Reja: Yangicha iqtisodiy jarayonlarni bilish uslublari


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1492236
1   2   3   4
Bog'liq
Mansurov Sharof AI 1

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan 
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy vosita va 
ne’matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol 
qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni 
samarali yuritish qonun–qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini 
o‘rganishdan iborat. 
Iqtisodiy munosabatlar – bu iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish 
jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabatlardir. 
Iqtisodiy munosabatlarning aniq namoyon bo‘lish shakllari qo‘ydagilar: 

Iqtisodiy hodisalar: ishsizlik, inqiroz, inflyasiya, bandlik va h.k. 

Iqtisodiy jarayonlari: ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, taqsimlash, 
ayriboshlash, iste’mol va h.k.
Iqtisodiyot nazariyasini shartli ravishda mikro va makroiqtisodiy nazariyalaga 
ajratish mumkin. Agar iqtisodiyotga mikrodarajada qaralsa fanning predmeti 
alohida iqtisodiy birliklar (alohida iste’molchi, alohida ishlab chiqaruvchi) ning hatti 
1
Экономическая теория. (Учебник для ВУЗов). Санкт – Петербург, 1997, с.18. 

Общая экономическая теория (Политэкономия). Учебник. «Промо-Медиа». М.: 1995, с.28. 


– harakatini o‘rganish, alohida tovarlarga narx shakllanishi, korxonalar xarajatlari 
va daromadlar qaror topishi va shu kabilarni tahlil qilishga qaratiladi. Iqtisodiyotga 
uning yirik tarkibiy qismlari (uy xo‘jaliklari, xususiy va davlat sektori) o‘zaro 
ta’siridagi yaxlit tizim sifatida qaralsa va davlat iqtisodiy siyosatining qonuniyatlari 
aniqlansa, bu makroiqtisodiy tahlil hisoblanadi. Makroiqtisodiyot shuningdek 
daromadlar, bandlik, narxlar darajasi, mahsulotning yalpi hajmi, milliy daromad
jami sarflar kabi jamlanma ko‘rsatkichlarni ham qarab chiqadi. Iqtisodiyotning 
mazkur ikki darajasi farqi faqat iqtisodiy tahlil nuqtai – nazaridan kelib chiqadiki, 
shu sababli iqtisodiyot nazariyasini bunday qismlarga ajratishni mutloqlashtirish 
ko‘pam to‘g‘ri emas. Chunki mikro va makroiqtisodiyot o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, 
bir – biri bilan qo‘shilib ketadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling