Reja: Yevropa Ittifoqi sug`urta bozori Yevropa Ittifoqi sug`urtaning turlari Sug`urta kompaniyalarining investitsiyalari 1
-jadval Sug’urta kompaniyalarining investitsiya hajmi, mlrd.doll
Download 270 Kb.
|
Yevropa Ittifoqi Sug'urtasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatlar
- 2000y ESQ
- 16-jadval Yevropa mamlakatlari sug’urtachilarining investitsiya yo’nalishlari (umumiy investitsiya hajmiga nisbatan foizda, 1999 yil)
- Investitsiya yo’nalishlari ESQ EH
- 17-jadval Yevropa sug’urta kompaniyalari investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning ulushi (1999 yil, foizda)
- Mamlakatlar sug’urta kompaniyalari investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning ulushi
- Sug’urta kompaniyalarining soni va unda band bo’lganlar salmogining o’zgarishi.
- 2-diagramma Yevropa sug’urta kompaniyalarining soni
- Ayrim sug’urta ko’rsatkichlarini Yevropa mamlakat-larining YAIM bilan taqqoslash.
- 18-jadval Yevropa mamlakatlarida yig’iladigan sug’urta badallarining va investitsiyalar hajmining YAIMga nisbati
- Yillar yig’iladigan badallar hajmi, %
15-jadval Sug’urta kompaniyalarining investitsiya hajmi, mlrd.doll.
Ushbu investitsiyalarning yo’nalishini quyidagi 16-jadvaldan ko’rish mumkin. 16-jadval Yevropa mamlakatlari sug’urtachilarining investitsiya yo’nalishlari (umumiy investitsiya hajmiga nisbatan foizda, 1999 yil)
Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko`rinib turibdiki, ESQ mamlakatlari asosiy investitsiyalarini aktsiya va obligatsiya sotib olishga yunaltiradi. EH mamlakatlarining sug’urta kompaniyalari, bu ikkala yo’nalishga, taxminan 73 foiz miqdordagi investitsiyalarini yunaltiradilar. Agar, ESQ sug’urta kompaniyalari aktsiya sotib olishga, o’rtacha 37,4 foiz miqdorda investitsiya kilsa, bu ko’rsatkich EH sug’urta kompaniyalari uchun nisbatan yuqori bo’lib, 38,6 foizni tashkil etadi. ESQning yangi a'zo mamlakatlarida (Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakat-lari) investitsiyalarning o’rtacha tarkibi EH va ESQdan ancha farq qiladi. Sobik sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi nobarqarorlikni hisobga olgan holda, sug’urtachilar, bu mamlakatlarda risk darajasi past bo’lgan yo’nalishlarga investitsiyalarni yunaltirishni afzal bilmoqdalar. Mazkur mamlakatlarda yo’naltirilgan investitsiyalarning yirik qismi (54,1 foiz) obligatsiyalarga, keyin depozitlarga (15 foiz) va aktsiyalarga (7,4 foiz) to’g’ri keladi. Sug’urta kompaniyalari ichida, investitsiyalar miqdori ko’proq hayotni sug’urtalovchi kompaniyalar hissasiga to’g’ri keladi. 1999 yilda, ESQ mamlakatlarida mazkur kompaniyalar investitsiyalarining boshqa turdagi sug’urta faoliyati bilan shug’ullanuvchi, barcha kompaniyalar investitsiyalariga nisbati 4,5 barobar ortiq bo’lgan. 17-jadval Yevropa sug’urta kompaniyalari investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning ulushi (1999 yil, foizda)
Keyingi o’n yillikda, hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning yig’iladigan sug’urta badallarining ortishi bilan, ushbu kompaniyalarning investitsiya faoliyati jadallashdi. 1992 yilda, EH mamlakatlari sug’urtachilari-ning investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalar ulushi 75,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1995 yilda 77,1 foizni, 1998 yilda 79,9 foizni va 1999 yilda 81,7 foizni tashkil etgan. Sug’urta kompaniyalarining soni va unda band bo’lganlar salmogining o’zgarishi. ESQga kiruvchi mamlakatlardagi sug’urta kompaniyalarining soni, nisbatan barqaror bo’lib, o’rtacha 5,4 mingtani tashkil etishini quyidagi 2-diagrammadan ko’rish mumkin. Shuning bilan bir vaqtda, EHga kiruvchi mamlakatlar sug’urta kompaniyalarining soni ancha kamayganligi kuzatilmoqda. Buni, ushbu mamlakatlardagi sug’urta kompaniyalarining birlashuvi va yiriklashuv jarayoni bilan izohlash mumkin. 2-diagramma Yevropa sug’urta kompaniyalarining soni 2000 yilda, ESQga kiruvchi mamlaqatlaming sug’urta kompaniyalarida 1056,7 ming kishi faoliyat yuritgan. ESQga kiruvchi mamlaqatlaming sug’urta kompaniyalarida ishlovchilar soni o’sish an'anasiga ega bo’lib, 1992 yildan 2000 yilgacha ular soni kariyb, 36,5 ming kishiga ortgan. Shuningdek, bu o’sishga EKSga yangi a'zo mamlaqatlaming qo’shilishi ham ta'sir etgan bo’lib, bu mamlakatlarda sug’urta bozorlari endi shakllanish bosqichini boshdan kechirmoqdalar. Ammo, EH mamlakatlarida sug’urta to’lovlarining hajmi o’sishiga qaramasdan, sug’urta kompaniyalarida ishlovchi xodimlar sonida kamayish kuzatilmoqda. Yuqorida ko’rib o’tilgan vaqt oralig’ida, EH mamlakatlarida ishlovchi xodimlar soni 7 ming kishiga kamaygan. Ammo, bitta kompaniyaga to’g’ri keladigan o’rtacha bandlik darajasi kamaymagan. EH mamlakatlaridagi sug’urta kompaniyalarida, ESQ va EIH mamlakatlaridagi kompaniya-larga nisbatan, bitta kompaniyaga to’g’ri keladigan xodimlaming o’rtacha soni eng minimal darajani tashkil etganligini kuzatish mumkin. Ayrim sug’urta ko’rsatkichlarini Yevropa mamlakat-larining YAIM bilan taqqoslash. Odatda, mamlakat iqtisodiyoti uchun zaruriy sug’urta ikkita ko’rsatkich -yig’iladigan sug’urta badallarining YaEVlga nisbati hamda sug’urta kompaniyalari investitsiyalarining YaEVlga nisbatan hajmi bilan belgilanadi. Ushbu ko’rsatkichlami quyidagi 18-jadval ma'lumotlaridan ko’rish mumkin. 18-jadval Yevropa mamlakatlarida yig’iladigan sug’urta badallarining va investitsiyalar hajmining YAIMga nisbati
1999 yilda, ESQ mamlakatlarida yig’ilgan sug’urta badallarining hajmi YAIMga nisbatan 7,9 foiz, EH va EEH mamlakatlarida esa, bu ko’rsatkich 8,2 foizga teng bo’lgan. Bu ko’rsatkich, dunyo bo’yicha solishtirilganda, o’rtacha (7,52 foiz) dan yuqori bo’lib, faqatgina, shimoliy Amerika - 8,42 foiz va Okeaniya (Avstraliya va Yangi Zelandiya) - 9,2 foiz ko’rsatkichlaridan ortda koladi. Mazkur ko’rsatkich dinamikasi ijobiy tusga ega bo’lib, 1992 yildan 1999 yilgacha nisbatan barqaror ravishda- 1,3 martaga oshgan. Yevropa sug’urtachilarining investitsion faoliyati doimo o’sgan va o’sish jadalligi, ushbu mamlaqatlaming YAIM o’sish sur’atlaridan ancha tez kechgan. Masalan, 1992 yilda ESQ mamlakatlarida, sug’urtachilar investitsiyalarining YaEVlga nisbati 29,1 foiz bo’lgan bo’lsa, 1999 yilda bu ko’rsatkich 52 foizni tashkil etgan. Agar, ushbu ko’rsatkichni EH va EEH mamlakatlari bo’yicha olib qaraydigan bo’lsak, unda mazkur ko’rsatkich, bu mamlakatlarda 53,9 va 54,6 foizni (mos ravishda) tashkil etgan. Xalqaro moliya munosabatlarida xalqaro sug’urta operatsiyalari bilan bog’liq ko’rsatkichlarni solishtirish, ko’prok, ma'lum hudud mamlakatlarida yig’iladigan sug’urta badallarini, shu hududda istikomat qiluvchi aholining o’rtacha yillik soniga bo’lish orqali amalga oshiriladi. Bunday oddiy usul, turli xil aholi soniga ega bo’lgan hududlarda sug’urta jarayonining qanchalik ommaviylashganligini aks ettiradi. Yevropa mamlakatlarida aholi jon boshiga nisbatan sug’urta badallarining barqaror o’sishini kuzatish mumkin. 1992 yilga nisbatan, bu ko’rsatkich ESQ mamlakatlarida 1,75 marta, EH mamlakatlarida 1,79 marta va EIH mamlakatlarida 1,78 martaga oshgan. 1999 yilda EH mamlakatlarida sug’urta badallari to’lovi hajmi 2053 AQSH dollarini tashkil etgan. Va dunyoda faqat AQSHdan keyingi ikkinchi o’rinni egallagan (AQSHda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’urta badallarining miqdori 2765,5 dollarni tashkil etadi). Dunyo hududlari bo’yicha bu ko’rsatkich o’rtacha - 387 AQSH dollarini tashkil etadi. Axoli jon boshiga sug’urta to’lovlarining hajmida, hayotni sug’urtalash sezilarli salmoqqa ega bo’lib, uning ulushi umumiy yig’ilgan sug’urta badallarida 62 foizni tashkil etadi. ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni. 1993 yil 7 may. 2. O’zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo’yicha qonunchilik hujjatlari to’plami. T.: O’zbekiston. 2000. 3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263-sonli qarori. 4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli qarori. 5. www.ziyonet.uz 6. www.nur.uz Download 270 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling