgan. Ruhoniy Abdulahadning so‘zini keltiramiz: «Yangi ahd» kitoblaridan 15 ta maktub ushbu (Pavel) ismini o‘z ichiga oladi. Agar sen hozirgi masihiylikning haqiqiy muassisi Pavlus desang hayratga o‘rin yo‘qdir. Benyamin urug‘idan, farziylar mazhabidan hamda zamonasining olimlaridan birinchi shogirdi bo‘lgan... Tarslik yigit SHoul Iso nomini va unga ergashganlarni er yuzida yo‘q qilib yuborish yo‘lida bor kuchini sarf qilgan. O‘zining Nazaretlik dushmanini (ya’ni Isoni) peshin payti osmondan tushgan nur atrofini yoritib yuborganda ko‘rgan bu yigit hidoyat topdi va Pavlus deb nomlandi. Ana u Isaviylik asosini qo‘ygan kishidir. O‘rta Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini. XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va O‘rta Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddaviylar, bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lgan. O‘rta Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o‘rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda provoslav metropoliyasi bo‘lgan. Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylanadi. Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston territoriyasida IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan. Bibliya. Bibliya, yahudiylik va xristianlik dinlari ta’limotiga ko‘ra, u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir. Uning tarkibiga kirgan yahudiy diniga talluqli kitoblar «Qadimiy ahd» deb, xristian talimotiga tegishli kitoblar «Yangi ahd» deb nomlanadi. Yahudiy va Xristian bibliyalari bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi Qadimiy Isroil va Qadimiy Yahudiylarning diniy talimot va urf-odatlari asosida eramizdan avalgi XIII asrda yozilgan bo‘lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar xristianlar esa yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar. Bibliya so‘zining grekchadan tarjimasi biblia - kitob, o‘ram ma’nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha Qadimiy ahdda 24 ta kitob bo‘lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha 22 ta kitob bo‘lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o‘rtasidagi tafovutni keyinchalik ba’zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo‘linib ketganligi bilan izohlash mumkin. Masalan, «Musoning besh kitobi» avval bir butun bo‘lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, «kichik payg‘ambarlar kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan. Yahudiylar Qadimiy Ahdni 3 qismga bo‘ladilar: birinchisiga «Musoning besh kitobi» - «Tora» («Tavrot»); ikkinchisiga «Payg‘ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari (Netiim); uchinchisiga qolgan kitoblar (Ketubim). Xristianlar Qadimiy Ahdni «Rivoyatlar kitoblari», «Ta’limotlarga kitoblari»ga, «Payg‘ambar kitoblari»ga bo‘lishadi. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini ham shunday tasnif qiladilar. «Rivoyatlar kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati» kitoblari kiradi. «Ta’limotlar»ga «Havoriylar maktublari» kiradi, «Payg‘ambarlar kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi. Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo‘linadi. Uning hozirgi qabul qilingan bo‘linishi Nenterberiya episkopi Stefan Langton (vafoti 1228 y.) tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo‘lib chiqdi va bu narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar avval Santes Panino (v. 1541 y.) keyinchalik 1555 yilarda Robert Etenlar tomonidan raqamlandi. Tavrot. Musoga tegishli bo‘lgan, besh kitob «Tavrot» deb ataladi va u quyidagi kitoblarga bo‘linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun». Injil. Injil - xushxabar ma’nosini anglatadi. Yangi ahd tarkibiga kirgan Injil 4 ga bo‘linadi. 1) Matvey injili; 2) Marko injili; 3) Luka injili; 4) Ioann injili. www.rishton7m.zn.uz telegram.me/rishton7 Download 198.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling