Reja: Yonilg’I quyish to’g’risidagi qonunlar
Download 98.91 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY QOIDALAR
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ish tartibi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish; xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bo‘linmalari bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha takliflar kiritish; xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida ifodalash; xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablag‘larini avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari tarmog‘ini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish. 6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining ta’sis konferensiyalarini tayyorlasinlar va o‘tkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda ko‘maklashsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tizimining naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi ishlab turgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini 4-ilovaga* muvofiq 1998-yil oxirigacha va 1999-yilda xususiylashtirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. * 4-ilova berilmaydi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali va tender asosida avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini, ular joylashgan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda va yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablag‘lar manbalari yuzasidan deklaratsiya talab qilmasdan, sotsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilg‘isi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ichki ishlar organlari va bo‘linmalarining mas’uliyatini oshirsin. 10. Hukumatning ayrim qarorlarga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi “Litsenziya 5 yil muddatga” so‘zlaridan keyin “neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha esa 3 yil muddatga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; Keyingi tahrirga qarang. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarorining 1-bandidan, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomning 1-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin. 11. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Yonilg‘i-moylash materiallarini sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash qoidalarining 8 va 20-bandlari; Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomga ilova; Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 433-fm farmoyishiga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin. Qarorning bajarilishi to‘g‘risida 1998-yil noyabrda va 1999-yil yanvarda axborot berilsin. Neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish TARTIBI I. UMUMIY QOIDALAR 1. Ushbu Tartib xalq xo‘jaligi va aholining neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq ta’minlash, ularni avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarida va moy almashtirish punktlarida (bundan keyin AYQSh deb ataladi) sotishda qoida buzilishlarining oldini olish va bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan. 2. Ushbu Tartib, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularning neft mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi litsenziya olish va bu faoliyatni amalga oshirish yuzasidan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 3. Litsenziya olish huquqiga, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ham yagona davlat pattalariga, ham naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi barcha yuridik shaxslar egadirlar. Download 98.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling