Reja: Yozuv qurollari va o`quv materiallari Husnixat daftariga qo’yiladigan talablar


Yozuvga o`rgatish tarixidan ma’lumot


Download 32.01 Kb.
bet2/7
Sana25.10.2023
Hajmi32.01 Kb.
#1719602
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yozuv qurollari va materiallari haqida ma\'lumot

Yozuvga o`rgatish tarixidan ma’lumot.
Yozuvga o`rgatish o`ta murakkab va qiyin jarayon. Yozuvga o`rgatishda asosiy metodlardan biri mexanik mashqlar, nusxa ko`chirish mashqlari ekani. Unda yillar davomida alfavit tartibidagi harflarning nusxasi ko`chirilgani, so`ng bo`g`in, so`z va gap yozish mashq qilinganligi. Arab yozuv o`rgatilgan eski maktablar asosida.
Yozuvning onglilik tamoyili asosida o`rgatilishi. Yozuvga o`rgatishning pedagogika, psixologiya, maktab gigienasi, fiziologiya tavsiyalariga bog`liq holda tashkil qilinishi.
Yozuvning gigienik shartlari. Husnixatga o`rgatishning muvaffaqiyatli bo`lishi: gigienik sharoitning yaratilishi: maktab mebeli to`g`ri tanlanishi va to`g`ri joylashtirilishi; parta, stul o`quvchining bo`y-bastiga mos bo`lishi, uning tuzilishi yozuv uchun qulay bo`lishi, o`quv xonasi to`g`ri yoritilishi; o`quvchilarni partada to`g`ri o`tirishi, ruchkani barmoqlar orasida to`g`ri tutishi, daftarning partada to`g`ri joylashishi, yozuv jarayonida uni to`g`ri surib turish, ko`z bilan daftar oralig`ining (30 sm) talabga muvofiq saqlanishi, tirsakning parta ustida turishiga bog`liqligi. Yozuvga o`rgatishda jadvallardan foydalanish.
Gigienik talablarni amalga oshirish uchun to`xtovsiz yozuvning vaqtini belgilab olish lozimligi. 1-sinfda 5 daqiqa, 2-sinfda 8 daqiqa, 3- sinfda 12 daqiqa, 4-sinfda 15 daqiqa.
Shuning uchun darsda o`qituvchi og`zaki va yozma ish turlarini navbatlashtirib o`tkazishni oldindan rejalashtirishi, 2-3 ta dam olish daqiqasini o`tkazishi kerak.


Yozuv materiallari va qurollari.

Xattaxta, «To`g`ri o`tir!» plakati, alifboning yozma shakli, harflar alohida yozilgan albom, husnixat daftari, rangli bo`r.


Sharikli ruchka.
Yozuv uchun qulayligi, ingichka, engilligi ruchkani barmoqlar orasida ushlash, ruchka uchi bilan ko`rsatkich barmoq orasida 1,5-2 sm oraliq qolishi. Ruchkaning pastasi – siyoxi binafsha rangda bo`lishi, o`qituvchining tekshiradigan pastasi qizil rangda. Ruchkani penalda yoki partadagi maxsus joyda saqlash. O`qituvchi stolida lozim bo`lgan paytda foydalanish uchun ruchka, sterjenlar bo`lishi lozimligi.


Yozuv daftari.
1-sinfda yozuv yo`li 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bo`lgan qiya chiziqlar siyrak bo`lgan 2 chiziqli daftar, 2-4 sinflarda chiziqlar orasi 8 mm bo`lgan 1 chiziqli daftar tutilishi. Kichik harflarning bo`yi 3 mm, bosh harflarning bo`yi 6 mm, raqamlarning bo`yi harflardan 2 marta qisqa bo`ladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida daftar, 3-4-sinfda ona tili daftariga yozadilar. 1-sinfda «Husnixat» predmeti 2-yarim yilikdan boshlanadi, daftarga sana, oy yoziladi. Xat boshiga qat’iy amal qilinadi, hoshiya bo`lishi shart. Sarlavha bilan matn orasida qator qoldirmaslik. O`qituvchi xatolarni to`g`rilash yo`lini o`quvchiga o`rgatishi (xato harflarning ustidan chiziq tortib, ustiga to`g`risini yozishi). Daftarni har uy vazifasidan so`ng yig`ib tekshirish va baholash.

Download 32.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling