Reja: yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi Yer kurrasida suv muvozanati Suvning tabiatdagi va inson xayotidagi ahamiyati 1


Yer kurrasi va uning ayrim qismlari suv muvozanati elementlarining miqdoriy qiymatlari


Download 62.5 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1603447
1   2   3   4
Bog'liq
Tabiatda suvning paydo bo’lishi va aylanishi

Yer kurrasi va uning ayrim qismlari suv muvozanati elementlarining miqdoriy qiymatlari



Yer kurrasi qismlari

Maydoni



Yog’in



Bug’lanish



Oqim



mln. km

ming km

mm

ming km

mm

ming km

mm

Dunyo okeani

361

458

1270

505

1400

47

130

Quruqlikning chekka oqimi qismi

119

110

924

63

529

47

395

Quruqlikning ichki oqimi qismi

350

9

300

9

300

-

-

Quruqliklar

149

119

800

72

485

47

315

Yer kurrasi

510

577

1130

7

1130

-

-

2-jadvaldagi ma‘lumotlar “Mirovoy vodny balans i vodne resurs Zemli” (Leningrad, Gidrometeoizdat, 1974 g.) kitobidan olingan bo’lib, ancha munozaralidir. Masalan, P.Xaggetning “Geografiya-sintez sovremennx znaniy” (Nyu-York, London 1975) monografiyasida Dunyo okeani yuzasidan buladigan bug’lanish miqdori 336 ming km3 ga teng. Ushbu kitobda Yer kurrasining boshqa qismlari uchun keltirilgan ma‘lumotlar ham 2-jadvaldagi raqamlardan keskin farq qiladi.
3 Suvning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Suvning Yerdagi hayot uchun ahamiyati beqiyosidir. Uzining uzluksiz xarakati tufayli suv Yer kurrasida kuzatiladigan barcha tabiiy jarayonlarda ishtirok etadi. Akademik V.I.Vernadskiyning ta‘biri bilan aytganda suvning geografik qobiqdagi ishini miqdor jixatdan Quyosh radiatsiyasi bilan taqqoslasa buladi, sifat jixatdan esa uning o’rnini hech narsa bosa olmaydi.
Ison qadim zamonlardan boshlab suvdan turmush ehtiyojlarini qondirishda eng sodda usullarni qo’llab foydalanib kelgan bo’lsa, xozirgi kunga kelib suv maxsus inshoot va qurilmalar yordamida tinitilib, tabiiy yoki sun‘iy ravishda tozalanib, kerak bulgan hollarda zararsizlantirilib ishlatilmoqda.
Qishloq xujaligi va sanoatda suvning o’rnini hech narsa bosa olmaydi. Masalan, bug’doydan olinadigan xosilning har bir tonnasi uchun 1500 tonna, 1 t sholi uchun 4000 t., 1 t paxta tolasini yetishtirish uchun 10000 tonnagacha suv talab etiladi. Sanoatda 1 t g’isht tayyorlash uchun 1-2 t, 1t ko’mir qazib chiqarish uchun 3 t, 1 t pulat, qog’oz ishlab chiqarish uchun esa 250-300 t suv zarur buladi. 1 t sintetik tola ishlab chiqarish vaqtida esa 4000 t gacha suv talab etiladi. 1 t ip gazlama tayyorlash uchun 10 t suv sarflansa, ba‘zi bir sintetik tolalardan 1 t gazlama tayyorlash uchun 3000 t suv talab etiladi.
Suv havzalarining eng arzon transport vositasi ekanligi ham hammaga ma‘lum. Suv transportining xalq xujaligini rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Shu maqsadda dunyodagi ko’p daryolar kanallar orqali bir-biri bilan va dengizlar bilan tutashtirilgan.
Daryolar juda katta energiya manbaidir. Shu sababli ko’pgina daryolarda eng arzon elektr energiyasi beruvchi GES lar qurilgan va qurilmokda.

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling