Режа: Замонавий ахборот сақловчилардаги ахборотни ўчириш усуллари
Download 0.51 Mb.
|
amaliy mashg\'ulot
Kvantli protokol B92
0 va 1 larni bu protokolda tasavvur qilish uchun ikki yo’nalishli qutblangan fotonlar ishlatiladi. Uzatuvchi bitlarni kodlashda ikkita qutblangan filtrdan foydalaniladi. Bu ikkita qutbli filtrlar yo’nalishi orasidagi burchak 45 gradusni tashkil qiladi. Bu yo’nalishlar ortogonal emas. Qabul qiluvchi fotonlarni qabul qilishda 90, 135 gradusli filtrdan foydalaniladi. Agar foton qutbi va filtri orasidagi farqi 90gradusni tashkil qilsa, u holda foton filtr orqali o’tmaydi. Agarda 45 bo’lsa, fotonni filtrdan o’tish ehtimolligi 0.5ga teng. Endi, B92 protokolini ishlash ketma-ketligini ko’rib chiqamiz: 1-qadam: Manba ikki filtr orqali 0 va 45 gradusda 0 va 1li xabarni yuboradi. 2-qadam: Adresatning filtri 90, 135 gr. yo’nalishda bo’ladi. Yuboruvchi shu yo’nalishdagi fotonlarni jo’natadi. 3-qadam: Qabul qiluvchi qutblanishni aniqlashda shu yoki boshqa filtr orqali fotonni o’tkazadi. Tasavvur qilaylik, masalan bitta filtr orqali (135gradus) foton o’tmadi. Adresat nima yuborilganini bilmaydi. Agarda foton filtrdan o’tsa, adresat ishonch bilan qabul qilingan foton 0 ekanligini bildiradi. Agar foton yaxshi qabul qilinsa, navbatdagi kalit biti 0 yoki 1 bilan ishlatiladigan filtrga qarab kodlanadi. 4-qadam: Adresat yuborilgan fotonlardan taxminan 4dan birini olganini aniqlash oson. 5-qadam: Davomiylikni qabul qilib, adresat jo’natuvchiga 100dan 25ta qabul qilingan fotonni aytish mumkin. Ular navbatdagi xabarda kalit bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuning bilan filtr va qabul qilingan qutblarni aytmasdan turib bajaradi. SHuning uchun buzg’unchi telefon orqali so’zlashuvni eshitib tursa ham, kalitni tuza olmaydi. 6-qadam: Kalitni muvofaqiyatli jo’natishdan so’ng, jo’natuvchi o’zining xabarlarini shu kalit yordamida kodlab yuborishi mumkin. Adresatdan boshqa hech kim kodni ocha olmaydi. Buzg’unchi tomonidan xabarni kalitini o’g’irlanganligi xaqidagi ma’lumotni, foydalanuvchilar xatolikni nazorat qilish orqali topib olishi mumkin. Buning uchun ular xuddi VV84dagidek, kalitdan tanlangan holatlarni taqqoslash orqali aniqlaydi. Agarda bir-biriga to’g’ri kelmagan hollar aniqlanganda, xabar o’g’irlanganligini ko’rsatadi va yuborish protsedurasi boshqatdan qaytariladi. Agarda to’g’ri kelsa, tekshirilayotgan bit, kalit ekspluatatsiyaga qabul qilinadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling