Reja: Yonilg’I quyish to’g’risidagi qonunlar


Download 98.91 Kb.
bet3/6
Sana24.04.2023
Hajmi98.91 Kb.
#1393624
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu

Keyingi tahrirga qarang.
4. Zavodda idishga joylangan moy va moylash materiallari belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan avtoservis punktlari va avtomobil do‘konlari orqali sotiladi.
II. LITSENZIYA OLISh UChUN QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARINING IShChI GURUHLARIGA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI
1. Litsenziya berish yuzasidan ariza.
2. Ta’sis hujjatlari yoki ularning tasdiqlangan nusxalari, AYQSh ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar.
3. Davlat mulki qo‘mitasi hududiy boshqarmasining AYQShning xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomasi (xususiylashtirilgan AYQShlar uchun).
4. “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi bo‘linmasining AYQShning Qurilish normalari va qoidalari talablariga hamda Texnikaviy foydalanish qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Yong‘indan saqlash nazorati hududiy organlarining AYQShning yong‘indan saqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
6. Ichki ishlar organlarining AYQSh binosi signalizatsiya asbob uskunalari, qo‘shqavatli eshik va seyf bilan jihozlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
7. “O‘zdavstandart” markazi bo‘linmasining AYQShning o‘lchov asboblari bilan jihozlanganligi va ularning sozligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
8. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bo‘linmasining AYQShning tabiatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
9. Soliq organlarining nazorat-kassa apparatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
10. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi hududiy korxonasining AYQShdan texnikaviy foydalanish qoidalariga muvofiq yo‘riqnoma hujjatlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
11. Bankning litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyasi (litsenziyani yozib berishdan oldin taqdim etiladi).
III. NEFT MAHSULOTLARI SOTISh HUQUQINI BERUVChI LITSENZIYA OLISh UChUN AYQShGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
a) Texnikaviy talablar
1. AYQSh amaldagi AYQShdan texnikaviy foydalanish qoidalariga javob berishi kerak.
2. AYQSh binosi, inshootlari, maydoni, shuningdek unga tutash hudud sanitariya-maishiy va yong‘indan saqlash talablariga javob berishi kerak.
3. AYQSh joylashgan joy tegishli yo‘l belgilari bilan belgilangan bo‘lishi kerak.
4. AYQSh badiiy jihozlangan vitrinalar, reklama taxtalari, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari, AYQShning kimga tegishli ekanligi, ish tartibi, neft mahsulotlarining chakana narxlari haqidagi axborotlar, yaqin atrofdagi AYQShning joylashish sxemasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
5. AYQSh telefon aloqasi, ovoz kuchaytirgich va signalizatsiya (kuchli bong uruvchi qo‘ng‘iroq) bilan ta’minlangan yoki idoradan tashqari qo‘riqlash pultiga ulangan bo‘lishi kerak.
6. AYQShda pullarning o‘g‘irlanishiga va AYQSh binosiga begona shaxslar ruxsatsiz kirishiga imkon bermaydigan choralar ko‘rilgan (bittasi ikki tomondan tunuka bilan qoplangan qo‘shqavatli eshik, polga yoki devorga mahkamlangan, olovda yonmaydigan seyf, to‘siqli derazalar va shu kabilar) bo‘lishi kerak.
7. Har bir yonilg‘i saqlanadigan rezervuar loyihada nazarda tutilgan asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlangan bo‘lishi va unda rezervuarning tartib nomeri yozilgan, bazaviy balandligi (balandlik trafareti), saqlanayotgan neft mahsulotining markasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
8. Neft mahsulotlarini qo‘yishga mo‘ljallangan har qaysi yonilg‘i va moy quyish kolonkasiga uning tartib nomeri hamda quyiladigan neft mahsulotining markasi yozib qo‘yilishi kerak.
9. Har qaysi kolonka “O‘zdavstandart” markazi organlari tomonidan tamg‘alangan bo‘lishi kerak.
10. Aholiga neft mahsulotlari naqd pulga albatta nazorat-kassa apparatlari qo‘llangan holda sotilishi kerak.
b) Yong‘indan saqlash talablari
1. AYQSh yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq yong‘inni o‘chirishning dastlabki vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak, Binolarda va AYQSh hududidagi barcha yong‘inni o‘chirish vositalari zudlik bilan qo‘llanish uchun doimo to‘liq soz va tayyor holatda bo‘lishi kerak.
2. AYQSh hududi qorong‘i (tungi) vaqtlarda mavjud normalarga muvofiq yong‘in vaqtida portlamaydigan yoritgichlar bilan yoritilgan bo‘lishi kerak.
3. AYQSh operatorlari maxsus kiyim, poyabzal va yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
4. Momaqaldiroq paytida neft mahsulotlarini rezervuarlarga quyish va AYQShda transportga yonilg‘i quyish taqiqlanadi.
5. Portlash xavfi bo‘lgan joylarda ishlar uchqun chiqarmaydigan asboblar bilan bajarilishi kerak.
v) Atrof-muhitni muhofaza qilish
1. Neft mahsulotlarining bug‘lanishi, neft mahsulotlarining to‘kilishi, shuningdek avtotransportning ishlangan gazlari AYQShda atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar hisoblanadi.
2. AYQShda neft mahsulotlari bug‘lanishini kamaytirish uchun rezervuarlar va texnologik asbob-uskunalarni to‘liq texnikaviy soz holatda tutilishi hamda ularning zich berkitilgan holatda bo‘lishini va quyish, o‘lchov qurilmalari, kuzatish va to‘kish huquqlarining zich yopilishini ta’minlash lozim.
AYQSh ishlab chiqarish va yomg‘ir oqovalarini to‘plash uchun kanalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
g) AYQSh hujjatlari
AYQSh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalari 10-bandiga muvofiq hujjatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
IV. AYQShDA NEFT MAHSULOTLARINI QABUL QILIB OLISh, SAQLASh, SOTISh VA HISOBGA OLIShGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
1. AYQShda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olish davlat standartlariga hamda neft bazalarida va AYQShda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olishni tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
2. Neft mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan shartnoma va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yuklab jo‘natish hujjatlari keltiriladigan neft mahsulotlarini qabul qilib olish uchun asos hisoblanadi.
3. Xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchasi tomonidan neft mahsulotlari respublika tashqarisidan (import bo‘yicha) mustaqil ravishda keltirilgan taqdirda, to‘g‘ri hisobga olishni ta’minlash maqsadida, mazkur AYQShga “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tizimidagi neft bazalaridan neft mahsulotlari berish import bo‘yicha keltirilgan mahsulotlar to‘liq sotilgungacha to‘xtatib turiladi.
4. Neft mahsulotlarini qabul qilish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
avtomobil sisternasining to‘kish qurilmasi nosoz bo‘lganda;
yuklab jo‘natish hujjatlari noto‘g‘ri rasmiylashtirilganda;
sifat pasporti mavjud bo‘lmaganda;
neft mahsulotlarida suv va mexanik aralashmalar mavjud bo‘lganda;
neft mahsulotlarida kamomad aniqlanganda.
5. Neft mahsulotlarida kamomad aniqlanganda haydovchi (ekspeditor) va AYQSh operatori ishtirokida majburiy tartibda, belgilangan shaklda dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi ko‘rib chiqish va chora ko‘rish uchun neft bazasi rahbariyatiga beriladi.
6. AYQShda neft mahsulotlarining keltirilishi va kirim qilinishi belgilangan shakldagi, nomerlangan, tikilgan va neft bazasining muhri bilan muhrlangan hisobga olish jurnalida nazorat qilib boriladi.
7. Yonilg‘i quyish kolonkalarining ishlashini nazorat qilish navbatchi operatorlar tomonidan, navbatchilikni qabul qilib olish va topshirish vaqtida AYQSh boshlig‘i ishtirokida, neft mahsulotlarini quyish aniqligini namunaviy o‘lchagichlar yordamida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tafovut natijalari navbatchilik hisobotida qayd qilinishi kerak.
V.NEFT MAHSULOTLARINI YAGONA PATTA BO‘YIChA BERIShGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Download 98.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling