Reja: Yangi O'zbekiston bosib o'tayotgan yo'l
Inson huquqlari – davlat islohotlarining siyosiy vektori sifatida
Download 162.5 Kb.
|
O\'ZBEKISTONNING HOZIRGI PRIZEDINTI SHAVKAT MIZIYOYEVNING YANGI O’ZBEKISTON HAQIDAGI MANBALARI
Inson huquqlari – davlat islohotlarining siyosiy vektori sifatida
Muvaffaqiyatli mamlakatlar ko‘rsatganidek, zamonaviylashish, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy siljishni maqsad qilgan jamiyatni isloh qilish uni liberallashtirish va fuqarolik qadriyatlari, inson huquqlari va liberal erkinliklarning haqiqiy tashuvchisi bo‘lgan mas’uliyatli fuqaroni shakllantirmay turib, tasavvur qilish murakkab. Shu munosabat bilan O‘zbekiston islohotlarida avval boshidanoq jamiyat hayotining barcha jabhalarini liberallashtirishga katta e’tibor qaratilganligi qonuniydir. Birinchi navbatda, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi, bu “hokimiyat masofasi” deb ataladigan masofani qisqartirish yo‘nalishini anglatadi va bu islohotlarni umumxalq tomonidan qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni muhokama jarayonlari, g‘oyalar va takliflarni yuzaga keltirish, qaror qabul qilishga bevosita ta’sir ko‘rsatish jarayonlarini muhokama qilishga jalb qilish imkonini berdi. Bu, mohiyati bo‘yicha, zamonaviy o‘zbek jamiyati uchun unda saqlanuvchi ulkan ijodiy imkoniyatni yuzaga chiqarish imkonini beradigan yangi tajribabo‘ldi. Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot odamlar o‘z fikrlarini erkin ayta oladigan hamda davlat organlari deputatlari va rahbarlari bilan bevosita muloqot o‘rnata oladigan OAV va ijtimoiy tarmoqlar ko‘rinishidagi erkin axborot maydonchalarini yaratishni anglatadi. Bularning barchasi zamonaviy demokratiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 27 iyun kuni matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigida so‘z va ommaviy axborot vositalarining qadr-qimmati hamda ahamiyati alohida e’tirof etilib, davlat rahbari biz qurayotgan huquqiy demokratik davlatda so‘z va matbuot erkinligi hamisha Konstitutsiya, davlat qonunlari va prezidenti himoyasi ostida bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, u OAV xodimlarining qonuniy faoliyatni erkin amalga oshirishiga to‘sqinlik qilinishi demokratik islohotlarga qarshi chiqish va O‘zbekiston nufuziga zarar yetkazish sifatida baholanishi zarurligini ko‘rsatdi. Prezident deputatlarga ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini yaratishlari va o‘zlari olib borayotgan ishlari yuzasidan ma’lumotni joylashtirishlari to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat qildi va hokimlarga ijtimoiy tarmoqlardagi savollarga har kuni javob qilishlarini topshirdi. Islohotlarning eng muhim yutuqlari orasida Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyaning qabul qilinishini, Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishini va ekstremizmda shubha qilinayotganlarning “qora ro‘yxat”idan voz kechishni hamda propiska institutining isloh qilinishi va fuqarolik berish tartibining soddalashtirilishini keltirish mumkin. O‘zbekistonning tan olingan yutug‘i Xalqaro mehnat tashkilotining “O‘zbekiston 2021 yili paxtachilikda ishlab chiqarish siklidan majburiy va bolalar mehnatini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi”, deb e’lon qilgani, natijada Cotton Campaignkoalitsiyasi tomonidan o‘zbek paxtasidan o‘n yillik global boykot olib tashlanganini e’lon qilishi, shu bilan O‘zbekiston to‘qimachilik tarmog‘iga kiyim-kechak va riteylerlarning yetakchi jahon brendlarini kirib kelishi uchun sharoit yaratilgani bo‘ldi. Mamlakatda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasining qabul qilingani va O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyaning tashkil etilganligi inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi yutuqdir. Mamlakatimiz siyosiy hayotida ayollarning faol ishtiroki ortib bormoqda. Parlament saylovi yakunlarining ko‘rsatishicha, xotin-qizlar barcha saylangan deputatlarning 32 foizini tashkil etdi. Xulosa Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jadallashgani va O‘zbekiston yangi taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘ygani, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ta’limiy, ilmiy muhitning o‘zi esa ancha murakkab va serqirra bo‘lib borayotgani, bu sodir bo‘layotgan jarayonlarni uzluksiz tahlil qilishning, tezda tuzatishlar kiritishning, boshqaruvni takomillashtirish va o‘sishning yangi manbalarini kreativ tarzda topishning dolzarbligini oshirishi barchaga ayon bo‘ldi. Shuning uchun 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish hamda ularni umumxalq muhokamasiga kiritish jarayonining boshlanishi qonuniy ko‘rinadi. Shuningdek, asosiy konsepti “inson – jamiyat – davlat” bo‘lgan islohotlar falsafasining keyingi evolyutsiyasi tabiiy ko‘rinadi. Yangi O‘zbekiston strategiyasidagi asosiy maqsad har bir fuqaroning millati, tili va dinidan qat’i nazar uning qonuniy manfaatlari va farovonligi ta’minlanadigan, kelgusida erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish amalga oshiriladigan xalq va insonparvar davlatni yaratish hisoblanadi. Bu maqsad “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi, shuningdek, davlat organlari ishining asosiy tamoyili bo‘ladigan qonun ustuvorligi va adolatli ijtimoiy siyosat tamoyillari asosida jamiyatni ma’naviy rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Yangi yo‘nalishda avvalgidekbirinchi o‘rinda e’tibor iqtisodiyot, xususiy tadbirkorlik, insoniy kapitalni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tashabbuslar va bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar Yangi O‘zbekistonni bunyod etishning strategik maqsadlariga to‘la mos keladi. Bir tomondan, tuzatishlar sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni qayd qilishi, boshqa tomondan esa harakatlanish dasturi bo‘lishi, kelgusida rivojlanish uchun ko‘rsatmalardan iborat bo‘lishi zarur. “Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi”ni qabul qilish va Konstitutsiyaga qo‘shimchalar kiritish ustida ishlash yaqqol ko‘rsatdiki, islohotlar o‘z oldiga yangi keng ko‘lamli maqsad va vazifalarni qo‘ygancha qaytarib bo‘lmas xarakter kasb etadi, ularni amalga oshirishning ijobiy natijalarini yaqin yillarda O‘zbekistonning har bir fuqarosi bo‘lganiday, jamiyat ham, umuman olganda, davlat ham o‘zida his qilishi zarur. Download 162.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling