Mavzu: Yozuv qurollari va materiallari haqida ma’lumot bering.
REJA:
1. Yozuv qurollari va o`quv materiallari 2. Husnixat daftariga qo’yiladigan talablar. 3. Ruchka va undan foydalanish. 4. Xattaxta va undan foydalanish. 5. Bo’r xattaxtaga yozishda yozuv quroli
Chiroyli yozuvning ahamiyati.
O`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati, chiroyli yozuv o`quvchida mehnat qobiliyatini shakllantirishi, yuklatilgan vazifani toza, aniq, madaniyat bilan bajarishga o`rgatishi, estetik didni tarbiyalashi, chiroyli yozuv imlo xatolarining oldini olishi, hunuk xat o`quvchida yozuvga nisbatan mas’uliyatsizlik hissini uyg`otishi, o`ylamay yozishga, imlo xatolariga befarq bo`lishga olib kelishi chiroyli yozuvning ijtimoiy ahamiyati, hujjatlar o`qib bo`lmaydigan dastxat bilan yozilsa, o`quvchining ko`p vaqtini olishi va tushunmaslikka olib kelishi. Kundalik hayotda dasthat bilan ma’ruza, dalolatnoma, tarjimai hol, ariza, e’lon va boshqa ish qog`ozlarini yozishga to`g`ri kelishi, maktabda o`qib bo`lmaydigan dastxat o`quvchilar ishini tekshirishni qiyinlashtiradi. Shu bois kichik yoshdagi o’quvchilarning husnixatiga alohida e’tibor berish, ularni chiroyli yozishga o’rgatish uchun zamonaviy usullardan keng foydalanish zarur.
Yozuvlar tarixidan ma’lumot.
Kishilik tarixida va o`zbek xalqi tarixida qo`llanilgan yozuvlar haqida. Qadimdan kishilarning o`z fikrlarini boshqalarga etkazish istagini his qilganliklari, ularni turli predmetlarga: toshga, metall, tuproqqa, teri, daraxt po`stloqlariga yozganlari; yozuv quroli sifatida pat, qalam, ruchka, avtoruchka, sharikli ruchkalardan foydalanganlari. O`quvchining o`qiy olishi uchun yozuvning aniq, ravshan bo`lishiga intilgani haqida ma’lumot. Yozuv, asosan, maxsus mutaxassislar, saroy, davlat arboblari, qozilar tomonidan yozilganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |