Vazirlar Mahkamasi – Oʼzbekiston Respublikasi hukumati – Oʼzbekiston Respublikasida ijroiya hokimiyati organi hisoblanadi hamda iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.
Вазирлар Махкамаси таркиби.pptx
Yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari
Yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʼzlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʼjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.
Yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari 1. Eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish; 2. Yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash; 3. Qishloq xoʼjaligi uchun moʼljallangan yerlarning, eng avvalo sugʼoriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash; 4. Qishloq xoʼjaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yoʼli bilan va boshqa tarzda qoʼllab-quvvatlash; 5.Yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik havfsizlikni taʼminlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |