Reja: Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning mazmuni va mohiyati


Download 163.71 Kb.
bet5/7
Sana14.12.2022
Hajmi163.71 Kb.
#1001912
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bh xususiy

Ismi, shariflari

Qo‘shgan mablag‘, so‘mda

Ulush salmog‘i, %

1

XASANOV U. M.

650 000 000

46,43

2

XASANOV A. M.

400 000 000

28,57

3

XASANOVA K M.

350 000 000

25,0




JAMI

1400 000 000

100

Ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan summada, ustav kapitali to‘liq shakllantirilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari:



Muomala mazmuni

Summa, ming so‘m

Debet

Kredit

1

Ro‘yxatdan o‘tkazish paytida MChJ ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi

1400 000

4610

8330

2

“Zil-130” markadagi yuk mashinasi kirimga olindi

150 000

0820
(0160)

4610
(0820)

2

Mebel va ofis jihozlari

50 000

0140

4610

3

Noutbuk kelib tushdi va kirimga olindi

10 500

0820
(0150)

4610
(0820)

4

Ishlab chiqarish maqsadida omborga xom ashyo va materiallar qabul qilindi

50000

1010

4610

5

Ta’sischilar qarzlarini naqd pulda bankdagi hisobraqamiga to‘ladi

1 139 500

5110

4610

Ustav kapitalini shakllantirishning cheklangan muddati davlat ro‘yxatidagi o‘tkazilgan paytdan boshlab, agar boshqa holatlar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir yildan oshmasligi lozim. Mazkur davr mobaynida MChJ a’zolari tomonidan o‘z ko‘yilmalari kiritilmagan hollarida, agarda ta’sis hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular muddati uzaytirilgan to‘lovlar summasi 25% yillik to‘lov to‘laydilar.
A’zolar jamiyatga o‘z mol-mulklarini kiritganlaridan keyin ular o‘zlarining yakka tasarruf etish huquqini yo‘qotadilar. Mol-mulk yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aktiviga aylanadi, sheriklarning barchasi birgaliqtsa egalik qilishga o‘tadilar.
Bunday badallarning har biri muassislar majlisining bayonnomasida rasmiylashtiriladi., bu esa aktiv belgilanishi va baholanishiga barcha mulkdorlarning roziligini ifodalaydi.
Mustaqil malakali baholovchi tomonidan kiritiladigan mol-mulkni baholashni amalga oshirish davlatga yoki qisman qarashli bo‘lgan baholash ob’ektlari bitimga jalb etiladigan hollarda majburiy hisoblanadi. Shuningdek, Fan va texnika Davlat Qo‘mitasining xorijiy investi-tsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ustav fondiga kiritiladigan nomoddiy aktivlar toifasiga tegishli bo‘lgan intellektual mulk va boshqa ob’ektlarni baholash to‘g‘risidagi xulosasi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini o‘zgartirishga faqat muassislar karoriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi, bunda ustav kapitali o‘zgargani haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilish hamda ta’sis hujjatlarini qayta ro‘yhatdan o‘tkazish lozim.
Ustav kapitalining kamaygani to‘g‘risida MChJ karori bu hakda axborot e’lon qilinganidan so‘ng kamida uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi davlat organlarida ro‘yxatga olinishi bilan tasdiqdangan muassislarning tegishli qarorlarisiz ustav kapitalining o‘zgarishi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettira olmaydi.

Download 163.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling