Reja: ”Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”-inson qadrini ulug’lagan xalqchil bosh dastur. Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi va saylovoldi uchrashuvlari
Birinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning milliy
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Zahro ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – oliy qadriyat” degan tamoyil
- “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”dagi 7 ustuvor yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir.
- Ikkinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning mintaqaviy darajadagi ahamiyati.
- Uchinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning xalqaro (global) darajadagi ahamiyati.
Birinchisi
– “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning milliy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradiki, Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – oliy qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda. Yanada sodda qilib aytganda, O‘zbekistonda har bir fuqaroning qadrini yuksaltirish va farovonligini oshirish zarurligiga urg‘u berilmoqda. Eng asosiysi, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”dagi 7 ustuvor yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g‘oya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi. Inson qadrini joyiga qo‘yishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yo‘llar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko‘plab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor. Ikkinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning mintaqaviy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarda Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida yaqin qardoshlikni qadrlash, qo‘shni mamlakatlar bilan manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishish bo‘yicha muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan. Uchinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning xalqaro (global) darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish, xususan, iqlim, ekologiya, terrorizm, korrupsiya, migratsiya, kambag‘allik kabi global muammolarni hal etish borasida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish haqida so‘z borgan. Ya’ni, O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish bilan bog‘liq ibratli amaliyotni izchil davom ettirish lozim. Bunda O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash, BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish ayniqsa ulkan ahamiyat kasb etadi. 2.Mavzu:Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko’rsatib o’tilgan.Ular quyidagilardan iborat: ta’lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo‘lishi, ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining yo‘nalishlarini tanlashning ixtiyorligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standarti doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv; bilimli bo‘lishni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasida ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta’lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo’lishi ko’rsatilgan.Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma’naviy –axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi .Ta’limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobilyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon yaratadi.Shuningdek, ta’lim jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.Bir so’z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo’naltiriladi,uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi. Ta’lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta’lim- tarbiya mazmunining ochiqligi, o’quv materiallari, ta’lim shakl va metodlarining xilma-xilligi,milliy va hududiy xususiyatlarining inobatga olinishi, hammaning va har kimning madaniy jihatdan yuksak natijalarga erishishini ta’minlashga imkon beradi.Mazkur tamoyilga amal qilish o’quvchilarning xohishlariga ko’ra o’quv jadvalidan qo’shimcha fanlarning o’rin olishi ,yuqori sinflarda muayyan fanlarning chuqurlashtirilib o’rgatilishi, fakultativ mashg’ulotlar hajmini kengaytirish , turli yo’nalishlarda to’garaklarni tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o’tkazilishiga e’tibor berilishini anglatadi. Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari o’zaro aloqadorlik va bog’liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta’lim tizimi mazmuniga ko‘ra bir tipdagi o‘quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o‘tib o‘qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta’lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaharda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtidan ikkinchi shaharda joylashgan oliy o‘quv yurtiga o‘tib ta’limni davom ettirish huquqiga egalar. Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi tamoyili o‘zida: birinchidan, fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlari, ularning bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlari, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash va kasb tanlash ko‘nikmalari shakllantirish; ikkinchidan, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlash; uchinchidan, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining ixtiyoriyligi tamoyilining asosiy mohiyati o‘quvchilarning yangi turdagi o‘quv muassasalarida ta’lim olish yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanliklarini anglatadi. Bu ikki turdagi uch yillik maxsus ta’lim yo‘nalishlarini o‘quvchilar o‘z iqtidorlari va xohish-istaklariga tayangan holda tanlaydilar. Ana shu tarzda o‘quvchilarning biron bir shaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb-hunar egasi bo‘lib yetishishlari uchun sharoit yaratiladi. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo‘lib, u fan-texnika, madaniyatning yuksala borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini nazarda tutadi. Insoniyat mavjud ekan, har doim taraqqiyot sari intiladi va yangidan-yangi fan yutuqlarini qo‘lga kiritib boradi. Ta’lim tizimi esa ana shu fan yangiliklarini kelajak avlodga yetkazib berishni ta’minlaydi. Shu bois ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, ta’lim oluvchilarning ushbu yutuqlardan oqilona foydalangan holda ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarib, kelajakda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishga zamin yaratadi. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish tamoyili ta’limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta’lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi. 4.Mavzu:Shaxsning rivojlanishi,ijtimoiylashuvi va tarbiyalanishi Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling