Reja: Yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash


Download 0.73 Mb.
bet7/16
Sana13.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1455350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
8-ma\'ruza

Axborot-ko‘rsatuvchi belgilar harakatga muayyan rejimlar kiritishda yoki bekor qilishda, shuningdek, aholi yashaydigan joylar va boshqa ob’ektlarning joylashishi haqida axborot berishda ishlatiladi.
«Avtomagistral» 5.1 belgisi avtomobil yo‘li ma’lum talablarga (bu talablar «Avtomobil yo‘llari» kursida keltirilgan) javob beradigan yo‘llarning boshlanishida qo‘yiladi.
«Aholi yashaydigan joyning boshlanishi» 5.22 va «Aholi yashash joyining oxiri» 5.23 (oq fon bilan) mavjud binolar chegarasida o‘rnatiladi. Bu sharoitda aholi punktidan harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 70 km/soatdan oshmasligi shart.
Bir, ikki va uch harakat polosali yo‘llarda 5.22 belgisining orqa tomoniga ikki tarafdan 5.23 belgisini o‘rnatishga ruxsat beriladi (54-rasm).

54-rasm. Bir, ikki va uch polosali yo‘llarda 5.22 va 5.23 belgilarni o‘rnatish.

«Aholi yashaydigan joyning boshlanishi» 5.24 va «Aholi yashash joyining oxiri» 5.25 (havorang fon bilan). Bu belgilarni o‘rnatish shartlari bundan avvalgi belgilardek amalga oshiriladi. 5.24 belgisi qo‘yilgan aholi punktlarida tezlik 70 km/soat cheklanmaydi. 5.24 belgisi yo‘ldan chetda qanday aholi punkti borligini bildiradi va asosan aholi punktidagi uylar yo‘ldan 200 m va undan ortiq masofada joylashgan hollarda o‘rnatiladi.


Servis belgilaridan tegishli ob’ektlar qaerda joylashganligi haqida axborot berishda foydalaniladi.
Agarda yonilg‘i shahobchalar oralig‘i 60-80 km masofadan kichik bo‘lsa, u holda birinchi belgi qo‘yilmaydi.
Aholi yashaydigan joyda servis belgilari ob’ektgacha 100-150 m masofada oldindan o‘rnatilishi kerak.
Qo‘shimcha axborot belgilari (tablichkalar) asosan ular bilan qo‘llanilgan belgilarning ta’sirini aniqlashda yoki cheklashda ishlatiladi.
Yo‘l belgi chiziqlari ikki guruhga bo‘linadi: gorizontal va vertikal.
Gorizontal yo‘l belgi chiziqlari takomillashtirilgan qoplamali yo‘llarda tushirilib, quyidagilarga bo‘linadi:

  • bo‘ylama belgi chiziqlari;

  • ko‘ndalang belgi chiziqlari;

  • xavfsizlik orolchasi;

  • aholi yashash punktini, marshrut yo‘nalishini bildiruvchi yozuvlar va boshqa belgi chiziqlari.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling