Reja: Yangicha iqtisodiy jarayonlarni bilish uslublari


Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1492236
1   2   3   4
Bog'liq
Mansurov Sharof AI 1

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan 
foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali 
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy 
muammolarini tadqiq qilishdan iborat. 
Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada oydinroq ko‘rinadi. Iqtisodiyot 
nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya’ni ham amaliy va ham nazariy 
tomondan tushuntirish mumkin. 
Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning 
har birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni 
ta’minlash, har bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan 
samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq 
foydalanish yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy 
qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o‘z ichiga qamrab oladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasi, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. 
Shundan kelib chiqadiki bu fan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, 
iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish 
vazifasini bajaradi.


Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir - 
biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u 
bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va 
amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. 
Iqtisodiyot nazariyasi aniq vaziyatlarda aniq takliflarni berib, uslubiy vazifani 
ham bajaradi. Iqtisodiy bilim nazariya-larga ega bo‘lish, o‘zgarib turuvchi iqtisodiy 
vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishni mustaqil amalga oshirish imkonini beradi.
Umuman olganda, bu fan iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda 
ilmiy qo‘llanmadir. 
Iqtisodiyot nazariyasi bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy 
iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.
“Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot 
qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, 
ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir”
3
. Shu aqidadan kelib chiqib, 
iqtisodiyot nazariyasi fani “Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish
ularning dunyoqarashini o‘zgartirish”
4
vazifasini ham bajaradi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling