Reja: ”Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”-inson qadrini ulug’lagan xalqchil bosh dastur. Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi va saylovoldi uchrashuvlari


Mamlakatimizda 2021 yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi davomida davlatimiz  rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana22.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1378589
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zahro ped

  
Mamlakatimizda 2021 yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi davomida davlatimiz 
rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi birinchi 
navbatda Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 
elektorati o‘rtasida keng muhokama qilindi. O‘z navbatida, saylovoldi 
uchrashuvlarida Taraqqiyot strategiyasi o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan 
o‘tkazildi. 
Shu ma’noda, o‘tgan yil 9 sentyabridan – 5 noyabriga qadar davom etgan ushbu 
jarayonni “Yangi 
O‘zbekiston 
taraqqiyot 
strategiyasi” 
loyihasi 
muhokamasining birinchi bosqichi sifatida qayd etish mumkin. 
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “El-yurtimiz biz boshlagan xalqchil 
islohotlarga bugun xayrixohlik va qat’iy ishonch bilan qarab, ularning hosili 
va samarasini tezroq ko‘rishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga 
olgan holda, biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, 
saylov jarayonida uni o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik”. 
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz tanlanmagan. Bu 
nom avvalo mazkur Taraqqiyot strategiyasi – 2017 yil fevralida tasdiqlangan va 
keyingi besh yil ichida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining 
yangi bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi. 
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da “Harakatlar strategiyasidan – 
Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar 
strategiyasidagi har bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng 
ko‘lamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim 
natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda. 
Ayni damda oldimizda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ma’no-
mohiyati va ahamiyatini teran targ‘ib etish, unda belgilangan muhim vazifalarni 
amalga oshirish, ijrosini tahlil va monitoring qilib borishdek ulkan ko‘lamdagi 
vazifalar turibdi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling