Reja: ”Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”-inson qadrini ulug’lagan xalqchil bosh dastur. Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi va saylovoldi uchrashuvlari


Jamoatchilik muhokamalari milliy va xalqaro miqyosda keng tashkil etilgani


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana22.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1378589
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zahro ped

Jamoatchilik muhokamalari milliy va xalqaro miqyosda keng tashkil etilgani 
diqqatga loyiqdir. Milliy muhokamalarning o‘zi ham bir nechta yo’nalishda 
o’tkaziladi. 
Avvalambor, Taraqqiyot strategiyasi parlament yo‘nalishida – Oliy Majlis 
palatalari majlislarida, qo‘mita va komisssiyalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, 
Yoshlar parlamentlarida muhokama qilindi. 
Shuningdek, davlat organlari mas’ul xodimlari, soha mutaxassislari, olimlar, 
professor-o‘qituvchilar, turli soha vakillari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston 
taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya, 
uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. 
Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, fuqarolik jamiyati faollari 
alohida namuna ko‘rsatdi. Muhokama jarayonlariga xorijdagi vatandoshlarimiz 
ham keng jalb etildi. 
Bundan tashqari, Taraqqiyot strategiyasiga xalqaro darajada va xorijiy ekspertlar 
tomonidan faol hamda yuksak baholar berildiki, bu haqda alohida to‘xtalamiz. 
Qolaversa, internet, televidenie, radio va matbuot nashrlarining imkoniyatidan 
unumli foydalangan holda, muntazam ravishda jamoatchilik muhokamalari 
o‘tkazib borildi. 
Shu qamrovdor jarayonlarda bildirilgan barcha taklif va fikr-mulohazalar tegishli 
soha mutaxassislari tomonidan diqqat bilan o‘rganib chiqildi. Natijada minglab 
takliflar Taraqqiyot strategiyasini tegishli ravishda boyitishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xizmat qildi. 
Bunga birgina yaqqol misol: “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi 
jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinganida 94 ta maqsaddan iborat bo‘lgan. 
Jamoatchilik muhokamalari yakunidan so‘ng Taraqqiyot strategiyasidagi ushbu 
maqsadlar soni 100 ta etib belgilangan. 


Tarixiy dasturulamal hujjatning uch ahamiyati 
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ma’no-mohiyati haqida so‘z 
borganda, uning quyidagi uchta darajada namoyon bo‘ladigan tarixiy ahamiyatini 
alohida ta’kidlash lozim. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling