Режа: Замонавий ахборот сақловчилардаги ахборотни ўчириш усуллари


Amaliy mashg’ulot 10: Dasturlarni vaksinasiya usuli bilan viruslardan himoyalash


Download 0.51 Mb.
bet11/38
Sana07.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1244206
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
amaliy mashg\'ulot

Amaliy mashg’ulot 10: Dasturlarni vaksinasiya usuli bilan viruslardan himoyalash.
А томон ўзининг махфий калити асосида очиқ калит жуфтини ҳосил қилади ва уни Б томонда юборади. Олинган қийматлар қуйидагилар:
g=3; p=31; a=4; y=(g^a)modp=(3^4)mod31=19. Бу ерда (p,g,y) – очиқ калитлар жуфти ва a махфий калит.
Шифрлаш. Бу босқич А томоннинг очиқ калитларига эса Б томондан амалга оширилади. Очиқ маълумот сифатида M=SHOHJAHON (19,8,15,8,10,1,8,15,14 –алфавитдани ўрни) олиниб, ЭКУБ( , ) =1 шартни қаноатлантирувчи k=7 танланди. Шундан сўнг қуйидагилар ҳисобланади:
r=(g^k)modp=(3^7)mod31=17;
C1=m*y^k=19*(19^7)mod31=9;
C2=m*y^k=8*(19^7)mod31=25;
C3=m*y^k=15*(19^7)mod31=12;
C4=m*y^k=8*(19^7)mod31=25;
C5=m*y^k=10*(19^7)mod31=8;
C6=m*y^k=1*(19^7)mod31=7;
C7=m*y^k=8*(19^7)mod31=25;
C8=m*y^k=15*(19^7)mod31=12;
C9=m*y^k=14*(19^7)mod31=5;
Шундан сўнг C1,C2,C3,C4,C5,C6,C7,C8,C9 лардан иборат С ва r А томонга юборилади.
Дешифрлаш. Бу жараён махфий калитга эга бўлган А томондан амалга оширилади ва очиқ матн олинади:
M1=C1*r^(p-1-a)modp=9*17^(31-1-4)mod31=19;
M2=C2*r^(p-1-a)modp=25*17^(31-1-4)mod31=8;
M3=C3*r^(p-1-a)modp=12*17^(31-1-4)mod31=15;
M4=C4*r^(p-1-a)modp=25*17^(31-1-4)mod31=8.

M5=C5*r^(p-1-a)modp=8*17^(31-1-4)mod31=10;


M6=C6*r^(p-1-a)modp=7*17^(31-1-4)mod31=1;
M7=C7*r^(p-1-a)modp=25*17^(31-1-4)mod31=8;
M8=C8*r^(p-1-a)modp=12*17^(31-1-4)mod31=15.
M9=C9*r^(p-1-a)modp=5*17^(31-1-4)mod31=14.

Amaliy mashg’ulot 11: Dasturlarni vaksinasiya usuli bilan viruslardan himoyalash.
Kvant kriptografiyasining ma’lumot kaliti taqsimoti tizimini protokollari
Kvantli ob’ektlar bilan axborotlarni soxtalashtirish va ruxsat etilmagan kirishdan himoya qilish fikrini birinchi bo’lib 1970 yil Stefan Veysner tomonidan aytilgan. 10 yildan so’ng, Veysner bilan tanish bo’lgan Bennet va Brassard Veysnerning ishini davom etib, kvantli obektlar yordamida maxfiy kalitlarni yuborishda ishlatgan. 1984 yili IBM firmasi xodimi CHarlz Bennet va Monrela universiteti olimi Jil Brassor fotonlarning kriptografiya sohasida fundamental himoyalangan aloqa kanalini tashkil qilishi mumkinligini aniqlashgan. 0 va 1 larni tashkil qilish uchun fotonlarni olishga qaror qilishdi, bu fotonlarning turli qutblari orqali tashkil qilinadi. BB84 deb nomlanuvchi kvantli shifrlash kalitlarini aniqlash sxemasini tuzib chiqishdi. Keyinroq, 1991 yilda bu g’oya Ekert tomonidan shakllantirildi. Bu sxema kvantli kanalni qo’llaydi, qaysiki aloqani himoyalangan seansi ishtirokchilari bir birlari bilan ma’lumot almashish uchun ularni qutblangan fotonlar ko’rinishida yuboradi.
Kvantli kriptografiya texnologiyasi kvant tizimining quyidagi xossasiga asoslangan - bir vaqtning o’zida kordinata va impuls qismlarini qabul qila olmaydi va fotonning bir parametrini boshqa bir fotonni buzmasdan o’zgartirib bo’lmaydi. Bu tabiatning fundamental xususiyati fizikada Geyzenberg noaniqlik printsipi bilan ma’lum. Bu printsip 1927 yilda ishlab chiqilgan. Bu printsipga asosan, kvant tizimidagi parametrlarning o’zaro bog’liqligini aniqlash uning buzilishiga olib keladi va bu o’zgartirish natijasida qabul qilinadigan axborot dezinformatsiya shaklida aniqlanadi.
Agar fotonni biror bir xususiyatini o’zgartirsak, masalan deylik qutblanish darajasi yoki yorug’lik uzunligini o’zgartirish natijasida fotonning tuzilishi o’zgaradi. Bir vaqtning o’zida kvantning ikkita kattaligini berilgan aniqlik bo’yicha o’zgartirib bo’lmaydi va qutblanish darajasining o’zgarishi ikkinchisining ham mos ravishda o’zgarishiga olib keladi. Agar ma’lumotni yuboruvchi va qabul qiluvchi tomonlar qutblanishning biror bir usulini tanlab olishmagan bo’lsa, qabul qiluvchi yuboruvchi tomonidan berilgan ma’lumotlardan hech qanday foydali ma’lumot olisha olmaydi.
SHunga asoslanib, axborotni uzatishda boshqa kimsalar tomonidan ushlab qolinishida himoya qilish uchun ma’lumot uzatish kanallari quriladi. Qabul qiluvchi kelayotgan axborotni boshqa odamlar tomonidan ushlab qolinganligini aniqlashi mumkin va bu aniqlanganidan keyin uzatuvchi tomonga ma’lumotlarni boshqa kalit bo’yicha qayta uzatishni so’raydi.
Yuboruvchi ma’lumotlarni biror bir kvantli tuzilish bo’yicha kodlashtiradi. Qabul qiluvchi esa, bu tuzilishlarni ro’yxatdan o’tkazadi. Keyin yuboruvchi va qabul qiluvchi tomonlar birgalikda kuzatish natijalarini tahlil qilishadi. Natijada, yuborilgan va qabul qilingan ma’lumotlarning bir xilliliga ishonch hosil qilinadi. Natijalarni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor beriladi: xatoliklar, shovqin va buzg’unchilar keltirib chiqargan xatoliklar. Ma’lumotlarni aniqligi tahlil qilinadi, lekin bit bo’yicha tahlil qilinmaydi. Ma’lumotlarni uzatish vaqtida fotonlarning joylashuvi nazorat qilinadi.
Yorug’likni qutblanishini o’lchash uchun u qaysi qutb sistemasi bo’yicha uzatilganligini oldindan bilishimiz kerak. Agar bizga yorug’lik vertikal yoki gorizontal uzatilgan bo’lsa, uni gorizontal filtrdan o’tkazganimizda u 0 yoki 90 gradusda qutblanganligini aniqlashimiz mumkin. Agar qutblanish dioganal va filtrni gorizontal qo’ygan bo’lsa, u holda yorug’lik +45 yoki -45 gradusda o’tkanligini aniqlay olmaymiz.
SHuning uchun yorug’lik impulslari orqali shakllantirilgan kanalda boshqa shaxslar tomonidan ushlab qolinmaydi. Noto’g’ri filtr o’rnatilganda kanal buziladi. Kvant kriptografiyasidan foydalanish jarayonida quyidagi kvantli protokollardan foydalaniladi:


  1. Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling