Reja: Yangi O'zbekiston bosib o'tayotgan yo'l
Download 162.5 Kb.
|
O\'ZBEKISTONNING HOZIRGI PRIZEDINTI SHAVKAT MIZIYOYEVNING YANGI O’ZBEKISTON HAQIDAGI MANBALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangicha boshqaruv, yangi strategiya va yangi imkoniyatlar
MAVZU: O'ZBEKISTONNING HOZIRGI PRIZEDINTI SHAVKAT MIZIYOYEVNING YANGI O’ZBEKISTON HAQIDAGI MANBALARI REJA: 1. Yangi O'zbekiston bosib o'tayotgan yo'l 2. Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi 3. Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat Yangi O'zbekiston bosib o'tayotgan yo'l O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari keng jamoatchilik — davlat va jamoat arboblari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a'zolari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san'at vakillari, umuman, xalqimiz tomonidan katta qiziqish va e'tibor bilan o'rganilmoqda. Yangicha boshqaruv, yangi strategiya va yangi imkoniyatlar Bugun O'zbekiston o'z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Bu yo'lda u jahonning ko'plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do'stona hamda o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti. Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon bo'lmoqda. Qisqa davr ichida O'zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga asos bo'luvchi ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. SHunga monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo'yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e'tirof etmoqda. Prezidentimizning “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muhariri bilan suhbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlar, tashqi va mintaqaviy siyosati haqida batafsil so'z yuritilgan. Yana bir muhim xususiyati shundaki, unda Yangi O'zbekiston — demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlat ekani alohida qayd qilingan. Bu demokratik o'zgarishlar esa kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, balki xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o'ylab, milliy manfaatlarimiz yo'lida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir. Yangi O'zbekiston iborasida haqida to'xtalganda, eng avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash ko'z oldimizda gavdalanadi. O'tgan besh yilda bu borada qilingan ishlarni sanab adog'iga etolmaysiz. endi ko'p yillardan buyon odamlarni qiynab kelgan elektron kartochkadagi pullarni bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish, milliy valyuta kursining “qora bozor”da — bir xil, banklarda esa boshqacha bo'lishi, xorijiy val yutalarni sotib olish, fuqarolikka ega bo'lish, O'zbekistonning istalgan hududidan uy-joy va mol-mulk sotib olish hamda ularni ro'yxatga qo'yish bilan bog'liq qator muammolar tarixda qoldi. So'nggi besh yilda davlatimiz rahbarining mustahkam siyosiy irodasi tufayli tadbirkorlar o'z biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi- yangi imkoniyatlarga ega bo'lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo'jaliklari o'zlari etishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlarini safarbar etayotgani hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga ko'tarilib borayotganidan dalolat beradi. Suhbatda mamlakatimiz qishloq xo'jaligi bo'yicha ulkan salohiyatga, qadimiy tajriba va boy an'analarga egaligi, ammo uzoq vaqt mobaynida ushbu tarmoqda bozor iqtisodiyotiga xos yondashuv va moddiy rag'batlantirish mexanizmlari joriy etilmagani, uni rivojlantirishga mablag' va ilmiy innovatsiyalar etarlicha jalb qilinmagani haqida ham so'z yuritilgan. Bu esa endi aqlimizni, intellektual salohiyatimizni, bilim va tajribamizni oshirishimiz, aynan ana shu omillarni iqtisodiy o'sish nuqtalari va resurs manbalariga aylantirish lozimligini anglatadi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bu nimaning hisobidan bo'ladi? Albatta, bunga bilim va tajriba, tinimsiz o'qib-o'rganish, izlanish, yangilikka intilish, yuqori texnologiyalarni joriy etish, islohotlarni samarali olib borish hisobidan erishish mumkin. Shu sababli yurtimizda agrar sektorni yalpi va tizimli transformatsiya qilish boshlandi. Ushbu sohani iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish — bosh maqsad bo'lib, shu maqsadda 2020-2030-yillarga mo'ljallab ishlab chiqilgan Qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasida tarmoqni rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar aniq-ravshan belgilab qo'yildi. Xususan, qishloq xo'jaligi, oziqovqat sektori va qishloqlarni yaqin o'n yilda jadal taraqqiy ettirish rejasi ko'zda tutildi. Agrar sohada ishlarni butunlay yangi asosda tashkil etish orqali tarmoqning samaradorligi va raqobatdoshligini oshirish, ushbu yo'nalishda minglab yangi ish o'rinlari yaratish va qishloq joylarda odamlarning hayot darajasini yuksaltirish sari muhim qadamlar qo'yilmoqda. Albatta, 35 milliondan ortiq aholiga ega bo'lgan, o'tgan davrda ko'plab muammolar to'planib qolgan mamlakatning taqdiri va kelajagini belgilash borasida to'g'ri yo'l tanlash – bu davlat rahbaridan ulkan aql-zakovat, bilim va tajriba, mustahkam iroda, jasorat va azmu shijoatni talab etadi. Ayni vaqtda tanlangan rivojlanish yo'lini ijtimoiy institutlar, ta'sirchan mexanizmlar orqali hayotga tatbiq etish, odamlarni islohotlarning maqsadi va natijasiga ishontirish, butun jamiyatni ruhlantirib, ulug' maqsadlar sari safarbar eta olish – yanada murakkab vazifa, desak, har tomonlama to'g'ri bo'ladi. Bularning barchasi O'zbekiston o'z milliy taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ygan keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan siyosiy-ijtimoiy makonda amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar keng ko'lam kasb etib, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotganidan hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga ko'tarilib borayotganidan dalolat beradi. Ta'kidlash joizki, tarixiy jarayonlarning qaynoq izlarini o'zida mujassam etgan ushbu keng qamrovli maqola mard va olijanob xalqimiz Prezident SHavkat Mirziyoev rahbarligida keyingi yillarda qanday og'ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli rivojlanish yo'lini bosib o'tayotganini, o'z kuchi, o'z salohiyati bilan yangi O'zbekiston davlatini barpo etayotganini bamisoli ko'zgudek yorqin aks ettiradi. Bugun barcha vatandoshlarimiz boshlangan yangicha islohotlarni yanada shiddat bilan davom etishini istaydi, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. SHavkat Mirziyoev esa yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muallifidir. Xalqimiz, saylovchilarimiz oldida 2016 yil dekabrdagi Prezidentlik saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar to'la-to'kis ijro etilishi yuzasidan hisobdormiz. Saylovoldi dasturidagi eng muhim yo'nalishlar 2017–2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi asosida besh yil davomida muvaffaqqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Har bir sohada mazkur strategiyasiga muvofiq, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, ma'muriy islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni e r k i n l a sh t i r i sh , qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni shakllantirish, o'zaro manfaatli tashqi siyosatni amalga oshirish bo'yicha tizimli choralar ko'rildi. Bu ishlarda shaxsan davlatimiz rahbari bosh-qosh bo'lib kelyapti. Ilgari o'n yilliklar davomida paysalga solib, sodda qilib aytganda, bekitib aytilmagan, odamlarimizni qiynab kelgan muammolarning qopqoqlari ochildi. Bugun kambag'allikni qisqartirish xususida oddiy bir holatday gapiryapmiz. Lekin o'z davrida ushbu muammoni tan olish oson bo'lmaganini rahbarimizning o'zlaridan ko'p bora eshitganmiz. “Yopiq mavzu” bo'lgan bu masala ham endilikda tizimli echimini topib bormoqda. Hukumat ish uslubini tubdan o'zgartirdi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirliklari tashkil etildi. Kambag'allikdan chiqarish siyosati davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. “Obod qishloq” dasturi doirasida Manas qishlog'idan boshlangan ezgu tashabbus, eng chekka hududdagi qishloqlargacha kirib bordi bugun. 2017–2020-yillarda 5 million aholi yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloq qiyofasi tubdan o'zgargan bo'lsa, joriy yilda bu dasturning ko'lami bir necha bor kengayib, barcha tuman va shaharlardagi 8 mingga yaqin qishloq va mahallada 21 trillion so'mlik qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari dasturi amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlar, fermerlar uchun ham misli ko'rilmagan o'zgarishlar davri bo'ldi. Asossiz tekshiruvlarga chek qo'yildi, eksportyorlar rag'batlantirildi, ishbilarmonlik tashabbuslari to'liq qo'llab-quvvatlandi. O'tayotgan besh yil mamlakatimizni nafaqat ichki, balki tashqi siyosatini ham tubdan o'zgartirgan, jahonga Yangi O'zbekistonni kashf qilgan davr bo'ldi, desak to'g'riroq bo'ladi. Zero, yurtimizda kichik va xususiy biznes subyektlari soni keyingi paytda ikki barobar ko'paydi, ushbu tarmoqdagi 50 foizdan ziyod korxonalar faqat keyingi uch yilda tashkil etilgan. Chunki tadbirkorlar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmasa, ularga sharoit yaratib berilmasa, xususiy korxonalar sonini ko'paymasa, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi. Ushbu tarixiriy suhbatni o'qir ekanman, undagi quyidagi fikrlar e'tiborimni tortdi: “Barchamiz bir haqiqatni chuqur anglab olishimiz kerak: tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash — fuqarolar, xalqimiz farovonligini oshirishning eng samarali yo'li, Yangi O'zbekistonni barpo etishning pirovard maqsadidir. Bu sohadagi mavjud kamchilik va nuqsonlarni hal etishda mamlakatimiz hayotini yanada erkinlashtirish, ochiqlik va oshkoralik muhitini, jamoatchilik nazoratini kengaytirish muhim rol o'ynaydi, deb ishonaman”. Download 162.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling