Reja: ”Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”-inson qadrini ulug’lagan xalqchil bosh dastur. Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi va saylovoldi uchrashuvlari


chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar”


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana22.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1378589
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zahro ped

chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar”. 
Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar
xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan. Misol uchun, 
Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, 
Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu 
tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelibYangi O‘zbekiston poydevorining 
huquqiy asoslari yaratildi. 
Kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida bir qator konsepsiya va dasturlar, 
13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun 
hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. 
Binobarin, yangi hujjat – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” endi 
Yangi O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu 
buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va yilma-
yil amalga oshirib boriladi. 


Xalq fikridan sayqal topgan Taraqqiyot strategiyasi 
  
Har uchala hujjat loyihasi o‘tgan yil 30 dekabr kuni jamoatchilik muhokamasiga 
qo‘yildi. Shu tariqa “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi 
muhokamasining uchinchi bosqichi 2021 yil 30 dekabridan – jamoatchilik 
muhokamalari yakuniga yetgan sana, ya’ni 2022 yil 15 yanvarigacha bo‘lgan 
davrni qamraydi. 
Ushbu muhim hujjat loyihalari 2022-2026.strategy.uz, jamoatchilik.uz va 
regulation.gov.uz elektron platformalari orqali keng jamoatchilik o‘rtasida 
muhokama uchun joylashtirilgani yurtdoshlarimizga o‘z takliflarini bildirishlari 
uchun qulay imkoniyat tug‘dirdi. Natijada qizg‘in va jiddiy muhokamalar asnosida 
faqatgina elektron platformalar orqali jami 17 ming 535 ta taklif kelib tushdi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling