Reja: Yonilg’I quyish to’g’risidagi qonunlar


Download 98.91 Kb.
bet1/6
Sana24.04.2023
Hajmi98.91 Kb.
#1393624
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu



AVTOMOBIL YONILG‘ISI QUYISH SHOXOBCHALARINING
Reja:

  1. Yonilg’I quyish to’g’risidagi qonunlar.

  2. UMUMIY QOIDALAR

3.NEFT MAHSULOTLARINI YAGONA PATTA BO‘YIChA BERIShGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qaroriga muvofiq respublika xalq xo‘jaligini va aholisini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni tartibga solish, ularni sotishda qonun buzilishlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish Tartibi 1-ilovaga muvofiq;
neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziyaning Namunaviy shakli 2-ilovaga muvofiq;
xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan Namunaviy shartnoma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning neft mahsulotlari sotish huquqini litsenziyalash vakolati berilsin.
Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika kompleksi vakolatli organlar tomonidan neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishini va ularning to‘g‘ri berilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zdavstandart” markazi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bilan birgalikda 3 kun muddatda:
ko‘rsatib o‘tilgan Tartibni o‘zlarining barcha tarkibiy tuzilmalariga va avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga yetkazsinlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mutasaddi o‘rinbosarlari boshchiligida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning neft mahsulotlari sotish huquqini litsenziyalash masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tashkil etsinlar, ularning tarkibiga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan va boshqa tegishli vazirliklar va idoralar viloyat bo‘linmalari vakillarini kiritsinlar.
Hududiy ishchi guruhlari 1998-yil 1-oktabrgacha barcha avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini xatlovdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlasinlar hamda yuqorida ko‘rsatilgan Tartib (1-ilova) talablariga muvofiq har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt, shu jumladan xorijiy va qo‘shma korxona bo‘yicha litsenziyalar berish to‘g‘risida qaror qabul qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz neft mahsulotlari sotayotgan yuridik shaxslarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning ushbu faoliyat turini amalga oshirishdan olgan daromadi (foydasi) olib qo‘yiladi, ularga yuqoridagi miqdorda jarima solinadi, aybdor shaxslar esa amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi;
xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari faqat ular bilan neft mahsulotlari bilan ta’minlash korxonasi o‘rtasida belgilangan shaklda (3-ilova) tuzilgan shartnoma asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
yangi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining qurilishi faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bilan kelishilgan ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Download 98.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling