Reja: Yoqilg‘i va uning xossalari
Download 81.54 Kb.
|
1 2
Bog'liqyoyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuq va gaz yoqilg‘i yoqiladigan gorelka va forsunkalar
Suyuq yoqilg‘i. Tabiiy suyuq yoqilg‘i neftdir. Lekin, u odatda tabiiy holda yoqilg‘i sifatida ishlatilmaydi. Suyuq yoqilg‘i asosan neftni 300 – 370 0S temperaturaga qizdirishdan hosil bo‘lgan bug‘ni har xil fraktsiyalarga ajratish va ularni kondensatsiyalash yo‘li bilan olinadi. Karbyuratorli dvigatellar uchun benzin, ligroin, kerosin; dizel dvigatellari uchun gazoylp va solyar moyi; reaktiv dvigatellar uchun kerosin – gazoilli fraktsiyalar olinadi. Qozon agregati va sanoat pechlari o‘txonalarida asosan mazut ishlatiladi. Mazutning asosiy tavsiflaridan biri uning qovushoqligidir. O‘txonalarda asosan M40, M100 va M200 markali mazut ishlatiladi. Mazut markasi uning 353 K temperaturadagi qovushoqligi orqali aniqlanadi. Mazut tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab: kam oltingugurtli (0,5 % gacha), oltingugurtli (2 % gacha) va ko‘p oltingugurtli (3,5 – 4,3 % ) mazutlarga ajratiladi.
O‘zbekistonda dastlabki Neft koni 1904 yilda ochilgan (Farg‘ona vodiysidagi Chimyon Neft konida 278 m chuqurlikdan kuniga 130 t Neft olingan). O‘sha yili Vannovskda (hozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. O‘zbekiston Neft sanoatining paydo bo‘lishi shu sanadan boshlanadi. Bugungi kunda Respublika Neft sanoati xalq xo‘jaligining neftga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish imkoniyatlariga ega. Suyuq va gaz yoqilg‘i yoqiladigan gorelka va forsunkalar O‘txonalarda yoqiladigan suyuq yoqilg‘i gorelkaning tarkibiy qismi bo‘lgan forsunkalar yordamida purkaladi va purkalgan yoqilg‘i havo bilan yaxshi aralashib to‘liq yonadi. Qozon qurilmalarida suyuq yoqilg‘ilardan faqat mazut yoqiladi. Yaxshi purkalishi uchun mazut oldindan 140-160S gacha isitib olinadi. U bir vaqtning o‘zida mazut tashishni ham osonlashtiradi, chunki xarorat ko‘tarilishi bilan mazutning qovushoqligi kamayadi. Mazut g‘ilof-quvurli IAA larida bug‘ va issiq suv yordamida isitiladi. Mazutning qotib qolishining oldini olish uchun uni IAA va gorelka orasida uzluksiz aylanishi ta’minlanadi. Mazutni mayda qattiq zarralardan tozalash uchun, uning teshiklari soni xar 1 sm2 da 5 40 ta bo‘lgan filtrlardan o‘tkaziladi. Mazut forsunkalari purkash usuliga qarab to‘rt guruxga ajratiladi: bug‘li, havoli, kombinatsiyalangan va mexanikaviy. 10-rasmda qo‘llanilayotgan forsunkalarning asosiy sxemalari ko‘rsatilgan. 10-rasm. Mazut forsunkalarining asosiy sxemalari. 1-yoqilg‘i; 2-havo; 3-bug‘. Mexanikaviy forsunkalarni to‘g‘ri oqimli, markazdan qochirma va rotatsion forsunkalarga bo‘lish mumkin. To‘g‘ri oqimli forsunkalarda, yoqilg‘i oqimi kichik diametrli soplo orqali o‘tishida 1-2 MPa bosim bilan siqiladi va natijada u to‘zg‘itiladi(10-rasm,a). Markazdan qochirma forsunkalarda yoqilg‘i markazdan qochirma kuchlar ta’sirida to‘zitiladi (10-rasm, b,v). Rotatsion forsunkalarda (10-rasm,g) yoqilg‘i tez aylanib sochib turuvchi stakan ichiga uzatiladi, u yerda yoqilg‘i markazdan qochirma kuchlar ta’sirida yupqa plenka hosil qilib oqib chiqadi. Stakandan chiqaverishda yupqa plyonkaning birlamchi havo ilashtirib ketadi. Bug‘li va havoli forsunkalarni bir guruxga – to‘zg‘itadigan muhitli forsunkalarga birlashtirish mumkin. Bug‘li forsunkalarda (10-rasm, d)bunday muhit sifatida bosimi 0,4-1,6MPa bo‘lgan suv bug‘i ishlatiladi. Mazut forsunkaga 0.3-0,4MPa bosim ostida uzatiladi. Bug‘ oqimi tezligi qanchalik katta bo‘lsa, yoqilg‘i shunchalik mayda purkaladi. Aksariyat yoqilg‘i forsunkalarida bug‘ning kritik tezligiga erishiladi. Bug‘li forsunkalarning tuzilishi mexanikaviy forsunkalarga qaraganda sodda lekin bug‘ning sarfi katta bo‘lganligi (1 kg mazutga 0,30-0,35 kg bug‘) va kuchli shovqin tufayli ular unumdorligi 3,3 kg/s gacha bo‘lgan qozon agregatlarida ishlatiladi. Havoli forsunkalarda to‘zg‘ituvchi muhit sifatida havo ishlatiladi. Bunday forsunkalarni past va yuqori bosimli forsunkalarga ajratish mumkin. Birinchi gurux forsunkalarida havoning bosimi 0,2-1 MPa ga teng bo‘ladi(10-rasm,d), ikkinchi gurux forsunkalarida esa, havoning bosimi 0,002-0,008 MPa ga teng bo‘ladi. 11-rasmda markazdan qochirma va bug‘li forsunkalarning tuzilishi ko‘rsatilgan. 11-rasm. Mazut forsunkalari. a-markazdan qochirma: b-bug‘li. 1,2- bug‘ va mazut uchun quvurlar; 3-qobiq; 4-uzatish kanali; 5-nasadka; 6-soplo. Gaz gorelkalari ishlash usuliga qarab quyidagilarga bo‘linadi: Kinetik gorelkalar – bunda gaz havo bilan gorelkadan chiqishidan oldin to‘liq aralashadi; Diffuzion – kinetik gorelkalar – bunda gaz havo bilan qisman aralashadi; Diffuzion gorelkalar-bunda gaz havo bilan gorelkadan tashqarida aralashadi. Havoni uzatish usuliga qarab gorelkalar injektsion va havo majburiy uzatiladigan (puflanadigan) gorelkalarga bo‘linadi. Shunga asosan gorelkalar past bosimli (5kPa gacha), o‘rta bosimli (5kPa-0,3 MPa) va yuqori bosimli (0,3MPa dan yuqori) gorelkalarga bo‘linadi. 12-rasmda gaz gorelkalarining asosiy sxemalari ko‘rsatilgan. 12-rasm. Gaz gorelkalari sxemalari. 1- gaz soplosi; 2-havo qopqog‘i; 3-aralashtirgich; 4-sopol nasadka; 5-kurakli uyurmalantirgich;6-gaz kollektori; 7-o‘txonaning qoplamasi; I-havo; II-gaz; a-injektsion gorelka; b- havo majburiy uzatiladigan gorelka. Injektsion gorelkada (12-rasm,a) gaz soplodan chiqayotgan havoni so‘radi va u bilan aralashadi. Gaz-havo aralashmasi gorelkaga bevosita qo‘shilib ketgan o‘tga chidamli materialdan tayyorlangan nasadkada yonadi. Gorelkadan o‘tayotgan gazning sarfi tuzilishiga bog‘liq ravishda 0,5 dan 1000m3/soat gacha o‘zgaradi. Nasadkaning uzunligi 1m gacha, gaz-havo aralashmasining tezligi esa 30-80 m/s bo‘lishi mumkin. 12-rasmda (b) havo majburiy uzatiladigan oddiy gorelkaning sxemasi tasvirlangan. Gorelkada ichki quvurlar orasiga gaz uzatiladi. Tashqi quvurlar orasiga esa havo uzatiladi. Gaz ichki quvur orqali yondiriladi va shu orqali gorelkaning ishlashi kuzatilib turiladi. Gaz-mazut gorelkalari asosiy yoqilg‘i gaz va zahiradagi yoqilg‘i mazut bo‘lgan ko‘pgina xollarda qo‘llaniladi. Bunday gorelkalarda gaz yoki mazutni aloxida va bir vaqtning o‘zida ikkala yoqilg‘ini yondirish mumkin. Lekin gaz va mazut birgalikda yoqilganda o‘txona isroflanadi, ya’ni q3 (kimyoviy) va q4(mexanik) isroflar ortib ketadi. Mazut forsunkasi gorelkaning markaziy kanali ichida joylashadi. Qozonlar, odatda ikki xil yoqilg‘ini yoqish imkoniyatidan kelib chiqqan holda loyihalanadi. Masalan, changsimon yoqilg‘i uchun o‘txonalarda zahira yoqilg‘isi sifatida asosan gaz ishlatiladi. Bunday xollarda ko‘mir changini yoqish gorelkalari chang – gaz gorelkalariga o‘zgartirilib, unga gaz yoqilg‘isi uzatiladi. Download 81.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling