Yer resurslarini boshqarish va yer munosabatlari siyosatini belgilovchi qonunlarga quyidagilar kiradi:
Yer munosabatlarini tartibga soluvchi umumiy ahamiyatdagi qonunlarga quyidagilar kiradi:
1.Oʼzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi qonuni.
2. Oʼzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʼgʼrisida”gi qonuni.
3. Oʼzbekiston Respublikasining “Oʼrmon toʼgʼrisida”gi qonuni.
4. “Oʼsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʼgʼrisida”gi qonuni.
5. Oʼzbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi toʼgʼrisida”gi qonuni.
6. Oʼzbekiston Respublikasining “Maxalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi qonuni.
7. Oʼzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning mahalliy oʼzini-oʼzi boshqarish organlari toʼgʼrisida”gi qonuni.
Yer munosabatlarini tartibga soluvchi maxsus ahamiyatga ega qonunlar sirasiga quyidagilar kiradi:
- Oʼzbekiston Respublikasining Yer kodeksi.
2.Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʼgʼrisida”gi qonuni.
3. Oʼzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʼgʼrisida”gi qonuni.
Yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan muhofaza etuvchi ahamiyatga ega qonunlarga quyidagilar kiradi:
1. Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks.
2. Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.
3. Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
4. Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va b.q.
Yer munosabatlarini tartibga solishda va yer monitoringi, yer tuzish va yer kadastrini yuritishda bir necha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilinadi,
ularni oʼz navbatida quyidagilarga boʼlinadi:
1. Normativ-huquqiy (Konstitutsiya, qonunlar, farmon, qaror, yoʼriqnoma, nizom va ustavlar);
2. Normativ-texnik (standartlar, koʼrsatma va normativlar)
Yerga oid qonunchilik xujjatlarida
- yerdan oqilona foydalanish bilan bogʼliq yer munosabatlari qoidalarining talablari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash bilan bogʼliq ijtimoiy munosabatlarning maqsad va vazifalari, obʼekt va subʼektlari, yer uchastkasi huquqiy maqomi, yuridik va jismoniy shaxslar, vakolatli davlat hokimiyat organlari huquq, majburiyatlari kafolati, yer qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik choralari belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasida yer resurslarini boshqarish va yer munosabatlarini tartibga solishda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari alohida oʼrin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |