Reja: Yonilg’I quyish to’g’risidagi qonunlar


Download 98.91 Kb.
bet6/6
Sana24.04.2023
Hajmi98.91 Kb.
#1393624
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu

Keyingi tahrirga qarang.
3.5. Iste’molchining xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish Etkazib beruvchining maxsus avtotransporti bilan, kelishilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Etkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan, yetarli miqdorda yetkazib berilmagan taqdirda Etkazib beruvchi Iste’molchiga muddati o‘tkazib yuborilgan har kun uchun foiz, lekin yetarli miqdorda yetkazib berilmagan (yetkazib berilmagan) neft mahsulotlari qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
4.2. Etkazib berilgan neft mahsulotlari sifati bo‘yicha standartlar, texnik shartlar, qabul qilishning qonunchilikda yoki mazkur shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlariga muvofiq kelmagan taqdirda Iste’molchi neft mahsulotlarini qabul qilishdan yoki ularga haq to‘lashdan bosh tortish hamda Etkazib beruvchidan sifatsiz mahsulot qiymatining foizi miqdorida jarima undirish, agar mahsulot uchun haq to‘langan bo‘lsa, to‘langan summalarni qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
4.3. Iste’molchi neft mahsulotlari o‘z vaqtida qabul qilinmaganligi uchun Etkazib beruvchiga muddati o‘tkazib yuborilgan har soat uchun qabul qilinmagan mahsulot qiymatining ____ foiz miqdorida penya to‘laydi.
4.4. Iste’molchi olingan mahsulot uchun haq to‘lashdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun Etkazib beruvchiga haq to‘lashdan bosh tortgan yoki haq to‘lashni rad etgan summaning_____ foizi miqdorida jarima to‘laydi.
4.5. Iste’molchi neft mahsulotlarini saqlashning texnikaviy shart-sharoitlari va xavfsizligi uchun, shuningdek ularning belgilangan narxga va sifatga rioya qilgan holda hamda tasdiqlangan standartga muvofiq aholiga uzluksiz sotilishi uchun amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan tartibda javob beradi.
4.6. Iste’molchi neft mahsulotlarining uchinchi shaxslarga ulgurji qayta sotilishiga va ularning respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘yganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
4.7. Etkazib beruvchi va Iste’molchi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlaydilar.
4.8. Mazkur shartnomada uning biron-bir shartlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan buzilish uchun javobgarlik chorasi qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladi.
5. NIZOLARNI KO‘RIB ChIQISh VA ShARTNOMANING AMALDA BO‘LIShINI TO‘XTATISh TARTIBI
5.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha barcha kelishmovchiliklar va nizolar tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. Mustaqil ravishda hal qilib bo‘lmaydigan nizoli masalalar paydo bo‘lgan hollarda ular xo‘jalik sudi orqali ko‘rib chiqiladi.
Download 98.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling