Reja: Yangi O'zbekiston bosib o'tayotgan yo'l


Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi


Download 162.5 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi162.5 Kb.
#1625161
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'ZBEKISTONNING HOZIRGI PRIZEDINTI SHAVKAT MIZIYOYEVNING YANGI O’ZBEKISTON HAQIDAGI MANBALARI

2. Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi
Islohotlarning e’tirof etilgan dastlabki yutug‘i – Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarning shiddat bilan yuksalishi bo‘ldi. Mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari bilan munosabatlarida yangi davr boshlandi va bu shunchalar qisqa muddatlarda amalga oshdiki, diplomatiya san’ati darsliklariga kiritish ham mumkin.
Dastavval Tojikiston bilan munosabatlardagi siljishni ta’kidlash kerak. Rasmiy darajada bu “Strategik sheriklik to‘g‘risida”gi shartnomani imzolash bilan mustahkamlandi. Eng muhimi, siyosiy siljish oddiy odamlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, chunki fuqarolarning safari va insonparvarlik aloqalarini yengillashtiruvchi vizasiz tartib kiritildi. O‘zbek-tojik cheragalarini aniq belgilash va delimitatsiyalash, shuningdek, suvdan foydalanish masalalari bo‘yicha konstruktiv muloqotda sezilarli o‘zgarishlarga erishildi.
O‘z navbatida, Qirg‘iziston bilan Strategik sheriklik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risidagi Deklaratsiya imzolandi. Tomonlar chegaralarni belgilash va Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston yo‘nalishi bo‘yicha tranzit avtomobil va multimodal yuk tashishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirdilar. O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘llari qurilishi loyihasi bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Ularning amalga oshirilishi tranzit yuk tashishning keskin o‘sishiga olib keladi. Suvdan foydalanish sohasida ikki tomonlama hamkorlik rivojlanmoqda. Bunga Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod tumanida O‘rtato‘qay (Kosonsoy) suv omboridan davlatlararo foydalanish to‘g‘risida tuzilgan Bitim misol bo‘lib xizmat qiladi. 
2016—2022 yillarda Qozog‘iston bilan munosabatlarda qardoshlik va ahil qo‘shnichilik aloqalari tubdan yangi bosqichga ko‘tarilib, yanada mustahkamlandi. 2021 yil 6 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya imzolangan edi. Mazkur hujjatda tomonlarning Oliy Davlatlararo Kengash, Parlamentlararo hamkorlik kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining Tashqi ishlar vazirlari Kengashini ta’sis etish niyati ifodalangan. 
Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil aprel oyida Ashxobodga va Turkmanistonning yangi Prezidenti Sardor Berdimuxamedovning 2022 yil iyul oyida Toshkentga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va strategik sherikchilik munosabatlarini ham yanada rivojlantirdi.
O‘zbekiston siyosatining yangi Markaziy Osiyo vektori haqida gapirganda ularning sifati jihatidan yaxshilanishining bir qancha indikatorlarini ta’kidlash mumkin. Markaziy Osiyo mamlakatlari O‘zbekistonga sayyohlik maqsadi bilan tashrif buyuruvchi fuqarolar orasida izchil birinchilikni egallaydilar. Demak, agar shu yilning may oyida O‘zbekistonga 503,6 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, shundan qariyb 170 ming nafari Qozog‘iston, 141,3 ming nafari – Qirg‘iziston va 16 ming nafari – Tojikiston fuqarolaridir. Bularning barchasini qo‘shganda 427 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. 
O‘zaro savdo-sotiqning o‘sishi asosiy indikatorlardan biri bo‘lib xizmat qildi. Pandemiyaga qadar 2017-2019 yillarda O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 2,05 dan 3,367 milliard dollarga qadar, Qirg‘iziston bilan – 0,25 dan 0,829 milliard dollarga qadar, Tojikiston bilan – 0,237 dan 0,497 milliard dollargacha va Turkmaniston bilan – 0,177 dan 0,541 milliard dollarga qadar oshdi. 
Jami tovar ayirboshlash hajmi 5,234 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy Osiyoni o‘sha paytda O‘zbekistonning yetakchi tashqi savdo sheriklari orasida Xitoy va Rossiyadan keyin uchinchi o‘ringa olib chiqdi. Oxirgi yillarda yaratilgan ijobiy asosni e’tiborga olgan holda yaqin kelajakda Markaziy Osiyo o‘zbek tashqi iqtisodiy siyosatining eng yirik eksport-import yo‘nalishiga aylanishini bashorat qilish mumkin.
Mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning mustahkamlanishini mintaqa davlatlari o‘rtasida ishonchning ortib borishi ko‘rsatkichi deb hisoblash mumkin. Buni 2021 yilda Tojikiston va Qozog‘iston bilan o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning BMT, MDH va SHHT kabi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi tasdiqlab turipti. 
BMT Bosh Assambleyasining bir ovozdan ma’qullangan Orolbo‘yi mintaqasini “ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” deb e’lon qilgan rezolyutsiyasi bunga ibratli misol bo‘la oladi. Rezolyutsiya tashabbusi O‘zbekistonga tegishli bo‘lib, Qozog‘iston, Tojikiston va Turmanistonni kiritgan holda 50 ta davlat uning hammuallifi sifatida chiqdilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqalarni birlashtirish darajasini keskin oshirish imkonini bergan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formatini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi – shubhasiz, uning bu yo‘ldagi maqtovga sazovor xizmati bo‘ldi. Bunday uchrashuvlarning to‘rttasi – 2018 yili Nur-Sultonda, 2019 yili – Toshkentda, 2021 yili – Turkmanboshida va 2022 yili – Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvlarning barchasida Markaziy Osiyo uchun dolzarb bo‘lgan suv resurslari, iqlim o‘zgarishlari, transport kommunikatsiyasi, kambag‘allik bilan kurashish, xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka ustunlik beruvchi masalalar va muammolar muhokama qilinadi. 



Download 162.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling